Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy

Rossiya kecha yuzlab dronlar bilan Ukrainaga jumladan, Kiyevdagi Fanlar akademiyasiga hujum qildi. Shuningdek, Zelenskiy Moskva yangi safarbarlik boshlaganini aytib, O‘zbekiston kabi davlatlarni ogohlikka chaqirdi.

Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy

Rossiyaning 28-sentyabr kungi Ukraina poytaxtiga uyushtirgan dron zarbalari oqibatida Kiyev markazidagi Fanlar akademiyasi zarar ko‘rib, kamida 2 kishi halok bo‘ldi.

Volodimir Zelenskiy mamlakat bo‘ylab Rossiyaning amalga oshirgan dron hujumlari natijasida umumiy to‘qqizta odam o‘lgani, 80 dan ortiq kishi jarohatlanganini bildirdi.

So‘nggi haftalarda Rossiya Kiyev va boshqa shaharlarga tezroq uchadigan, baland parvoz qiluvchi reaktiv dvigatelli dronlar bilan hujum qila boshladi.

Zelenskiy kechki videomurojaatida mazkur dronlarga qarshi kurashish hamon qiyinchiliklar tug‘dirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga uchirilgan 120 ta dronning 90 tasi parrakli emas, balki reaktiv dvigatel bilan jihozlanib, ularning 57 foizi urib tushirilgan.

Rasmiylar Kiyevdagi turli nishonlarga, jumladan, farmatsevtika kompaniyasi, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va tibbiyot muassasasiga ham hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi. Boshqa shahar va hududlarda esa fuqarolik obyektlari, korxonalar hamda aloqa infratuzilmasi nishonga olingan.

O‘z o‘rnida Ukraina ham Rossiyaning urushni moliyalashtirish imkoniyatlari va daromadlarini kamaytirish maqsadida neftni qayta ishlash zavodlari, onlayn savdo kompaniyalariga zarbalar bermoqda.

 

“Rossiya yangi safarbarlikni boshladi”

Zelenskiy Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi hisobotini ham keltirib, Rossiya armiya uchun yangi safarbarlik boshlaganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjudligini aytdi.

“Ular turli usullar bilan armiyaga jalb qilinayotgan odamlar sonini oshirmoqda. Rossiya armiyasiga qaysi davlatdan odamlarni yollayotgan bo‘lsa, o‘sha davlat hukumati bunga qarshi turishi lozim. Biz barcha tegishli hukumatlarni xabardor qilamiz”, – dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning so‘zlariga qaraganda, 2024-yilda Rossiyaga olib kelingan 8 ming nafar Shimoliy Koreya askari hanuz mamlakatda, yana 10 ming nafari esa tayyorgarlik jarayonida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Moskva yangi safarbarlik e’lon qilayotgani haqidagi har qanday fikrni “mutlaqo bema’nilik” deb atagan.

 

Rossiya armiyasidagi markaziy osiyoliklar

“Ukraina – Markaziy Osiyo surishtiruvi” doirasida “I Want to Live” loyihasi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, Rossiya armiyasida xizmat qilgan yoki hozirda xizmat qilayotgan markaziy osiyolik 13 mingga yaqin fuqaroni aniqlagan.

Eng katta ulush O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelib, 4 853 nafar fuqaro qayd etilgan. 

Mavzuga oid yangiliklar

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Pensiya tizimida yangi tartib: qog‘oz shaklida hujjat taqdim etish bekor qilinadi

O‘zbekistonda pensiya tayinlash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari raqamlashtiriladi. Ayrim pensiyalar fuqaroning alohida murojaatisiz proaktiv tarzda tayinlanadi.

Iqtisodiyot

29.09.2026, 12:07

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 16-kongressiga mezbonlik qiladi. Bu tashabbus Abu-Dabida o‘tayotgan 15-kongress ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Siyosat

29.09.2026, 11:23

Kaspiydagi fojiadan soʻng Qozogʻiston mudofaa vaziri ishdan olindi

Harbiy mashgʻulotda 14 harbiy halok boʻlganidan keyin nimalar sodir boʻldi? Tafsilotlar — maqolada.

Jahon

28.09.2026, 11:10

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi

Narxlar qanchaga oshadi?

Iqtisodiyot

28.09.2026, 09:49

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi

Kaspiy dengizida 24-sentyabr kuni yuz bergan fojia vaqtida bedarak yo'qolgan yana ikki qozog'istonlik harbiyning jasadi topildi.

Jahon

26.09.2026, 13:30

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda

Yevropa Ittifoqi Toshkentda ikkita xalqaro tadbir o‘tkazadi: Transkaspiy transport yo‘lagi konferensiyasi va Yevropa tillari kuni

Oʻzbekiston

26.09.2026, 10:08

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi

Ğazodagi genotsid ayblovlarini rad etgan Isroil bosh vaziri minbardan turib yana kimlarni «tiran» deb atadi?

Jahon

25.09.2026, 11:36

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati

Ukraina va Yevropaning ayrim rasmiylari rossiyalik milliarderlarga qarşi cheklovlar bekor qilinganini qoraladi. Aksariyat davlat Usmonovga milliy sanksiya qö‘llamoqçi.

Oʻzbekiston

25.09.2026, 08:48

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi

Harbiy sud Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqardi: rahbar 10 yil 6 oyga, jurnalist esa 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Yopiq sud majlisi tafsilotlari.

Oʻzbekiston

25.09.2026, 08:38

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi

Şifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar körsatilganiga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

Oʻzbekiston

24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi

Yevropa Ittifoqi Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqardi. Qolgan 3 mingga yaqin şaxs va taşkilotga nisbatan çeklovlar esa olti oy örniga uç yilga uzaytirildi.

Siyosat

24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?

Prezidentning 2025-yil mart oyidagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga özgartiriş kiritildi. 

Ta'lim

24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi

Hindiston maktablardan 50 metr radiusda tarkibida yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar savdosi va reklamasini cheklashni rejalashtirmoqda.

Jahon

24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

AQŞning Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston nomidan oliy minbardan nutq sözladi.

Oʻzbekiston

24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»

Eron prezidenti Masud Pezeshkian BMT minbarida yadroviy dastur, Hormuz bo‘g‘ozi va AQSh bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Jahon

24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi

Toşkentda uşlangan transportni jarima maydonçasidan çiqariş faqat elektron ruxsatnoma asosida amalga oşiriladi.

Oʻzbekiston

23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

 Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashib, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi.

Oʻzbekiston

23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi

Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida yuqori natija qayd etgan O‘zbekiston shaxmatchilari va ularning murabbiylariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori oshiriladi.

Iqtisodiyot

23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?

AQSh Eron aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda. Bu choralar xalqaro parvozlar va yo‘lovchilarga qanday ta’sir qiladi?

Jahon

23.09.2026, 11:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →