Kapitali 2,9 trillion soʻm boʻlgan Dehqonobod kaliy zavodi xususiylashtirildi

Dehqonobod kaliy zavodi  8 avgust kuni kombinat aksiyadorlarining qaroriga muvofiq ochiq auksionsiz xususiylashtirib yuborildi.

Ulashish:

Kapitali 2,9 trillion soʻm boʻlgan Dehqonobod kaliy zavodi xususiylashtirildi

Qarorda aytilishicha, Dehqonobod kaliy kombinatining ustav fondidagi ulushlari va 100 foiz aksiyalari Asian Chemical Group kompaniyasiga oʻtkazilgan. Zavod qaysi shartlar asosida xususiy qoʻllarga oʻtkazilgani haqida maʼlumot yoʻq.

 

Kapitali 2,9 trillion soʻm boʻlgan zavodni bundan 9 oy ilgari – 2024 yil noyabrda ochilgan hamda bor yogʻI 10 million soʻmlik ustav kapitaliga ega MChJga xususiylashtirilgan. Zavod qaysi shartlar asosida xususiy qoʻllarga oʻtkazilgani haqida maʼlumot yoʻq.

 

Uzdiplomat.uz nashrining yozishicha, mazkur zavod Prezidentning 2024 yil 26 apreldagi qaroriga muvofiq, zavodni xalqaro bozorda ochiq savdo orqali xususiylashtirish rejalashtirilgan edi.

 

 

1 iyul holatiga koʻra, Dehqonobod kaliy zavodi kapitali esa 2,9 trillion soʻmligi koʻrsatilgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur savdo va xususiylashtirish natijalarini haqidagi xabarlarga rasmiy izoh bermadi.

 

Zavod 2007 yilda 128,2 million dollarga, kreditlar evaziga qurilgan. Qarzning 61,7 million dollarini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, 41,7 million dollarini Xitoy Eksimbank bergan. 24,8 million dollar kredit Kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan. Zavodning 2024 yildagi sof foydasi 44,8 milliard soʻmni (3,5 million dollar atrofida) tashkil etgan.

 

Korxonada kaliy xlorid, sanoat tuzi, suyuq kerosin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Yirik zavod necha pulga, qaysi shartlar asosida xususiy qoʻllarga oʻtkazilgani jamoatchilikka maʼlum emas.

 

“Davaktiv agentligi kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish va isloh qilish dasturiga muvofiq Dehqonobod kaliy zavodi AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini 2024 yil yakuniga qadar xususiylashtirish jarayonini yakunlasin”, — deyilgan qarorda.

 

Daryo.uz nashrining yozishicha, Dehqonobod kaliy zavodi Oʻzbekistonda ochiq va shaffof savdolarsiz sotilayotgan birinchi yirik davlat aktivi emas. Bundan avval ham qator aktivlar yashirin tarzda xususiylashtirilgani aytib kelinadi. Masalan, “Qizilqumsement” , UNG Petro zapravkalar tarmogʻi, Chinoz neftni qayta ishlash zavodi , Angren shina zavodi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar.

 

 

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda oziq-ovqatni qayta ishlashdagi innovatsiyalar namoyish etildi

Toshkentda Air Products kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish, qayta ishlash va saqlashning yangi texnologiyalari markazida yangi loyihaga doir innovatsion uskunalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston

29.08.2025, 20:48

Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 7 mlrd kVt⋅soatga yetdi

Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025 yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 7 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Iqtisodiyot

29.08.2025, 19:45

Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga bir qator havo zarbalari yoʻlladi

Zarbalar husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy nutq soʻzlayotgan vaqtda amalga oshirilgan.

Jahon

29.08.2025, 18:41

Kartoshka yetishtirish boʻyicha qaysi hudud yetakchi?

2025 yil yanvar–iyun oylarida respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1,9 mln tonna kartoshka yetishtirilgan.

Iqtisodiyot

29.08.2025, 17:37

Oʻzbekistondagi qaysi muzeylarga sayyohlar eng koʻp boryapti?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning 1 yanvar holatiga, Oʻzbekistonda 138 ta muzey faoliyat koʻrsatmoqda (filiallarni ham qoʻshganda).

Madaniy

29.08.2025, 16:33

Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi

Andijonda Ekologiya boshqarmasining rahbarlaridan biri hamda hokim oʻrinbosari, Namangan “RayONO” mudiri hamda ikkita xususiy bogʻcha rahbarlari korrupsiyaga yoʻl qoʻygani aniqlandi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:53

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi

Davlat rahbari markazdagi bunyodkorlikni yuqori baholab, uning faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, maʼno-mazmunini boyitib borish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:24

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi, Yangi Oʻzbekiston koʻchasidagi yerosti avtomobil yoʻli ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston koʻchasida barpo etilgan yerosti avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:19

Shavkat Mirziyoyev qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan 29 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yigʻildi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:12

Keksalarni firibgarlardan himoya qilish zarur

Firibgarlikning eng keng tarqalgan usullaridan biri bank xodimi nomidan qoʻngʻiroq qilishdir.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 14:36

Osiyo Taraqqiyot banki Oʻzbekistondagi yoʻl qurilishi uchun 233 mln dollar kredit ajratdi

Loyiha doirasida A-380 yoʻlining qariyb 87 km yangilanadi, jumladan Toʻrtkoʻl — Ellikqalʼa — Beruniy yangi aylanma yoʻli quriladi. 

Iqtisodiyot

29.08.2025, 13:31

Endi oʻzbekistonliklar Iordaniyaga vaziasi borishi mumkin

Endi oʻzbekistonliklar Iordaniyaga vaziasiz borishi mumkin

Oʻzbekiston fuqarolari 25 sentabrdan boshlab Iordaniyaga vizasiz borishlari mumkin. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov "Spot.uz"ga maʼlum qilgan.

Siyosat

29.08.2025, 13:25