Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS (qoʻshimcha qiymat soligʻi) imtiyozlari bekor qilinmoqda. Bu haqda joriy yilning 18 sentabr kuni qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Prezident farmonida maʼlum qilingan.

Ulashish:

Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Farmonga koʻra, 2025 yil 1 yanvardan yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi. 

Bundan tashqari, yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 30 avgustda qabul qilingan Prezident farmoni bilan ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytarilishi belgilangan edi. 

Farmonga muvofiq, 2024 yil 1 oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oyning 25-sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini Respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

19.09.2024, 12:31

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Toshkent shahrida sifatsiz dori vositalari toʻxtatib qolindi

Fuqaro 72 000 dona tibbiy buyumlarni 111 mln soʻmga sotishga kelishib, oldindan 30 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 20:50

Oʻzbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyasi xalqaro «Yashil energiya» sertifikatlari tizimida roʻyxatga olindi

Mazkur tizim dunyo boʻylab 60 ga yaqin davlatlarda ishga tushirilgan boʻlib, 200 milliondan ortiq sertifikatlar muomalaga chiqarilgan.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 19:41

Ayrim talabalar soxta hujjatlar asosida oʻqishga qabul qilinganmi?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.https://gov.uz/oz/edu/news/view/74156

Ta'lim

31.07.2025, 18:39

Suv olish tartibini buzganlarga moliyaviy sanksiyalar qoʻllanadi

Suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 20 foizimiqdorida jarima qoʻllanadi.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 17:35

Davlat xaridlarida “Business intelligence” va “Risk management” tizimlari joriy etiladi

Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 16:38

Ukrainadagi urushda asirlikka tushgan oʻzbekistonliklar soni ortmoqda. Biznikilar hali ham sukutda

Ukrainadagi urushda asirlikka tushgan oʻzbekistonliklar soni ortmoqda. Biznikilar hamon sukutda

2025 yil boshidan shu davrga qadar Rossiya 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosini Ukraina bilan boʻlayotgan urushga yollagan. Hozirda Ukrainada harbiy asirlikda 33 ta davlatning fuqarolari bor. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari soni koʻpligi boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Ukraina razvedkasining “Xochu jit” loyihasi xabar qildi.

Siyosat

31.07.2025, 16:23

Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yoʻlagida 8 yoshli qizaloqni urib oʻldirdi

Haydovchi yaqin atrofda maktab borligi haqidagi belgiga qaramay, tezlikni pasaytirmagan.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 15:50

Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirilgan

Samarqand viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 15:34

“Turistlarsiz yashash mumkin, suvsiz yashab boʻlmaydi” – professor Zarifboy Ibodullayev Chorvoqdagi qurilish haqida

"Mulk va Meros" podkastida ichimlik suvi xavfsizligi, ekologiya, turizm va madaniy meros masalalari haqida suhbatlashdik.

Oʻzbekiston

31.07.2025, 14:28

Mehnat meʼyorlarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi tasdiqlandi

Namunaviy nizom tashkilotlarda mehnat meʼyorlari vastandartlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini belgilaydi.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 13:36

Oʻzini muxolif deb eʼlon qilgan fraksiyaning huquqlari kengaytirildi

Oʻzini muxolif deb eʼlon qilgan fraksiyaning huquqlari kengaytirildi

2025 yilning 30 iyul kuni qabul qilingan “OʻRQ-1077-son” qonunga muvofiq oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan partiya fraksiyasiga bir qancha huquqlar berildi.

Siyosat

31.07.2025, 13:25

“Tolibon” BMTdan norozi

“Tolibon” BMTdan norozi

Afgʻoniston Islom Amirligi (IEA) matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Birlashgan Millatlar Tashkilotini Afgʻonistonning BMTdagi oʻrinni rad etishda davom etayotgani uchun xalqaro tashkilotni keskin tanqid qildi. Bu haqda “Ariana News” maʼlum qildi.

Jahon

31.07.2025, 12:37