Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirilgan
Samarqand viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi.
Oʻzbekiston
31.07.2025, 15:34
Ulashish:

Davlat rahbariga 30 iyul kuni Samarqand viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi.
Soʻnggi sakkiz yilda Samarqand viloyatida 1 ming 132 ta koʻp qavatli uy qurilib, 56 ming oilaning turmush sharoiti yaxshilangan. Maktabgacha taʼlim qamrovi 21 foizdan 73 foizga, oliy taʼlimda 10 foizdan 45 foizga yetgan.
Iqtisodiyotda toʻqimachilik, metallurgiya, elektr texnikasi, qurilish materiallari, turizm jadal rivojlanmoqda. Bunyodkorlik, yirik loyihalar va yuqori daromadli ish oʻrinlari aholining ertangi kunga ishonchini oshirmoqda.
Viloyatda kambagʻallik darajasi yil boshidan beri 7,5 foizdan 6,4 foizga kamaygan. Yil yakunigacha 150 ming odamni ishga joylab, 90 ming aholini kambagʻallikdan chiqarish maqsad qilingan.
Oʻtgan sakkiz yilda hududda sanoat mahsulotlari 1,7 barobar oʻsib, hozir 45 trillion soʻmdan oshgan. Lekin bu natijalarning 37 foizi Samarqand shahriga, 23 foizi Jomboy, Samarqand va Urgut tumanlariga toʻgʻri keladi. Qoʻshrabot, Payariq va Nurobodda sanoat nisbatan rivojlanmagan.
Davlat rahbarining tashabbusiga muvofiq, Samarqand viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi. Taqdimotda tadbirkorlarning takliflari asosida ishlab chiqilgan yangi loyihalar haqida axborot berildi.
Masalan, Nurobod tumanida 115 gektarda maxsus sanoat zonasi tashkil qilish taklif etilmoqda. U yerda 472 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 1 ming 200 ta ish oʻrni yaratiladi. Qoʻshrabot tumanida xitoylik investorning 40 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyasi hisobiga granit toshini qazib olish va qayta ishlash moʻljallangan.
Bulungʻurlik tadbirkor “in vitro” laboratoriya tashkil etib, kartoshka urugʻi boʻyicha brend yaratishga kirishgan. Tumanda 100 million dollarlik biofarmatsevtika korxonasini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.
Umuman, viloyatda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 12 ming ish oʻrni, 82 million dollarlik eksport imkoniyati ochilishi koʻzda tutilgan.
Prezident bu tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, loyihalarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Har bir tuman-shaharning investitsion jozibadorligi va eksport imkoniyatlarini tengma-teng oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston
31.07.2025, 15:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
31.10.2025, 10:13

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi
Oʻzbekiston
21.10.2025, 12:42

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
16.10.2025, 15:06

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 15:52

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:19

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi
Oʻzbekiston
09.10.2025, 15:09
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Putin “klon kabinetlar” qurdirib, oʻzi Valday oʻrmonlarida yashirinmoqda — OAV
Jahon
12.11.2025, 12:01
So‘nggi yangiliklar

Konstitutsiya kuni munosabati bilan jazo muddatini oʻtayotgan 615 nafar mahkum afv etildi
Oʻzbekiston
08.12.2025, 11:58

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi
Iqtisodiyot
08.12.2025, 10:15

Oʻzbekistonda bank kartalari soni keskin oshib bormoqda
Oʻzbekiston
08.12.2025, 09:26

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi
Oʻzbekiston
06.12.2025, 15:58

Tojikistonning Rogʻun GESi — dunyodagi eng baland qurilayotgan mega-loyiha
Siyosat
06.12.2025, 13:46

SPID haqida 10ta notoʻgʻri qarash
Oʻzbekiston
06.12.2025, 12:26

Shimoliy Orolda suv hajmi 42 foizga oshdi: dengiz ekotizimi tiklanmoqda
Jahon
06.12.2025, 11:12

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01

AQSh 2026 yilgi Jahon chempionati xavfsizligi uchun qancha mablagʻ ajratadi?
Jahon
05.12.2025, 16:06

Fabio Kannavaro: “Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi”
Sport
05.12.2025, 15:07

Oʻzbek olimlari tuproq namligini saqlaydigan va unumdorligini oshiradigan bakteriyalarni aniqladi
Fan-texnologiya
05.12.2025, 11:25

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi
Oʻzbekiston
05.12.2025, 10:31
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Putin “klon kabinetlar” qurdirib, oʻzi Valday oʻrmonlarida yashirinmoqda — OAV
Jahon
12.11.2025, 12:01
