Oʻzbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyasi xalqaro «Yashil energiya» sertifikatlari tizimida roʻyxatga olindi

Mazkur tizim dunyo boʻylab 60 ga yaqin davlatlarda ishga tushirilgan boʻlib, 200 milliondan ortiq sertifikatlar muomalaga chiqarilgan.

Ulashish:

Joriy yilning 30 iyul kuni Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida «Oʻzbekistonning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish strategiyasi va yashil energiya sertifikatlash tizimi» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor va banklar vakillari ishtirok etib, uzoq muddatli «uglerod neytralligi»ga erishish strategiyasini ishlab chiqish hamda «yashil sertifikat» tizimini mukammallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida I-TRACK jamgʻarmasi va Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan I-REC sertifikatlari tizimi, uning ahamiyati hamda Oʻzbekistondagi joriy holat boʻyicha taqdimot qilindi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan uglerod soligʻini nazarda tutuvchi «Transchegaraviy uglerodni tartibga solish mexanizmi» (CBAM) 2026 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirishidan soʻng Yevropaga eksport qiladigan mahalliy korxonalarga ushbu mexanizmning taʼsiri, bunda «yashil energiya» sertifikatlarining oʻrni toʻgʻrisida ham taʼkidlab oʻtildi.

Maʼlumot uchun: «Transchegaraviy uglerodni tartibga solish mexanizmi» (Carbon Border Adjustment Mechanism – CBAM) – Yevropa Ittifoqi (YI)ga import qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda atmosferaga chiqarilgan issiqxona gazlari hajmiga muvofiq uglerod soligʻini qoʻllash mexanizmi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi va «Texnopark» MChJ oʻrtasida «yashil energiya» sertifikatlarini – I-REC(E) chiqarish, mamlakatda ilk bor quyosh fotoeletkr stansiyasini xalqaro I-REC sertifikatlari tizimida roʻyxatga olish uchun shartnoma imzolandi hamda Texnoparkka rasmiy sertifikat topshirildi.

Bu orqali «Texnopark» MChJ tomonidan oʻrnatilgan umumiy quvvati 823 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun xalqaro I-REC(E) sertifikatlarini muomalaga chiqarish imkoni yaratildi.

Barqarorlik va ekologik masʼuliyatini oshirish istagi va hohishi bor har qanday kompaniya uchun bugun mamlakatimizda bunday imkoniyat mavjud.

I-REC(E) nima va u qanday ishlaydi?

I-REC(E) sertifikati – qayta tiklanuvchi manbasida ishlab chiqarilgan har 1 000 kilovatt-soat (kVt/s) elektr energiyasini tasdiqlovchi raqamli sertifikat. Sertifikatlar quyidagi afzalliklarga ega:

Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbasini, yaʼni quyosh, shamol, gidro yoki biogaz elektr stansiyalarini ishga tushirgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻz elektr stansiyasini I-REC tizimida roʻyxatdan oʼtkazish orqali qoʻshimcha daromad olishi mumkin. Bundan tashqari «yashil energiya» sertifikatlari savdosi ushbu subʼektlarga qoʻshimcha «yashil» moliyaviy resurslarini jalb qilish imkoniyatini oshirib, ekologik barqarorlik hamda yashil iqtisodiyotga oʻtish yoʻnalishlaridagi saʼy-harakatlarini ham mustahkamlaydi.

Ikkinchidan, I-REC(E) sertifikatlarini xarid qilgan (foydalangan) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro bozorlarga chiqishda yordam beradi, eksport yoʻnalishida raqobatbardoshlikni oshiradi, Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga mos keluvchi biznes muhitini yaxshilaydi, xorijiy investorlarni jalb qilish va banklar uchun ochiqlik va ishonchlilikni oshiradi. Sertifikatlarning yana bir foydasi shundaki, ular orqali kompaniya va tashkilotlar oʻzining toza energiyadan foydalanishini ochiq-oydin koʻrsata oladi.

Uchinchidan, sertifikatlarni xorijiy korxonalarga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Joriy yilning aprel oyida Oʻzbekistonda chiqarilgan «yashil energiya» sertifikatlari ilk bor eksport qilindi.

Mazkur tizim dunyo boʻylab 60 ga yaqin davlatlarda ishga tushirilgan boʻlib, 200 milliondan ortiq sertifikatlar muomalaga chiqarilgan.

Bugungi kunda mamalakatimizda «Oʻzbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatining umumiy quvvati 962,4 MVt boʻlgan 4 ta gidroelektr stansiyasi xalqaro I-REC tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Soʻnggi bir yarim yil davomida Oʻzbekistonda 344 835 ta «yashil energiya» sertifikatlari muomalaga chiqarildi.

«Texnopark» MChJning quyosh elektr stansiyasi Oʻzbekistonda I-REC tizimida roʻyxatdan oʻtgan birinchi quyosh energiya manbai hisoblanadi.

Sertifikatlarni xarid qilish va foydalanish borasida esa, birinchilardan boʻlib, Oʻzsanoatqurilishbanki, British-American Tobacco Uzbekistan, WorleyParsons, Energoqurilishindustriya, Click, Knauf, UzAuto Motors va Navoiyuran kabi kompaniyalar I-REC(E) sertifikatlaridan foydalanib kelmoqda.

Hozirda, I-REC(E) sertifikatlari yuzasidan mamlakatda faoliyat yuritayotgan va yuritishni rejalashtirayotgan yengil sanoat korxonalari, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari (Data Center) kabi salohiyatli foydalanuvchilar ham qiziqish bildirmoqda.

Iqtisodiyot

31.07.2025, 19:41

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48