Ukrainadagi urushda asirlikka tushgan oʻzbekistonliklar soni ortmoqda. Biznikilar hamon sukutda
2025 yil boshidan shu davrga qadar Rossiya 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosini Ukraina bilan boʻlayotgan urushga yollagan. Hozirda Ukrainada harbiy asirlikda 33 ta davlatning fuqarolari bor. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari soni koʻpligi boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Ukraina razvedkasining “Xochu jit” loyihasi xabar qildi.
Siyosat
31.07.2025, 16:23
Ulashish:

Unda yozilishicha, oʻzbekistonlik yollanma askarlar roʻyxati eʼlon qilinganidan soʻng mamlakatda fuqarolarning jangovar harakatlardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirilishi boshlangani va yollanma askarlarga nisbatan jinoiy taʼqib kuchaytirilganiga qaramay, Rossiya ularni yollash boʻyicha harakatlarini yanada faollashtirishda davom etmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Ukrainaning Rossiya Qurolli Kuchlaridagi manbalari Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan barcha shaxslar haqida maʼlumot olmoqda. 2025 yilda Rossiya 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosini urushga jalb etishga ulgurgan. Bu urushga jalb etish odamlarning oʻz xohishi bilan emas, balki Rossiyada davlat xohishi bilan amalga oshmoqda.
Federatsiya urushga yollash boʻyicha eski usurllatdan foydalanmoqda. Yaʼni Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida kelgan Oʻzbekiston fuqarolari yuqori maosh toʻlanadigan ish bahonasi bilan - masalan, qurilishlarda yoki armiyaning orqa front boʻlinmalarida ishga taklif qilinmoqda. Ularga asosiy ragʻbatlaridan biri Federatsiya fuqaroligini vaʼda qilmoqda.
Loyihaga koʻra, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini oʻtayotganlarga tahdidlar, ruhiy bosim va shantaj orqali urushda qatnashishga majburlashmoqda.
Shu bilan birga loyiha maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 5 iyun kuni Kursk viloyatidagi "Postoyalыe Dvorы " poligonida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari delegatsiyasining norasmiy tashrifi boʻlib oʻtgan. Delegatsiyaga Oʻzbekiston mudofaa vaziri oʻrinbosari polkovnik Alisher Norboyev boshchilik qilgan. Delegatsiyaga Leningrad harbiy okrugi harbiy xizmatchilariga jangovar tayyorgarlik elementlari boʻyicha maʼruza qilgan.
PARADIGMA.UZ mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi bilan bogʻlandi.
Vazirlik matbuot xizmatiga koʻra, bu boʻlmagan gap. Vazir oʻrinbosari Alisher Norboyev delegatsiyasi Rossiya harbiy poligoniga tashrif buyurmagan.
Shuningdek, PARADIGMA.UZ muxbiri Ukrainadagi urushda asirlikka tushgan oʻzbekistonliklarni vataniga qaytarish boʻyicha bergan savoliga esa bu ish bilan Tashqi ishlar vazirligi shugʻullanishini aytdi.
PARADIGMA.UZ muxbiri shu masala boʻyicha Tashqi ishlar vaziri Ahror Burhonov bilan bogʻlandi.
Burhonov ushbu masalani surishtirib, batafsil maʼlumot berishini aytdi.
PARADIGMA.UZ vazirlik xabarini kutadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq joriy yilning aprel oyida Ukraina razvedkasiga tegishli ushbu loyiha Rossiya tomonidan urushga yollangan 1110 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining roʻyxatini eʼlon qilgan edi.
Ushbu roʻyxatga koʻra, ismi keltirilgan shaxslarning kamida 109 nafari urushda halok boʻlgani va Rossiya tomonidan urushda qatnashayotgan oʻzbekistonliklarning eng yoshi 21 yosh eng kattasi esa 62 yosh ekanligi aytilgan edi.
Ushbu xabardan keyin Oʻzbekiston jamiyatida keng eʼtirozlar kelib chiqqan edi. Mazkur hodisani yoritgan oʻzbek OAV va Telegram kanallari adminlariga Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz nomidan ushbu postni 24 soat ichida oʻchirib tashlash talabi qoʻyila boshladi.
Keyinchalik, hukumatga tegishli “Pressuzb” Telegram kanali bu xabarni soxta va bu kanalda hech qanday ID raqam mavjud emasligini yozib chiqdi.
“Xabarnoma yuborilgan hisoblar tekshirilganda, ularning soxta profil ekani maʼlum boʻldi.
Shuningdek, markaz masʼullari bilan bogʻlanilganda, bu borada markaz tomonidan hech qanday xabarnoma yuborilmagani aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Shundan soʻng Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy munosabat chiqqan edi. Ushbu roʻyxat boʻyicha tekshiruv ishlari olib boshlanganini maʼlum qilgan edi.
Shu voqealar fonida Ukrainada asirlikka tushgan oʻzbekistonliklar prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yoʻllab, ularni almashinuv yoʻli bilan asirlikdan tezroq qaytarishga koʻmaklashishini soʻragan edi.
Siyosat
31.07.2025, 16:23
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

15 mln oʻzbekistonlikning shaxsiy maʼlumotlari sizdirilgani rostmi?
Oʻzbekiston
03.02.2026, 14:36

Dubayda janjalga aloqador olti oʻzbekistonlik oʻlim jazosiga hukm qilindi
Oʻzbekiston
24.01.2026, 08:50

Rossiya generalini oʻldirishda ayblangan oʻzbekistonlik erkak umrbod qamaldi
Oʻzbekiston
22.01.2026, 08:51

Oʻzbekistonda 4 yilda xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashish boʻyicha 338 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
18.11.2025, 11:14

Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrif bilan yetib bordi
Siyosat
05.11.2025, 08:44

Rus harbiylari bu safar oʻzbekistonliklar ishtirok etayotgan konsert zalida reyd oʻtkazdi
Oʻzbekiston
24.09.2025, 12:00
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda
Jahon
07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda
Oʻzbekiston
07.03.2026, 12:53

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Angrenda fojia: daydi itlar 8 yoshli bolaga hujum qildi
Oʻzbekiston
07.03.2026, 10:27

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
