Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?

Ekologik nazoratni kuchaytirish va shaharlarda havo sifatini yaxshilash maqsadida eko-stiker tizimi joriy etilmoqda. Qizil toifaga kiruvchi avtomobillar ayrim markaziy hududlarga umuman kiritilmaydi, sariq toifadagi transport vositalari uchun ekologik holatdan kelib chiqib qisman cheklovlar joriy etiladi. Yashil toifadagi avtomobillar esa belgilangan hududlarda erkin harakatlanishi mumkin.

Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi maʼlum qildi.

Eko-stiker tizimi qachon kuchga kiradi?

Vazirlar Mahkamasining 750-son qaroriga muvofiq, eko-stikerlar toʻgʻrisidagi nizom 2025 yil 29 noyabrdan amal qilishni boshlagan. Amalda stikerlarni berish jarayoni esa 2026 yil 1 yanvardan start oladi.

Tizim butun mamlakat boʻylab bosqichma-bosqich joriy etilsa-da, eng qatʼiy cheklovlar avvalo Toshkent shahridagi ekologik zonalarda qoʻllaniladi.

Avtomobillar qay tarzda toifalashtiriladi?

2026 yildan boshlab har bir avtomobilning ekologik ahvoli tekshirilib, unga maxsus stiker beriladi. Stikerlar uch xil rangda boʻladi:

  • Yashil — ekologik toza, Yevro-5/6 standartlariga mos
  • Sariq — oʻrta darajada ifloslantiruvchi
  • Qizil — chiqindisi yuqori, ekologik xavf darajasi yuqori

Toifalashtirish Avtomobil  Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) tomonidan oʻtkaziladigan texnik diagnostika natijasida amalga oshiriladi.

Ekologik zonalar: kimga cheklov, kimga ruxsat?

Yaqin yillarda Toshkentda maxsus ekologik zonalar tashkil etiladi. Bu zonalarga kirish avtomobilning stikeriga qarab belgilanadi:

  • Qizil toifa avtomobillariga ayrim markaziy hududlarga kirish taqiqlanadi;
  • Sariq toifa uchun qisman cheklovlar joriy qilinishi mumkin;
  • Yashil toifa avtomobillari erkin harakatlanishi mumkin boʻladi.

Taʼkidlanishicha, bu cheklovlar aholi salomatligi va havo sifati uchun juda muhim.

Xalqaro tajriba: Oʻzbekistonda nimalar kutilmoqda?

Yevropa va Koreya tajribasiga tayanilgan holda kelgusida quyidagi imkoniyatlar joriy etilishi mumkin:

  • yashil stikerga ega haydovchilar uchun arzonroq parkovka;
  • muayyan kunlarda faqat “yashil” toifaga ruxsat berish;
  • “qizil” avtomobillarga qoʻshimcha cheklovlar;
  • regionlarda ham ekologik zonalar tashkil etish.

Bu choralar transport harakatini ekologik tamoyillar asosida qayta tashkil etishga xizmat qiladi.

Eko-stikerni qanday tartibda olish mumkin?

2026 yildan boshlab:

  • avtomobil roʻyxatga olinsa yoki qayta roʻyxatdan oʻtsa,
  • haydovchi my.gov.uz orqali ariza topshirsa,
  • DYHXX tashxisdan oʻtkazadi va stiker turini belgilaydi.

Stikerni haydovchi oʻz xohishiga koʻra DYHXX boʻlimidan olishi yoki yetkazib berishga buyurtma qilishi mumkin.

Tizimning asosiy maqsadi nima?

Eko-stiker — bu shunchaki rangiga qarab belgilanadigan belgi emas. Uning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • avtomobil chiqindilarini aniq hisoblash;
  • shaharlar havosini yaxshilash;
  • ekologik madaniyatni oshirish;
  • “iflos” avtomobillar ulushini qisqartirish.

Oʻzbekiston

05.12.2025, 17:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01