updated: 12.11.2026, 09:42

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar

Inson kosmosga uçişidan oldin olimlar hayvonlar iştirokida vaznsizlik va radiatsiya ta’sirini örgandi. Ayrimlari tirik qaytdi, boşqalari esa tajribalar davomida halok böldi.

Лайка Спутник-2 аппаратидаги парвозга тайёрланмоқда. 1957 йил. Фото: Космонавтика музейи

Москва бош архиви

Insoniyat ming yillar davomida osmon va yulduzlarga qiziqib kelgan. Biroq XX asrning ikkinçi yarmiga kelib, bu qiziqiş ilmiy izlanişlar va amaliy tajribalarga aylandi. 1957-yil 4-oktyabrda Sovet Ittifoqi tarixdagi birinçi sun’iy Yer yöldoşi — Sputnik-1 ni orbitaga çiqardi. Oradan bir oy ötib esa Yer orbitasiga birinçi tirik mavjudot — Layka ismli it yuborildi. Insoniyatning koinotni örganiş yölidagi dastlabki qadamlarida faqat olimlar va muhandislar emas, balki öz taqdirini tanlay olmagan hayvonlar ham iştirok etdi. Ularning ayrimlari Yerga tirik qaytdi, boşqalari esa kosmik tadqiqotlar tarixidagi dastlabki qurbonlarga aylandi.

Kosmosga hayvonlarni yuboriş ğoyasi Layka parvozidan ança oldin paydo bölgan. Ikkinçi jahon uruşidan keyin AQŞ va Sovet Ittifoqi Germaniyaning V-2 raketalari va boşqa raketa texnologiyalarini qölga kiritib, ulardan yangi tadqiqotlarda foydalana boşladi. Dastlab bu texnologiyalar asosan harbiy maqsadlarda yaratilgan bölsa-da, olimlar raketalar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlari va kosmik muhitni ham örganiş mumkinligini anglab yetdi. Buning uçun esa tirik organizmlarning kuçli tezlaniş, vaznsizlik va radiatsiya ta’siriga qanday munosabat bildirişini tekşiriş zarur edi.

1947-yil 20-fevral kuni AQŞ Nyu-Meksiko ştatidagi White Sands poligonidan V-2 raketasi asosida tayyorlangan raketani uçirdi. Uning bortida bir neçta meva paşşalari bor edi. Kapsula taxminan 109 kilometr balandlikka kötarildi va paraşyut yordamida Yerga qaytdi. Paşşalar tajribadan tirik çiqdi. Bu parvoz kosmosga yuborilgan hayvonlarning tirik holda Yerga qaytarilgan ilk muvaffaqiyatli tajribasi sifatida tarixga kirdi. Meva paşşalari bejiz tanlanmagan: ularning biologik xususiyatlari va tez köpayişi olimlarga radiatsiyaning tirik organizmlarga ta’sirini örganişda qulay imkoniyat yaratgan edi. Tajribaning asosiy maqsadi yuqori balandlikdagi kosmik nurlanişning biologik ta’sirini aniqlaş bölgan.

White Sands poligonida V-2 raketasining sinov parvozlaridan biri. 1940-yillar. Foto: DN.

Oradan bir yil ötib, 1948-yil 11-iyunda AQŞ V-2 raketasida Albert I ismli rezus makaka maymunini uçirdi. Biroq parvoz yakunida hayvon halok böldi. 1949-yil 14-iyunda uçirilgan Albert II taxminan 134 kilometr balandlikka kötarildi. U parvozning özidan omon çiqdi, ammo kapsulaning paraşyut tizimi işlamay qolgani sabab Yerga urilib halok böldi. Dastlabki tajribalar olimlarga muhim ma’lumotlar bergan bölsa-da, tirik organizmlarni kosmosga çiqarişning özi yetarli emasligi, ularni xavfsiz qaytariş ham hal qilinişi kerak bölgan murakkab vazifa ekani ayon böldi.

1950-yillarning boşlarida Sovet Ittifoqi ham bu yönalişda faol tadqiqotlarni boşladi. Boş konstruktor Sergey Korolyov boşçiligidagi mutaxassislar kelajakda insonni kosmosga olib çiqiş uçun zarur texnologiyalarni işlab çiqayotgan edi. Buning uçun avvalo tirik organizmning kuçli tezlaniş, vaznsizlik, bosim özgarişi va boşqa noma’lum omillarga qanday munosabat bildirişini aniqlaş lozim edi. Sovet olimlari dastlab siçqonlar, kalamuşlar va quyonlardan foydalandi. Keyinçalik itlar asosiy tajriba hayvonlariga aylandi. Itlar maymunlarga nisbatan tinçroq bölişi, parvoz davomida kamroq harakatlanişi va maxsus kapsulalarda saqlaş uçun qulayligi sababli tanlangan. Olimlar köça şaroitida yaşagan daydi itlar turli qiyinçiliklarga çidamliroq bölişi mumkin, deb ham hisoblagan. Şu sababli Moskva köçalaridan kiçik vaznli itlar tanlab olindi.

1951-yil 22-iyul kuni Dezik va Sыgan ismli ikki it R-1V raketasida uçirildi. Ular taxminan 100 kilometrdan ortiq balandlikka kötarilib, paraşyut yordamida Yerga tirik qaytdi. Bu kosmos çegarasi deb keng qabul qilingan 100 kilometr balandlikdan yuqoriga kötarilib, muvaffaqiyatli qaytarilgan dastlabki itlar parvozlaridan biri edi. Keyingi sinovlarda ham ayrim hayvonlar muvaffaqiyatli qaytdi, boşqalarining parvozlari esa texnik nosozliklar sabab fojiali yakunlandi. Olimlar har bir tajribadan olingan ma’lumotlar asosida kelajakdagi kosmik kemalar va hayotni ta’minlaş tizimlarini takomillaştirişga urindi.

Layka: qaytişi imkoni bölmagan parvoz

1957-yilga kelib kosmik poyga yangi bosqiçga çiqdi. 4-oktyabr kuni Sovet Ittifoqi Sputnik-1 ni orbitaga çiqardi. Bu muvaffaqiyat AQŞda katta siyosiy va ilmiy şov-şuvga sabab böldi. Sovet rahbariyati kosmosdagi ustunligini yana bir bor namoyiş etişni istardi. Şu maqsadda navbatdagi missiya tayyorlana boşladi. Bu safar sun’iy Yer yöldoşi bortida tirik mavjudot bölişi kerak edi.

Tanlov natijasida Layka ismli it ajratib olindi. Uning dastlabki nomi Kudryavka bölgan, keyinçalik Layka nomi keng tarqaldi. U ham Moskva köçalaridan topilgan daydi itlardan biri edi. Kiçik vazni va sokin fe’l-atvori uni parvoz uçun mos nomzodga aylantirgan. Tayyorgarlik davomida Layka maxsus kapsulalarda saqlandi, kuçli şovqin va tebranişlarga moslaştirildi. Uni raketa içidagi tor joyda uzoq vaqt harakatsiz turişga örgatişdi. Organizmida yuz beradigan özgarişlarni kuzatiş uçun tanasiga maxsus datçiklar örnatildi.

1957-yil 3-noyabr kuni Sputnik-2 kosmik apparati Bayqönğir kosmodromidan uçirildi. Uning bortida Layka bor edi. Şu tariqa u Yer orbitasiga çiqarilgan birinçi hayvon böldi. Biroq missiyaning eng açinarli jihati şundaki, Laykani Yerga qaytariş uçun texnik imkoniyat közda tutilmagan edi. Sputnik-2 juda qisqa muddat içida tayyorlangan va uning loyihasida qaytiş kapsulasi bölmagan. Demak, Layka parvozga jönatilgan paytdayoq tirik qaytişi rejalaştirilmagan edi.

Dastlab sovet rasmiylari Layka parvozdan keyin bir neça kun yaşagani, keyin esa maxsus ozuqa yordamida oğriqsiz hayotdan mahrum etilganini ma’lum qildi. Biroq keyinçalik bu ma’lumot notöğri ekani aniqlandi. Kosmik kema içidagi haroratni nazorat qiliş tizimida muammolar yuzaga kelgan, kapsula haddan taşqari qizib ketgan va Layka parvoz boşlanganidan bir neça soat ötib halok bölgan. Sputnik-2 esa 1958-yil 14-aprel kuni Yer atmosferasiga qayta kirib, yonib ketdi.

Laykaning parvozi kosmik tadqiqotlar uçun ma’lumot bergan bölsa-da, uning ölimi xalqaro miqyosda axloqiy bahslarga sabab böldi. Tajriba rahbarlaridan biri, sovet olimi Oleg Gazenko ham yillar ötib bu missiyaga munosabati özgarganini tan oldi. 1998 yilda u Laykani uçiriş qaroridan afsuslanişini, olingan ilmiy natijalar itning ölimini oqlaş uçun yetarli bölmaganini aytgan. Bu e’tirof kosmik tadqiqotlar tarixidagi eng maşhur ilmiy puşaymonliklardan biri bölib qoldi.

 Belka va Strelka: kosmosdan tirik qaytgan itlar

Laykadan keyin olimlar oldida yana bir muhim vazifa turardi: tirik organizmni Yer orbitasiga çiqariş bilan birga, uni xavfsiz qaytariş. Insonni kosmosga yuborişdan oldin aynan şu masalani hal qiliş zarur edi. 1960-yil 19-avgust kuni Sovet Ittifoqi Sputnik-5 kosmik kemasini uçirdi. Uning bortida Belka va Strelka ismli ikkita it bor edi. Ular bilan birga 40 ta siçqon, ikkita kalamuş, kulrang quyon, meva paşşalari, ösimliklar va boşqa biologik namunalar ham kosmosga yuborildi.

Belka va Strelka — kosmik parvozdan tirik qaytgan ilk itlar. 1960 yil. Foto: Yuriy Gagarin muzeyi.

Kosmik kema Yer orbitasida qariyb 24 soat böldi va sayyoramizni 17 marta aylanib çiqdi. Parvoz davomida Belka va Strelkaning yurak urişi, nafas olişi hamda boşqa fiziologik körsatkiçlari kuzatildi. 20-avgust kuni kapsula Yerga qaytdi va paraşyut yordamida muvaffaqiyatli qöndi. Belka va Strelka tirik edi. Ular bilan birga olib ketilgan boşqa biologik namunalar ham tajriba natijalarini örganiş uçun qaytarib olindi. Bu insoniyat tarixida tirik mavjudotlarning Yer orbitasiga çiqarilib, xavfsiz qaytarilgan ilk muvaffaqiyatli parvoz edi.

Belka va Strelka orbital parvozdan keyin. 1960 yil 22 avgust. Foto: Kosmonavtika muzeyi / Moskva boş arxivi.

Belka va Strelkaning muvaffaqiyati insonning kosmosga parvoz qilişi mumkinligini tasdiqlovçi muhim bosqiçlardan biri böldi. Ularning suratlari Sovet Ittifoqi böylab tarqaldi, itlar matbuot va jamoatçilik e’tiboriga tuşdi. Strelka keyinçalik oltita kuçuk tuğdi. Ulardan biri — Puşinka — AQŞ prezidenti Jon Kennedining qizi Karolinaga sovğa qilindi. Sovuq uruş davrida ikki davlat örtasidagi keskin raqobat davom etayotgan bir paytda bu sovğa öziga xos ramziy ma’noga ega edi.

1960-yilning özida boşqa kosmik tajribalar ham ötkazildi. 28-iyul kuni Bars va Lisiçka ismli itlar uçirilgan raketa start vaqtida portlab ketdi va ikkala hayvon ham halok böldi. 1-dekabr kuni esa Pçyolka va Muşka ismli itlar Sputnik-6 bortida kosmosga yuborildi. Ular Yer orbitasini aylanib çiqqanidan söng qaytiş vaqtida kapsula belgilangan trayektoriyaga kira olmadi va Yer atmosferasiga qayta kiriş çoğida yonib ketdi. Şu sababli ikkala it ham halok böldi.

1961-yil 12-aprel kuni Yuriy Gagarin «Vostok-1» kemasida Yer orbitasiga çiqib, kosmosga uçgan birinçi inson böldi. Uning tarixiy parvozi oldidan hayvonlar iştirokida ötkazilgan tajribalar olimlarga muhim ilmiy va texnik ma’lumotlar bergan edi. Biroq insonning kosmosga çiqişi bilan tadqiqotlar yakunlanmadi. Endi olimlarni uzoq muddatli parvozlar, vaznsizlikning organizmga ta’siri va kosmik radiatsiya masalalari qiziqtira boşladi.

Felisett: kosmosga uçgan ilk muşuk

1963-yilda kosmik tadqiqotlarda yana bir noodatiy voqea yuz berdi. Bu safar tajriba iştirokçisi it ham, maymun ham emas, muşuk edi. Frantsiya özining raketa va kosmik tadqiqotlar dasturini rivojlantirayotgan bir paytda tirik organizmning kosmosdagi holatini örganiş böyiça alohida loyiha tayyorladi. Olimlar tajriba uçun 14 ta daydi muşukni tanlab, ularni maxsus tayyorgarlikdan ötkazdi.

Felisett — 1963 yilda Frantsiyaning kosmik dasturi doirasida raketa yordamida uçirilgan muşuk. Foto: arxiv.

Ularning orasidan C341 raqami bilan tanilgan muşuk tanlab olindi. Keyinçalik u Felisett nomi bilan maşhur böldi. 1963-yil 18-oktyabr kuni u Frantsiyaning öşa paytdagi Jazoir hududidagi Hammaguir poligonidan Véronique AGI 47 raketasi yordamida uçirildi. Raketa muşukni taxminan 157 kilometr balandlikka olib çiqdi. Parvoz davomida Felisett bir neça daqiqa vaznsizlik holatida böldi. Uning miya faoliyati, yurak urişi va boşqa fiziologik körsatkiçlari maxsus qurilmalar orqali qayd etildi.

Felisett.

Parvoz yakunida kapsula paraşyut yordamida Yerga qaytdi va Felisett tirik holda topildi. Şu tariqa u kosmosga uçirilgan va Yerga tirik qaytgan birinçi muşuk sifatida tarixga kirdi. Biroq uning taqdiri ham ayançli yakunlandi. Olimlar parvozning organizmga ta’sirini çuqurroq örganiş maqsadida, taxminan ikki oy ötib, muşukni evtanaziya qildi. 2019-yil dekabrida Frantsiyaning Strasburg şahridagi Xalqaro kosmik universitet hududida Felisett xotirasiga bronza haykal oçildi. Bu haykal uzoq vaqt davomida keng jamoatçilikka deyarli noma’lum bölib kelgan kosmik muşuk xotirasini qayta yodga soldi.

Kosmosda rekord örnatgan itlar

Hayvonlar iştirokidagi tajribalar davom etar ekan, olimlar kosmosda bir neça hafta yaşaş imkoniyatini ham örganişga kirişdi. 1966-yil 22-fevral kuni Sovet Ittifoqi Veterok va Ugolyok ismli ikkita itni «Kosmos-110» kosmik kemasida orbitaga çiqardi. Missiyaning muhim vazifalaridan biri uzoq muddatli parvoz va Van Allen radiatsiya mintaqalarining tirik organizmga ta’sirini örganiş edi.

Veterok va Ugolyok kosmik parvozga tayyorgarlik davrida. 1966 yil. Foto: Yuriy Gagarin muzeyi.

Veterok va Ugolyok kosmosda 22 kun qolib, 16-mart kuni Yerga qaytdi. Bu öşa davr uçun juda katta natija edi. Ular hayvonlar orasida eng uzoq davom etgan orbital parvoz rekordini örnatdi. Bu körsatkiçni insonlar faqat 1974 yilda, Skylab-4 missiyasi ekipaji 84 kunlik parvozni amalga oşirganida ortda qoldirdi. Uzoq muddatli parvoz itlar organizmiga jiddiy ta’sir körsatgan edi: ular ozib ketgan, junlari tökilgan va muşaklari zaiflaşgan. Şunga qaramay, ikkala it ham tirik qoldi va keyinçalik soğayib, yaşaşda davom etdi.

Oyni aylanib qaytgan toşbaqalar

Kosmik tadqiqotlar faqat Yer orbitasi bilan çeklanib qolmadi. 1960-yillarning ikkinçi yarmida AQŞ va Sovet Ittifoqi Oyga inson yuborişga tayyorgarlik körayotgan edi. Buning uçun kosmik kemalarning Oy atrofidan uçib ötişi, qaytiş yönalişini aniqlaşi va Yer atmosferasiga xavfsiz kirişi kabi murakkab jarayonlarni sinovdan ötkaziş zarur edi. Sovet Ittifoqi bu maqsadda «Zond» dasturini işlab çiqdi.

Sovet olimlari Oy atrofini aylanib qaytgan «Zond-5» apparati bortidagi toşbaqalarni tekşirmoqda. 1968 yil. Foto: RKK Energiya.

1968-yil 15-sentyabr kuni «Zond-5» kosmik kemasi Bayqönğir kosmodromidan uçirildi. Uning bortida ikkita çöl toşbaqasi, meva paşşalari, qurtlar, ösimliklar, uruğlar va boşqa biologik namunalar bor edi. Bu missiya oddiy orbital parvoz emasdi. Kosmik kema Yer orbitasidan çiqib, Oy tomon yöl oldi. Uç kunlik parvozdan söng, 18-sentyabr kuni Oyning narigi tomonidan taxminan 1950- kilometr balandlikda aylanib ötdi. Şundan söng Yerga qaytiş yönalişini oldi. «Zond-5» Oy orbitasiga kirib, uning atrofida uzoq vaqt aylanmagan; u Oyni aylanib ötib, Yerga qaytgan edi.

21-sentyabr kuni kapsula Hind okeaniga qöndi. Qutqaruv guruhlari kosmik kemani topib, bortdagi biologik namunalarni tekşirdi. Ikkala toşbaqa ham tirik edi. Şu tariqa ular Oy yaqinidan uçib ötib, Yerga qaytgan ilk tirik mavjudotlar sifatida tarixga kirdi. «Zond-5» missiyasi insonni Oyga yuborişdan oldin uzoq masofali parvoz va Yerga qaytiş tizimlarini sinaşda muhim bosqiç böldi.

Xem va Bonni: AQŞning kosmik tajribalari

Bu davrda hayvonlar iştirokidagi tajribalar faqat Sovet Ittifoqi bilan çeklanmagan edi. AQŞ ham kosmik dasturlarida maymunlar va şimpanzelardan foydalandi. 1961-yil 31-yanvar kuni Xem ismli şimpanze Mercury-Redstone-2 missiyasida kosmosga uçirildi. Uning vazifasi kosmik kemadagi boşqaruv mexanizmlari va inson bajarişi kerak bölgan ayrim harakatlarni sinaşdan iborat edi. Xem parvoz davomida berilgan topşiriqlarni bajardi va Yerga tirik qaytdi. Uning muvaffaqiyatli parvozi amerikaliklar uçun ham insonni kosmosga yuboriş yölidagi muhim sinovlardan biri böldi.

Biroq barça tajribalar ham muvaffaqiyatli yakunlanmadi. 1969-yil 28-iyunda AQŞ Biosatellite III missiyasida Bonni ismli makakani kosmosga yubordi. Dastlab parvoz 30 kun davom etişi rejalaştirilgan edi. Ammo maymunning ahvoli yomonlaşgani sabab missiya taxminan sakkiz yarim kundan söng muddatidan oldin tugatildi. Bonni Yerga tirik qaytarilgan bölsa-da, parvozdan keyingi tekşiruvlar davomida vafot etdi. Bu voqea uzoq muddatli kosmik parvozlar tirik organizm uçun naqadar murakkab ekanini yana bir bor körsatdi

Inson Oyga qadam qöyganidan keyin

Astronavt Bazz Oldrin Apollo-11 missiyasi davomida Oy yuzasida. 1969 yil 20 iyul. Foto: Nil Armstrong / NASA.

1969-yil 20-iyul kuni Apollo-11 missiyasining Oy moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qöndi. Bir neça soatdan keyin, universal vaqt böyiça 21-iyulga ötar keçasi, Nil Armstrong Oy yuzasiga qadam qöygan birinçi insonga aylandi. Uning ortidan Bazz Oldrin ham Oy yuzasiga tuşdi. Insoniyat asrlar davomida orzu qilgan maqsadiga erişgan edi. Şundan keyin kosmik tadqiqotlarning yönalişi ham özgara boşladi. Hayvonlar bilan tajribalar davom etdi, biroq ularning vazifasi uzoq muddatli vaznsizlikning biologik jarayonlarga, tirik organizmlarning rivojlanişi va kosmik muhitga moslaşişiga ta’sirini örganiş bilan ham boğliq böldi.

Vaznsizlik şaroitidagi ğayrioddiy tajribalar

1970-yillarda kosmik kemalar va stantsiyalarda turli haşarotlar, baliqlar, qurbaqalar, örgimçaklar, toşbaqalar va boşqa tirik organizmlar bilan tajribalar ötkazildi. Masalan, 1973-yilda NASAning Skylab-3 missiyasi davomida Anita va Arabella ismli ikkita örgimçak bilan tajriba ötkazildi. Olimlar vaznsizlik şaroitida örgimçaklar tör töqiy oladimi, degan savolga javob izlagan. Dastlab ularning törlari odatdagidan farq qilgan bölsa-da, keyinçalik örgimçaklar yangi şaroitga moslaşib, tör töqişga muvaffaq böldi.

Arabella ismli örgimçak Skylab-3 kosmik stantsiyasida vaznsizlik şaroitida töqigan tör. 1973 yil. Foto: NASA.

Keyingi ön yilliklarda ham hayvonlar iştirokidagi biologik tajribalar davom etdi. Biroq kosmik texnologiyalar rivojlanişi bilan tajribalarning maqsadi va usullari özgarib bordi. Hayvonlardan foydalaniş masalasi esa tobora köproq ilmiy va axloqiy munozaralarga sabab böla boşladi. Kosmosga yuborilgan har bir hayvonning taqdiri ilmiy natijalar bilan birga, tadqiqotlarda tirik mavjudotlarga munosabat qanday bölişi kerakligi haqidagi savolni ham kun tartibiga olib çiqdi.

Bugun kosmik tadqiqotlar tarixiga nazar taşlar ekanmiz, köpinça Yuriy Gagarin, Nil Armstrong yoki boşqa maşhur kosmonavtlarning nomlarini eslaymiz. Biroq insoniyatning koinot sari yölida ulardan oldin uçgan va bu yölning xavf-xatarlarini birinçi bölib boşdan keçirgan hayvonlarni ham unutmaslik kerak.

Layka Yer orbitasiga çiqdi, ammo qaytiş imkoniyatiga ega bölmadi. Belka va Strelka kosmosga borib, tirik qaytgan ilk hayvonlardan böldi. Felisett insoniyat tarixidagi birinçi kosmik muşuk sifatida nom qozondi. Veterok va Ugolyok öşa davr uçun rekord darajadagi uzoq parvozni amalga oşirdi. Oy yaqinidan uçib qaytgan toşbaqalar esa insoniyatning Yerdan taşqariga çiqiş yölidagi yana bir muhim sinovning iştirokçilariga aylandi.

Ularning heç biri nima uçun tanlanganini, qayerga olib ketilayotganini yoki parvozdan keyin nimalar yuz berişini tuşunmagan. Ular insoniyatning ilmiy maqsadlari yölida tajriba iştirokçilariga aylandi. Ayrimlari omon qoldi, boşqalari esa ortga qaytmadi. Bugun kosmik tadqiqotlar inson imkoniyatlarining çegaralarini tobora kengaytirayotgan bir paytda, bu tarixning unutilmas bir haqiqati bor: inson koinot sari yölni yolğiz bosib ötmadi. Uning ilk yöldoşlari orasida inson tilini tuşunmagan, ammo insoniyat tarixida öz nomini qoldirgan hayvonlar ham bor edi.

Muallif: Ramazon Usanov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →