Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?

1941-yilda Gitler SSSRni bir necha oy ichida taslim qilishni rejalashtirdi. Yevropaning katta qismini allaqachon bo‘ysundirgan Germaniya qo‘shinlari Moskva ostonasigacha yetib bordi.  Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Berlinning o‘zi vayronalar ichida qoldi.

Ulashish:

Qaysi omillar 2-Jahon urushida Germaniya g‘alabasini imkonsiz qilib qo‘ydi? Buni 1939-yildan 1945-yilgacha bo‘lgan voqealar ketma-ketligida qisqacha ko‘rib chiqamiz.

 

1939-yilning avgust oyida Stalin Adolf Gitler bilan kelishuvga erishdi. Germaniya va Sovet Ittifoqi “Molotov–Ribbentrop pakti” nomi bilan tanilgan bitimni imzoladi.

Bu bitim natijasida Gitler va Stalin Sharqiy Yevropani o‘zaro bo‘lishib oldi. Bundan tashqari, ular Polshaga ikki tomondan bostirib kirdi. Stalin Germaniya Reyxiga katta miqdorda xomashyo yetkazib berishni ham zimmasiga oldi.

The Molotov-Ribbentrop pact – archive, August 1939 | Second world war | The  Guardian

Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasida muhoraba davom etar ekan, Kremldagi kabinetida o‘tirgan SSSR rahbari Iosif Stalin Gitler bilan tuzgan hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitim kuchida qolishiga ishonardi.

Stalinning ideal rejasi bor edi. Unga ko‘ra, Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi uzoq vaqt urush olib boradi, ikki tomon bir-birini holdan toydiradi, Stalin esa chetdan ularning zaiflashishini kuzatib o‘tiradi.

1940-yil 18-dekabr kuni Gitler maxfiy ravishda “Fyurerning 21-sonli direktivasi”ni tasdiqladi. Bu hujjatda keyingi yili Sovet Ittifoqiga qarshi keng ko‘lamli bosqin boshlash, ya’ni “Barbarossa” operatsiyasining rejasi belgilangan edi.

The Army High Command's Plan for Operation Barbarossa: Cartographic  Illustration of the Planned Strategy and the Actual Strategy Implemented  (1941) | German History in Documents and Images

Ammo Germaniya uchun Britaniya hamon muammoligicha qolgandi. 1940-yilda Germaniya Fransiyani mag‘lubiyatga uchratib, G‘arbiy Yevropaning katta qismini nazorat ostiga oldi. Biroq Britaniya taslim bo‘lmadi.

Natijada Gitler G‘arbdagi urushi hali tugamagan paytda SSSRni bosib olishni rejalashtirdi.

Gitlerning rejasi Sovet Ittifoqini bosib olish va Sharqda yangi Germaniya imperiyasi uchun «Lebensraum» — ya’ni “yashash hududi” barpo etishdan iborat bo‘lgan.

Operatsiya o‘ta maxfiy saqlansa-da, oradan bir necha kun o‘tmay, Sovet razvedkasi turli manbalar orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi.

Stalinga deyarli har tomondan – britaniyaliklardan, Tokiodagi josusdan, hatto, Berlin ichidagi AQSh harbiy attashesidan fashistlar urushga tayyorlanayotgani haqida xabarlar yetkaziladi. Ammo Stalin ushbu shum xabarlarga ishonmadi.

SSSR rahbari G‘arb davlatlari juda katta siyosiy o‘yin olib borayotganidan shubhalanadi. “Ular meni ilgari mag‘lubiyatga uchramagan Vermaxt bilan yakkama-yakka urushga tortishmoqchi”, deb o‘ylagan Stalin G‘arbning “tuzog‘i”ga tushmaslikka qat’iy bel bog‘lagan.

Shu tariqa SSSR urushni tayyorgarliksiz kutib oldi.

Why Did Hitler Attack the USSR? - World History Encyclopedia

1941-yil 22-iyun.

Tong otishi bilan uch milliondan ortiq nemis askari Sovet chegarasini kesib o‘tdi.

Insoniyat tarixidagi eng yirik bosqin – “Barbarossa” operatsiyasi boshlandi.

Bosqin tarkibida 3 mingta tank, 2 700 ta samolyot, yana 7 mingta artilleriya quroli va 600 mingta transport vositasi bor edi.

Bosqinning dastlabki bir haftasidayoq Vermaxt Sovet hududining qariyb 480 kilometr ichkarisigacha kirib bordi va 400 mingdan ortiq askarni asir oldi.

Noyabr oxiri – dekabr boshida nemis qo‘shinlari Moskva chegaralariga 25–30 km masofagacha yaqinlashdi. Fashistlar armiyasi poytaxtni egallash arafasida edi.

Ammo bu yerda Germaniyaning tezkor urush rejasi jiddiy muammoga uchradi. Sovet Ittifoqiga bostirib kirilganidan to‘rt oy o‘tib, nemis armiyasi yangi g‘animga – qishga duch keldi.

Gitler va uning generallari urushni kuzgacha tugatishga ishongani uchun armiyani qishki kiyim va maxsus moylar bilan ta'minlashni hisobga olmagandi.

On this day, 79 years ago, a small group of German soldiers reached the  city of Khimki, less than 20km away from Moscow. This was the closest they  would ever get to

1941-yilning noyabr-dekabr oylarida ba’zi joylarda havo harorati -30, -40 gradusgacha tushib ketdi. Nemis askarlari, hatto, tank va qurollarning moylari ham muzlab qoldi.

Shunga qaramay Stalin hamon nemislar Moskva mudofaasini yorib o‘tishidan xavotirda edi. Ayni shu paytda yana bir muhim xushxabar kelib qoldi.

Tokiodan yuborilgan razvedka ma’lumotlariga qaraganda, Yaponiya Sovet Ittifoqining sharqiy chegarasiga bostirib kirmoqchi emas edi.

Aksincha, Yaponiya janubga – Britaniya, Fransiya va Niderlandiyaning Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishni rejalashtirayotgan, ehtimol, keyinchalik Filippindagi AQSh kuchlariga ham zarba berishni ko‘zlagan edi.

Shundan so‘ng Stalin Sovet Ittifoqining Uzoq Sharqidagi 400 ming askarni – hali tetik, janglarda holdan toymagan, butun boshli yangi armiyani Moskvaga ko‘chirdi. 

5-dekabr kuni – nemislar uchun eng noqulay pallada qarshi hujum boshlandi. Dushman charchagan, och, katta qismi kasal bo‘lib, ta’minotlari ham tugab borayotgandi.

Sovet qo‘shinlarining qarshi hujumi nemislarni ortga uloqtirib tashladi. Karaxt holga tushgan fashistlar 160 kilometrdan ortiq masofaga chekinishga majbur bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyatli hujumdan so‘ng Moskva saqlab qolindi, Gitlerning Sovet Ittifoqini qisqa muddatda taslim qilish rejasi barbod bo‘ldi.

 

SSSR Germaniyaga qarshi yolg‘iz kurashdimi?

AQSh hali urushga rasman kirmagan bo‘lsa-da, Vashington allaqachon Germaniyaga qarshi kurashayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashni boshlagan edi.

1941-yil 11-mart kuni AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt Lend-Liz dasturini imzoladi. Bu dastur orqali AQSh ittifoqchilariga qurol-yarog‘, texnika va boshqa zarur materiallarni qarzga berish, ijaraga topshirish yoki boshqa shartlarda yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Dastlab Buyuk Britaniya uning asosiy oluvchilaridan biri edi.

Lend-Lease - Wikipedia

Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirganidan keyin SSSR ham ushbu dasturga qo‘shildi. Fashistlar shiddat bilan Moskva tomon harakatlanayotgan paytda – 1941-yil oktabridan Sovet Ittifoqiga Lend-Liz orqali Amerika yordami kela boshladi.

AQSh Davlat departamenti hujjatlariga ko‘ra, urush yillari davomida Sovet Ittifoqiga berilgan Lend-Liz yordamining umumiy qiymati taxminan 11 milliard dollar bo‘lgan.

Xususan, SSSRga:

  • 400 mingdan ortiq yuk mashinalari va boshqa harbiy avtomobillar,
  • minglab tanklar va zirhli texnikalar,
  • minglab samolyotlar,
  • lokomotivlar va temiryo‘l uskunalari,
  • oziq-ovqat,
  • yoqilg‘i,
  • portlovchi moddalar,
  • metall, kimyoviy mahsulotlar va sanoat uskunalari yetkazib berildi.
Underestimation of lend lease to the Soviet Union during WW2 | Paradox  Interactive Forums

Masalan, 1943-yil boshida AQSh Sovet Ittifoqiga 3 200 dan ortiq tank, 2 600 samolyot va 81 ming yuk mashinasi hamda boshqa harbiy avtomobillar yuborgan edi. Keyingi ikki yil davomida bu raqamlar yanada oshdi.

Amerika yordami ayniqsa, logistika sohasida asosiy tayanch vazifasini o‘tagan. Chunki frontdagi askarlarni oziq-ovqat va o‘q-dori, minglab tanklarni esa yoqilg‘i va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash kerak edi. Shu sababli yuk mashinalari va temiryo‘l uskunalari Sovet armiyasi uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, 1941-yil oktabridan 1944-yil yanvarigacha Sovet Ittifoqiga 7 ming 800 ga yaqin samolyot, 4 ming 700 ta tank va umumiy 170 ming yuk mashinasi hamda avtomobil yetkazilgan.

Lend-Lease: Aircraft to the Soviet Union > National Museum of the United  States Air Force > Display

Germaniya imkoniyatlarini asosan tezkor hujumga moslagan edi. Urush cho‘zilgach, vaziyat o‘zgardi.

Ittifoqchilarning iqtisodiy va sanoat salohiyati Germaniyanikidan katta bo‘lgan.

Bu yerda AQShning roli ayniqsa muhim. Vashington nafaqat SSSR va Britaniyani qurol-yarog‘ bilan ta’minladi, balki o‘zining ulkan sanoatini ham urushga safarbar qildi. Shuningdek, AQShning strategik bombardimonlari Germaniyaning zavodlari, neft infratuzilmasi va transport tarmog‘ini izdan chiqardi.

Natijada Germaniya uchun zarur bo‘lgan qurol, yoqilg‘i, transport va boshqa resurslarni yetkazib berish tobora qiyinlashib bordi.

 

Stalingrad va Kursk: Sharqiy frontdagi katta burilish

Moskva Germaniyaning dastlabki rejasini barbod qilsa-da, natsistlar bosqini to‘xtab qolmadi.  1942-yilda Gitler yana hujum boshladi. Bu safar nemis qo‘shinlari Sovet Ittifoqining janubiga, Kavkaz va Volga tomon yo‘l oldi.

1942–1943-yillardagi Stalingrad jangi hal qiluvchi burilish nuqtalaridan biriga aylandi. Nemislarning 6-armiyasi Stalingradda qurshovda qoldi va 1943-yil fevralida taslim bo‘ldi. 

Stalingrad: 80 Years Ago, a Victory That Changed World War II - The Moscow  Times

Mazkur mag‘lubiyatdan keyin ham Gitler urush tashabbusini Sovet Ittifoqiga butunlay topshirishni istamadi.

1943-yil 5-iyul kuni Germaniya Kursk shahriga hujum boshladi. Shahar shimoli va janubida nemis tanklari hamda piyoda qo‘shinlari Sovet mudofaasini yorib o‘tishga harakat qildi. Ammo katta kuch va texnika sarflanganiga qaramay, Sovet mudofaasi yorib o‘tilmadi. 

Shundan so‘ng SSSR qo‘shinlari qarshi hujumlarni boshladi va Sharqiy frontda nazorat Sovet Ittifoqi qo‘liga o‘tdi.

Shu tariqa Moskva — Stalingrad — Kursk Germaniyaning Sharqiy frontdagi mag‘lubiyatini aks ettiruvchi uchta muhim bosqichga aylandi. 

 

1944-yil 6-iyun – D-Day

1944-yilning yoziga kelib AQSH va Buyuk Britaniya boshchiligidagi Ittifoqchilar Fransiyaga bostirib kirish uchun yetarli kuch to‘plashdi. Bu operatsiya tarixga «D-Day» nomi bilan kirgan.

1944-yil 5-iyun oqshomida, tun qorong‘usidan foydalanib, Britaniya, AQSh va Kanada qo‘shinlari Normandiyaga desant tushirdi. 

Normandy landings - Wikipedia

Ertasi kuni, 6-iyunda esa asosiy hujum boshlandi. Keyinroq Fransiya kuchlari ham jangga qo‘shilgan.

Sharqiy frontda Sovet Ittifoqiga qarshi mudofaa bilan band bo‘lgan nemislar kuchsizroq qarshilik ko‘rsatdi. Shunga qaramay hujumning birinchi kunidayoq Ittifoqchilar 10 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi.

Kerakli texnika va qo‘shinlarni olib kelish uchun ularga yirik port kerak edi. Shu maqsadda Sherbur dengiz porti uchun janglar boshlandi va u iyun oxirida qo‘lga kiritildi. Bu port Ittifoqchilar qo‘shinlarining Fransiyaga katta oqim bilan kirishiga imkon berdi. Ular endi Fransiya bo‘ylab jang qilishar, nemis qo‘shinlari esa ortga chekinardi. 

Nemislar qo‘shimcha kuch olgan bo‘lsa-da, Ittifoqchilarning nihoyatda ko‘pligi va havodagi ustunligi ularni siquvga oldi.

Shundan keyin Germaniya Sharqda SSSR, G‘arbda AQSh, Britaniya va Fransiya bilan bir vaqtning o‘zida urushishga majbur bo‘ldi. Har ikki frontda ham ular mag‘lubiyatga uchrab, asta-sekin Germaniya tomon siqib borilaverdi.

 

Germaniyaning zaif tomonlari

Ikkinchi jahon urushida Germaniyaning to‘rtta asosiy zaif tomoni bor edi: 

  • birinchisi, harbiy iqtisodiyotning samarali ishlamagani;
  • ikkinchisi, ta’minot liniyalarining zaifligi;
  • uchinchisi, ikki frontda urush boshlangani;
  • to‘rtinchisi, kuchli rahbariyatning yetishmasligi.

Sovet Ittifoqiga bostirib kirgach, nemis armiyasi tezkor hujum taktikasidan foydalanib, Rossiya hududining ichkarisiga jadal ilgariladi. 

Biroq ular tayangan ta’minot zanjiri sekin harakatlanar va haddan tashqari cho‘zilib ketgandi. Ayniqsa, qish paytida mazkur zaif ta’minot liniyalari Germaniyaning oldinga siljishini qiyinlashtirdi va frontda tanqislikka olib keldi. 

Germaniyaning harbiy iqtisodiyoti ham turli bosqinlar uchun zarur mahsulotlarni yetkaza  olmadi. Urush davomida Germaniya keskin yoqilg‘i, ko‘mir va oziq-ovqat taxchilligiga uchradi.

1942-yilda Albert Shpeer Qurollanish va harbiy ishlab chiqarish vaziri lavozimiga tayinlanganidan keyin Germaniya butun iqtisodiyotni urushga safarbar qilishga o‘tdi. 

The Candor and Lies of Nazi Officer Albert Speer

1944-yilga kelib, Germaniyada Yalpi ichki mahsulotning 75 foizi urushga yo‘naltirilgan bo‘lsa, Sovet Ittifoqida bu ko‘rsatkich 60 foiz, Buyuk Britaniyada esa 55 foizni tashkil etgan. 

Ittifoqchilarning D-Day hujumi ortidan Germaniya qo‘shinlarini ikkiga bo‘lib, Sharqiy va G‘arbiy frontlarda mudofaa urushini olib bordi. Endi ular armiyaning butun kuchini bitta frontda to‘liq ishga sola olmasdi. 

Bundan tashqari, urushning so‘nggi bosqichlarida natsistlar Germaniyasida kuchli rahbariyat yetishmadi. Nemis xalqining ishonchini yo‘qotib, omma oldida kam ko‘rina boshlagan Gitler Berlin shahridagi Reyx kanselyariyasida joylashgan bunkerga yashirinib olgandi. 1945-yil 30-aprelda esa u o‘z joniga qasd qildi.

 

SSSRning kuchli tomonlari

Sovet Ittifoqining asosiy ustunligi – juda katta safarbarlik salohiyatiga egaligi edi. Nemis qo‘shinlari ancha tajribali va yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lishiga qaramay, ularga qarshi turish uchun doimiy ravishda yangi askarlar yetkazib berildi. Shuningdek, Sovetlar urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ayollarni ham deyarli barcha sohalarga keng miqyosda safarbar qildi.

The Women of the Red Army & Their Role in WWII | TheCollector

Bundan tashqari, urush davomida Sovet qo‘shinlari Lend-Liz dasturi tufayli jangovar harakatlar uchun yaxshiroq jihozlandi. 

Umumiy hisobda, Lend-Liz dasturi doirasida Buyuk Britaniya 31 milliard dollar, Sovet Ittifoqi esa 11 milliard dollar miqdorida yordam oldi. 

 

Xulos shuki, fashistlarni bir emas, turli davlatlarning birdamligi yengdi.

The Fall of Berlin at the End of the Second World War | War History Online

SSSR uning asosiy armiyasini Sharqda holdan toydirdi. AQSh va Buyuk Britaniya esa bu qarshilikni yangi frontlar bilan yanada og‘irlashtirdi. 

Germaniya mag‘lubiyatining ichki omillarga bog‘liq yana bir jihati – tez g‘alaba strategiyasi asosida boshlangan hujum uzoq davomli urushga aylanib ketganidir.

Ular hududlarni egallashdi, frontlarni kengaytirishdi, ammo maqsadga o‘z vaqtida erishilmadi. Pirovardida kuchlar bo‘lindi, zaruriy resurslar yetishmay qoldi.

Oxir-oqibat dushmanlarining birgalikdagi hujumiga qarshi turolmagan Germaniya mag‘lub bo‘ldi.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →