Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.
Madaniy
29.10.2026, 19:35
Ulashish:

Ikkinçi jahon uruşida minglab amerikalik va britaniyalik harbiylarni asir olgan Yaponiya ularni heç qanday belgisiz oddiy kemalarda taşigan. Natijada, uşbu kemalarga hujum qilgan Ittifoqçilar bortda öz harbiylari borligini bilişmagan. Bu kemalar tarixda «dözax kemalari» nomi bilan qoldi.
Orol davlati bölgan Yaponiya uruşda dengiz transportiga jiddiy qaram edi. Tinç okeanidagi hududlar kengaygani sari yuk, qurol-yaroğ va duşman harbiylarini taşiş ehtiyoji ortdi. Natijada hukumat xususiy mulkdorlarning savdo kemalarini tortib ola boşlagan.

Nega «dözax kemalari»?
Yapon harbiylari asirlarni kemaning pastki qismidagi qoronği va vahimali yuk bölimlarida taşişgan. U yerda havo yetişmas, tiqilinçda qimirlay olmaydigan odamlar ba’zan böğilib ölişardi. Hojat çiqariş va polni tozalaşga heç qanday şaroit yöq edi.
Haftalab davom etadigan safarda oziq-ovqat va suv tanqis bölib, jazirama issiqda köpçilik suvsizlikdan jon berardi.
Bundan taşqari, ekipaj a’zolari asirlarni şafqatsizlarça kaltaklar va qatl etardi. Ammo asirlarning eng katta qörquvi – öz safdoşlarining adaşib hujum qilişidan edi. Çunki kemalarda harbiy asirlar borligini körsatuvçi heç qanday belgi bölmagan.
1942–1945-yillarda Yaponiya foydalangan 56 ta “dözax kemasi”dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Kema çökayotgan paytda esa yapon ekipaji asirlar qoçib qutulmasligi uçun narvonlarni kesib, çiqiş eşiklarini tambalab taşlardi.
Uruş davomida 126 mingdan ortiq asir uşbu “jahannam” azobini boşdan keçirgan. Hozir eng maşhur ikkita “dözax kemasi”ga oid fojiani körib çiqamiz.
Lisbon Maru fojiasi
1942-yil 27-sentyabrda Lisbon Maru kemasi Gonkongdan Yaponiyaga yöl oldi. Bortda Gonkong mudofaasi vaqtida asir tuşgan 1 816 nafar britaniyalik va amerikalik harbiy bor edi.
1-oktyabr kuni Xitoy qirğoqlari yaqinida AQŞning USS Grouper suvosti kemasi unga torpeda zarbasi berdi. Tabiiyki, amerikaliklar bortda öz harbiylari borligini bilişmagan.

Kema darhol çökmadi. Yapon harbiylari esa boşqa kemalarga evakuatsiya qilindi, ammo asirlar yuk bölimlarida qamalganiça qolaverdi. Lyuklar taşqaridan mahkamlab qöyilgandi.
2-oktyabr kuni kema çöka boşlagaç, ayrim asirlar lyukni oçib palubaga çiqişga muvaffaq böldi. Biroq yapon soqçilar ularni öqqa tutişdi. Kemaning orqa qismi suvga tölib, yuzlab asirlar taşqariga çiqolmay çökib ketdi.
Keyinroq falokatni payqab qolgan yaqin orollardagi xitoy baliqçilari 384 asirni qutqarib, qirğoqqa olib çiqqan. Biroq tez orada Yapon qöşinlari orollarga kelib, omon qolganlarning aksariyatini qayta asir oldi.

Baliqçilar keyinçalik ayrim asirlarning yapon qöşinlaridan yaşirinişiga yordam berdi. Uç nafar britaniyalik şu tariqa qoçib qolişga erişgan.
Lisbon Maru halokati oqibatida 800 dan ortiq harbiy asir halok bölgan.
Oryoku Maru dahşati
1944-yil 13-dekabrda Oryoku Maru kemasi Yaponiya bosib olgan Filippinning Manila şahridan yölga çiqqanida, uning yuk bölimlarida kamida 1 600 nafar harbiy asir bölgan.
Kema bortida yana 2 000 nafar yapon fuqarosi va harbiylari ham bölib, ular kemaning yölovçilarga möljallangan joylarini egallagan edilar.

Oryoku Maru kemasining yukxonasida Amerikalik harbiy Jon M. Jeykobs ismli asir ham bölib, u holatni şaxsan boşdan keçirib, vaziyatga guvoh bölganlardan. Jeykobs xotiralarida şunday yozadi:
“Boşqa xonalarda asirlar şu qadar tiqilinç ediki, hatto nafas olişga havo yetmasdi. Ular aqldan ozar darajaga kelib qolişgan, bir-birlarining qöl-oyoqlarini jarohatlaşar, tişlab, qonini sörişardi. Ölib ketmaslik uçun köplar narvonga çiqişga majbur bölar, soqçilar esa ularni darhol otib taşlardi. Bir keçada 20-30 nafar asir havo yetişmasligidan yoki boşqalar tomonidan öldirildi”.
14-dekabr kuni AQŞning “USS Xornet” aviataşuvçi kemasidan uçirilgan bombardimonçi samolyot Oryoku Maru kemasini körib qolib, unga hujum qildi. Biroq hujum yakunlanmagani uçun samolyot ikki soatdan keyin yana qaytdi.
Yapon harbiy ekipaji kema va uning bortidagi qariyb 2 000 nafar yapon fuqarosi va harbiy xizmatçilarini himoya qilişga urinadi, biroq kemaning halokati muqarrar edi.
Asirlar esa qoronğida bir-biriga urilar, sirpanib ketib, najas ustiga yiqilar, bemorlar va kuçdan qolganlar esa oyoq ostida toptalardi.
Omon qolişga urinayotganlar orasida vahşiyona va qonli olişuvlar avj olgan, yuk bölimlaridagi issiqlik esa taxminan 43 daraja selsiyga yetgandi.
AQŞning «Xornet» va «Kabot» aviataşuvçi kemalaridan yana samolyotlar uçib keldi. Ular palubani öqqa tutib, 227 kilogrammlik bomba va bir neçta raketa yoğdirdi, natijada kema parçalanib ketdi.
Yaponlar asirlarni ortiq tutib turolmadi va harbiy asirlar yukxona bölimlaridan yonayotgan palubaga qoçib çiqişdi. Suvga sakrab tuşişga muvaffaq bölganlar qirğoqqa yetib borişlaridan oldin yoki qirğoqqa çiqişlari bilanoq qölga olindi.
Qölga tuşganlarning aksariyati boşqa dözax kemalari – “Enoura Maru” va “Brazil Maru”ga ötkazilgan. Biroq köp ötmay Enoura Maru ham AQŞ hujumiga uçrab, Yaponiyaga yetib kelolmaydi.
Şu tariqa dastlab “Oryoku Maru”ga çiqarilgan 1 600 dan ortiq harbiy asirdan ba’zi manbalarga köra 500, boşqalariga köra esa 600 nafarigina közlangan Yaponiyadagi manzilga “Brazil Maru” orqali yetib bordi.
Urushdan keyin
Umuman, Yapon «dözax kemalari»da taşilgan Ittifoqçi harbiy asirlarning har uç nafaridan biri halok bölgan. Taqqoslaş uçun, Ikkinçi jahon uruşi davrida Yaponiya harbiy asirlari orasidagi ölim darajasi 27 foizni taşkil etgan. Germaniya va Italiya harbiy asirlari orasida esa bu körsatkiç 4 foiz bölgan.
«Dözax kemalari»dagi asirlar ölimlarining aksariyatiga esa Ittifoqçilar qilgan hujumlar sabab böldi.
Uruşdan ança yillar ötgandan keyin, 1995-yil 15-avgustda Yaponiya boş vazir Tomiiçi Murayama Yaponiya mustamlakaçilik va tajovuz siyosati uçun “çuqur puşaymonlik” va uzr bildirgan.
2010-yil 13-sentyabrda esa taşqi işlar vaziri Katsuya Okada harbiy asirlarning yapon armiyasi qölida körgan noinsoniy munosabati uçun rasman keçirim söradi.
Mavzuga oid yangiliklar

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13

Xirosimaga atom bombasi taşlanganiga 81 yil töldi
Jahon
06.08.2026, 14:01

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta
Jahon
21.07.2026, 13:23

Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar
Jahon
22.06.2026, 15:18
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
