Xirosimaga atom bombasi taşlanganiga 81 yil töldi
Atom bombasidan omon qolganlar xalqaro hamjamiyat, jumladan, Yaponiya tomonidan yadro quroliga ega bölişga intilish kuçayib borayotganidan xavotirda.
Jahon
06.08.2026, 14:01
Ulashish:

6-avgust kuni Xirosima şahri AQŞ tomonidan bombasi taşlanganining 81 yilligini xotirladi. Bu haqda Euronews yozdi.
Şahar meri yirik davlatlarni uruşlar olib borayotgani uçun tanqid qilib, ularni yadroviy qurolga egalikni tiyib turiş vositasi sifatida oqlaşni töxtatişga çaqirdi.
“Yadro qurolining noinsoniyligiga köz yumiş va öz farovonligi yölida kuç işlatişni oqlaş, oxir-oqibat yana bir Xirosima yoki Nagasaki fojiasiga öxşaş şafqatsiz qasos oliş girdobiga tortadi. Afsuski, köplab siyosiy yetakçilar hamon yadroviy tiyib turişni maqbul yondaşuv deb, zöravonlikni qonuniylaştirmoqda. Bu esa yadro qurolidan xoli dunyo orzusini bizdan yanada uzoqlaştiradi”, — dedi Kazumi Matsui.
Şuningdek, u har bir fuqaroni ötmişdan saboq olib, amaliy harakat qilişga da’vat etdi.
Marosimda 50 ming kişi, jumladan, 120 ga yaqin mamlakat va mintaqa vakillari, şu qatorda AQŞ va Eron ham iştirok etişi rejalaştirilgan.
Ertalab soat 8:15 da — AQŞning B-29 bombardimonçi samolyoti şaharga bomba taşlagan vaqtda — tinçlik qönğiroği çalinib, bir daqiqalik sukut saqlandi.
Yaponiya yadroviy siyosatini özgartiradimi?
Boş vazir Sanae Takaiçi BMTning yadro qurollari tarqalişining oldini oliş töğrisidagi şartnomasi doirasida yadro quroli heç qaçon qöllanmaydigan dunyoga erişiş uçun “realistik yondaşuv” qöllaşini bildirdi.
Bu yilgi marosim Sanae Takaiçi boşçiligidagi hukumat Yaponiyaning yadroviy qurolga ega bölmaslik böyiça uç tamoyilini yumşatişi mumkinligi haqidagi taxminlar kuçayayotgan bir paytda ötkazilmoqda.
Takaiçi mazkur tamoyillarni qayta körib çiqiş tarafdori hisoblanadi. Xususan, u uçinçi tamoyil — yadro qurollarining Yaponiya hududiga olib kirilişiga yöl qöymaslik qoidasini bekor qiliş imkoniyati muhokama qilinişi zarurligini bildirgan.
Uning sözlariga köra, Yaponiya uruşdan keyingi uçta yadroviy tamoyilini saqlab kelmoqda, biroq kelajakda ham şu siyosatga sodiq qoliş majburiyatini olmagan.
Atom bombasidan tirik qolganlar xalqaro hamjamiyat, jumladan, Yaponiya tomonidan ham tiyib turiş vositasi sifatida yadro quroliga ega böliş ğoyasini qöllab-quvvatlaş ortib borayotganidan norozi.
Yaponiya AQŞning yadroviy himoyasi ostida bölib, Vaşingtondan bu majburiyatga sodiqlik va yanada kuçliroq himoyani qayta-qayta tasdiqlaşini sörab keladi.
2-jahon uruşi yakuni
1945-yil 6-avgustda Xirosimaning bombardimon qilinişi 140 000 kişining umriga zomin böldi. Uç kundan söng Nagasakiga taşlangan ikkinçi bomba esa 70 000 kişini halok qildi. 15-avgust kuni Yaponiya taslim böldi va bu bilan Ikkinçi jahon uruşi hamda mamlakatning Osiyodagi qariyb yarim asrlik tajovuzkorligiga nuqta qöyildi.
Hozirda tirik qolganlar soni 91 105 nafarga kamaygan, bu — dastlabki raqamning taxminan törtdan bir qismi. Ularning örtaça yoşi 86 dan oşgan. Omon qolganlar xotiralar sönib borayotganidan xavotirda.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş esa öz yozma bayonotida yadro qurolining dahşati – Xirosima bergan saboqlardan faqat bittasi ekanini, bu kabi qurollarni qöllaş yoki u bilan tahdid qilişni tasavvur ham qilib bölmaydigan dunyoni barpo etiş zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid yangiliklar

Putin NATO bilan qarama-qarshilikda hech qachon yutmasligini biladi – Mark Ryutte
Siyosat
01.10.2026, 16:09

Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar
Jahon
22.06.2026, 15:18

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

“Yadroviy qurol jahon urushiga qarshi yagona kafolatdir” — Kreml
Siyosat
24.06.2026, 15:57
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
