Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar
Bundan roppa-rosa 85-yil oldin, 1941-yilning 22-iyunida Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirish bo‘yicha "Barbarossa" operatsiyasini boshlagan edi.
Jahon
22.06.2026, 15:18
Ulashish:

Insoniyat tarixidagi eng qonli va eng vayronkor urush bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi 40 milliondan 50 milliongacha odamning umriga zomin bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi yakunlariga baho berishda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi bahslar hanuz davom etmoqda.
Urushda g‘oliblar safida bo‘lgan 4 ta asosiy davlatning (SSSR, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya) ko‘rgan talafotlari va erishgan yutuqlari turlicha.
Quyida asosiy g‘olib davlatlarning yo‘qotishlari va yutuqlari qisqacha tahlil qilinadi:
1. SSSR
Yo‘qotishlar:
Eng katta talafotni SSSR ko‘rgan. Jami 26,6 million kishi qurbon bo‘lgan (shundan qariyb 12 millioni harbiylar). Mamlakat g‘arbiy qismi butunlay vayron bo‘lib, jami boyliklarining 30 foizi yo‘qotilgan. Bunga Stalinning «Molotov-Ribbentrop» paktiga ishonib, Germaniya hujumiga tayyorgarlik ko‘rmagani hamda 1937 yildan boshlab ko‘plab iqtidorli zobitlarni qatag‘on qilgani sabab bo‘lgan deb hisoblanadi.
Qo‘lga kiritganlari:
Germaniya hujumigacha SSSR Boltiqbo‘yi, Finlyandiyaning bir qismi, g‘arbiy Ukraina va Belorussiyani egallashga ulgurgan edi. Urushdan keyin Sharqiy Yevropa, shuningdek, Osiyodagi bir qator davlatlar (Mo‘g‘uliston, Shimoliy Koreya) SSSR ta’sir doirasiga tushib, sotsialistik tuzum o‘rnatildi.
Uzoq Sharqda Kuril orollari olingan bo‘lsa, Germaniyadan ulkan miqdordagi zavod-fabrikalar tovon tariqasida ko‘chirib kelingan. SSSR jahonning ikkinchi qutbiga va qudratli davlatiga aylandi.
2. Fransiya
Yo‘qotishlar:
Fransiya 1940-yilda atigi 3 oy ichida nemislar tomonidan bosib olingan va 4 yil okkupatsiyada qolgan. Urush davomida 253 ming askar va 412 ming tinch aholi halok bo‘lgan. Qisqa muddatli janglar sababli vayronagarchiliklar nisbatan kamroq bo‘lgan.
Qo‘lga kiritganlari:
Germaniyaning Afrikadagi ba’zi mustamlakalari va ayrim chegaradosh hududlarga ega bo‘ldi. Eng asosiy yutug‘i — BMT Xavfsizlik Kengashida g‘olib davlat sifatida doimiy a’zolik maqomini oldi.
3. Buyuk Britaniya
Yo‘qotishlar:
Buyuk Britaniya urushda 286 ming harbiy va 92 ming tinch aholisidan ayrildi. Harbiy harakatlar asosan havo orqali (London bombardimoni) va Yevropa materigida olib borildi. Britaniya BMT doimiy a’zosiga aylangan bo‘lsa-da, aslida juda ko‘p narsa yo‘qotdi.
O‘zining dunyo miqyosidagi gegemonligini AQShga boy berdi. Ko‘plab mustamlakalaridan ayrildi va eng asosiysi, funt sterling jahon valyutasi maqomini Amerika dollariga topshirishga majbur bo‘ldi.
Buyuk Britaniyaning aytishga arzigulik qo‘lga kiritgan narsalari yo‘q.
4. AQSh
Yo‘qotishlar:
Qurbonlar soni nisbatan kam: 405 ming atrofida harbiy (asosan Yaponiya bilan janglarda) va 12 ming tinch aholi. Mamlakat ichkarisida hech qanday iqtisodiy yoki infratuzilmaviy vayronagarchilik bo‘lmagan.
Qo‘lga kiritganlari:
Ikkinchi jahon urushidan mutlaq g‘olib va foyda bilan chiqqan davlat — AQSh. Amerika kompaniyalari (hatto Germaniyaga yoqilg‘i va avtomobillar yetkazib berish orqali) butun urush davomida uzluksiz savdo qildi va bu ularni 1930-yillardagi «Buyuk tushkunlik» (krizis) botqog‘idan olib chiqdi.
Natijada:
- AQSh dollari dunyo valyutasiga aylandi;
- Dunyoning turli burchaklarida, jumladan, Yevropa va Osiyoda yuzlab harbiy bazalar ochildi;
- G‘arbiy Germaniya va Yaponiya kabi davlatlar butunlay AQSh ta’siriga tushdi;
- AQSh dunyoning birinchi raqamli davlatiga va iqtisodiyotiga aylandi.
“Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi” degan gap 26,6 million odamidan ayrilgan SSSR uchun to‘g‘ri kelishi mumkindir, ammo AQShga emas. Amerika bu urush ortidan har tomonlama yuksalib, bugungi kundagi jahon yetakchiligining tamal toshini qo‘ydi.
Mag‘lubiyatga uchragan mamlakatlardagi raqamlar ham dahshatli:
- Germaniyadan 5 333 000 askar va 840 000–2 800 000 tinch aholi;
- Italiyadan 301 400 askar va 145 100 tinch aholi;
- Yaponiyadan 2 120 000 askar va 580 000 tinch aholi qurbon bo‘lgan.
O'zbekiston
O‘sha paytda O'zbekiston aholisi 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan. Ulardan qariyb 2 million nafari urushda ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.
Atom qurolining oqibatlari
Urushning oxirgi eng fojiali nuqtasi 1945-yil 6-avgustda yuz berdi. Yaponiyaning Xirosima shahrida portlatilgan yadroviy qurilma dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 80 000 kishining umriga zomin bo‘ldi.
Radiatsiyaviy zaharlanish va boshqa jarohatlar oqibatida qurbonlarning umumiy soni taxminan 90 000 dan 140 000 gacha yetdi. Oradan uch kun o‘tib Nagasakiga tashlangan ikkinchi atom bombasi esa 40 000 ga yaqin odamni halok qildi.
Vayronagarchiliklar
Urushni olib borish uchun umumiy 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflandi.
Buyuk Britaniya va Polshadagi jami uylarning qariyb uchdan bir qismi, shuningdek, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Yugoslaviyadagi uylarning beshdan bir qismi shikastlandi yoki vayron qilindi.
Germaniyaning 49 ta eng yirik shahrida uylarning deyarli 40 foizi jiddiy shikastlandi yoki butunlay yakson bo‘ldi. Sovet Ittifoqining g‘arbiy qismida esa vayronagarchilik ko‘lami bundan-da kattaroqdir.
Jahon
22.06.2026, 15:18
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xirosimaga atom bombasi taşlanganiga 81 yil töldi
Jahon
06.08.2026, 14:01

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
