Mahalliychilik qilish navbati amaldorlarga yetdimi?

Bundan biroz muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni haqorat qilgan bloger va bir necha fuqarolarning videolari tarqalgan edi. Ularga nisbatan turli yengil jazolar tayinlandi va baʼzilari jamoatchilikdan uzr ham soʻradi. Fuqarolar oʻrtasida bunday holatlar ancha kamaygach, endi davlat idoralarida ishlaydigan davlat vakillari ushbu holatlarni davom ettirmoqdami?! 

Ulashish:

Mahalliychilik qilish navbati amaldorlarga yetdimi?

Mahalliychilik qilish navbati amaldorlarga yetdimi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Milliy tiklanish demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi raisi Otabek Jiyanbayev deputatlikka faqat toshkentlik, Toshkent shevasida toza gapira oladigan nomzodlarni tasdiqlash kerakligi va viloaytliklarni “isqirt” deb haqorat qilgani aytilgan audiosi tarqaldi. Unda deputatlikka nomzodlarni tanlashda "mafkura Toshkentniki boʻlsin, (boshqa) shevada gapirganlarni yaqinlashtirma, buxorolik boʻlmasin, buxoroliklar isqirt boʻladi", deb koʻrsatma bergan

Shuningdek, Otabek Jiyanbayev oʻz mansab vakolatini suisteʼmol qilib, pora berishni istamagan deputatlarga hayfsan chiqarishini taʼkidlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, Otabek Jiyanbayev va hokimlik xoʻjalik boʻlimi boshligʻi har bir deputatlik oʻrnini 3000-5000 AQSh dollariga pullamoqda. 

Toshkent shahar kengashi raisi Otabek Jiyanbayevning audiosi tarqalgach "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov ushbu holatga nisbatan munosabat bildirdi

"Qonun ishlamagan joyda gʻoya bir tiyin... Tarmoqlarda "Milliy tiklanish" partiyasining Toshkent shahar boʻlimi lideri ekani aytilayotgan shaxsning mahalliychilikka oid audiosi tarqaldi. Odam hatto eshitishga-da uyaladigan bunday jirkanch soʻzlar, afsuski, isteʼmolga allaqachon kirib boʻlgan, endi ayrim rasmiylar tiliga ham oʻtdi. 

Chunki bunda mahalliychilik va shovinizm illati ildizlari bizda allaqachon bor edi. Qonun ijrosi masalasida impotensiya yuzaga kelgach, illat darrov oʻzini koʻrsatdi (15 sutkaga kirib chiqqan qizlarni eslang)", deydi u. 

Uning aytishicha, hozirda mahalliychilik boʻyicha qonunni kuchaytirishga, bu insidentni ham shovinizim, separatizm va irqiy kamsitish qatoriga qoʻshish va Kodekslarda javobgarlik belgilashga ehtiyoj bor. 

"Milliy tiklanish"ning mahalliychi mulozimiga keladigan boʻlsak, uni javobgarlikka tortish tugul, uning harakatlariga javob ham berishmasa kerak. Chunki rasmiylarning javob berish imkoniyati allaqachon barbod boʻldi va oʻzlaridan betimning qattiqligi "jonimning huzuri" rejimini yoqib olishgan. 

Biz bugun qonunlar ijrosi falajligiga toʻqnashdik va bunday sharoitda islohot-u gʻoyalar haqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Qonun jamiyatning oʻziga xos immuniteti ekan, bugungi partiyachining separatizm tuygʻusiga erk berishini shu nuqtadan izlamoq kerak”, degan fikrini yakunlagan. 

Muallif: Mashhura Mansurovna

So‘nggi yangiliklar

#Inbazar_boycott: Xodimlari zoʻravonlikka uchragan "Inbazar"ga boykot soʻralmoqda

#Inbazar_boycott: Xodimlari zoʻravonlikka uchragan "Inbazar"ga boykot soʻralmoqda

Joriy yilning 14 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi "Inbazar" savdo markazining Sergeli tumanidagi filialida ishlovchi xodimi boshqa bir xodim tomonidan "samasud" qilingani tasvirlangan video tarqaldi. Bu esa mijozlardan tortib, jamoatchilik faollarigacha boʻlgan qatlamning savdo markaziga bo'lgan e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Hatto #Inbazar_boycott heshtegi ostida uni yopilishini talab qilishdi. Ammo shunday vaziyatda ham avval savdo markazining yonini olib, soʻng esa tarafkashlik qilganiga pushaymon boʻlganlar ham yoʻq emas. Bugun PARADIGMA.UZ yuqoridagi mashmashaning kelib chiqishi, nega bu darajada ommalashganining sababini eʼtiboringizga havola etadi.

Oʻzbekiston

16.09.2024, 16:22

Chegaradan 400 dona tirik toshbaqani olib oʻtmoqchi boʻlganlar ushlandi

Chegaradan 400 dona tirik toshbaqani olib oʻtmoqchi boʻlganlar ushlandi

"Farhod" chegara bojxona postidan 400 dona tirik toshbaqani olib chiqmoqchi boʻlgan qonunbuzarlar qoʻlga tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

16.09.2024, 14:54

Hamshiralar akademiyasiga yangi rektor keldi

Hamshiralar akademiyasiga yangi rektor keldi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Nosirova Raʼno Rahimovna Hamshiralar akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

16.09.2024, 14:28

Ertaga ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

Ertaga ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

Ertaga, 17 sentabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati kechasi 9-19 daraja oraligʻida, kunduzi esa 12-32 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

16.09.2024, 14:13

Boshni yuvib, koʻchaga chiqish sogʻlik uchun xavfli — SSV mutaxassisi

Boshni yuvib, koʻchaga chiqish sogʻlik uchun xavfli — SSV mutaxassisi

Kuz kelib, havo harorati asta-sekin pasaymoqda. Baʼzi insonlar qanday sharoitda boʻlmasin, tongda iliq vanna qabul qilishni xush koʻradi. Ayrimlar esa ertalab boshini yuvib, ishga yoki oʻqishga borishga odatlangan. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri? Boshni quritmay koʻchaga chiqish qanday oqibatlarga olib keladi? Ushbu savollarga oliy toifali shifokor Sanjar Mavlonov batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

16.09.2024, 12:06

Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan nimalarni kelishib oldi?

Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan nimalarni kelishib oldi?

Kecha, 15 sentabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Oʻzbekistonga yetib keldi. Kansler shu kunning oʻzidayoq mamlakat Prezidenti Mirziyoyev bilan koʻrishib, bir qator masalalarda muzokaralarni olib bordi. Xoʻsh, amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan kansler Olaf Shols mamlakat rahbari bilan nimalarni kelishib oldi? Quyidagi maqola orqali batafsil bilib oling.

Siyosat

16.09.2024, 10:26

Maymunchechakka qarshi vaksina ishlab chiqildi

Maymunchechakka qarshi vaksina ishlab chiqarildi

Daniyaning "Bavarian Nordic A/S" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MVA-BN vaksinasi maymunchechakka qarshi birinchi emlash vositasi boʻldi. 

Fan-texnologiya

14.09.2024, 12:03

Fargʻonada avtobus yonib ketdi

Fargʻonada avtobus yonib ketdi

Fargʻonada metan "заправка"da turgan yoʻlovchi tashuvchi avtobus yonib ketdi. Yongʻin oqibatida jarohatlangan qayd etilmagan. 

Oʻzbekiston

14.09.2024, 11:30

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Davlat xavfsizligi xizmati Rossiya, Tojikiston va Qirgʻiziston Respublikalaridan olib kelingan narkotik moddalarning aylanmasiga chek qoʻydi.  

Oʻzbekiston

14.09.2024, 10:55

Dam olish kuni havo harorati necha darajagacha koʻtariladi?

Dam olish kuni havo harorati necha darajagacha koʻtariladi?

Ertaga, 15 sentabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati kechasi 7-17 daraja, kunduz kuni esa 18-32 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi. 

Oʻzbekiston

14.09.2024, 10:21

"Omonqoʻton"da tabiatga jami 1 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

"Omonqoʻton"da tabiatga jami 1 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot kotibining Telegram-kanalida 2-3 avgust kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Omonqoʻton" milliy tabiat bogʻiga bir necha nomaʼlum shaxs bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat vazirlik tomonidan oʻrganib chiqildi. 

Oʻzbekiston

14.09.2024, 09:37

2030 yilda Qozogʻistonda urush boʻlishi mumkin — Yermurat Bapi

2030 yilda Qozogʻistonda urush boʻlishi mumkin — Yermurat Bapi

Qozogʻiston Parlament deputati Yermurat Bapi Milliy iqtisodiyot vazirligining 2025-2027 yillarga moʻljallangan byudjet loyihasiga doir majlisda soʻzga chiqib, mamlakatda 2030 yilga borib urush boʻlishi mumkinligini aytdi. Bu haqda "Orda.kz" nashri maʼlum qildi. 

Jahon

13.09.2024, 17:44