Maymunchechak virusi: Kelib chiqishi, tarqalishi va Oʻzbekistonga taʼsiri

Dunyo davlatlari ikkinchi virusdan xavotirda. Kun sayin dunyoning turli mintaqalarida paydo boʻlayotgan Maymunchechak virusi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini favqulodda holat eʼlon qilishga majbur qildi. PARADIGMA.UZ ushbu virusning kelib chiqishi, tarqalishi hamda Oʻzbekistonga taʼsiri haqida faktlarni eʼlon qiladi. 

Jahon

19.08.2024, 17:46

Ulashish:

Maymunchechak virusi: Kelib chiqishi, tarqalishi va Oʻzbekistonga taʼsiri

Maymunchechak virusi: Kelib chiqishi, tarqalishi va Oʻzbekistonga taʼsiri

Maymunchechak virusi (Monkeypox virus) — bu zoonotik, yaʼni hayvondan insonga yuqadigan virusli kasallik. Virus poxviruslar oilasiga mansub boʻlib, insonlarda uchraydigan chechak virusiga oʻxshashdir. Ammo uning belgilari yengilroq kechadi. 

Virusning kelib chiqishi va tarixi 

Maymunchechak virusi dastlab Gʻarbiy va Markaziy Afrikadagi oʻrmon hududlarida keng tarqalgan. Uning asosiy tashuvchilari maymunlar va boshqa yovvoyi hayvonlar, jumladan, kemiruvchilar hisoblanadi. Virus hayvonlardan insonlarga toʻgʻridan toʻgʻri aloqa yoki infeksiyalangan hayvonlarning tana suyuqliklari bilan ifloslangan muhit orqali yuqadi. 

Insonlarda birinchi marta qayd etilgan maymunchechak holati Kongo Demokratik Respublikasida 1970 yilda bir yoshli bolada aniqlangan. Ushbu holatdan soʻng, virus Markaziy Afrika va Gʻarbiy Afrikaning boshqa davlatlarida ham qayd etilgan. 

Maymunchechak virusining tarqalishi 

Virus asosan Afrika davlatlarida, ayniqsa Markaziy va Gʻarbiy Afrika hududlarida keng tarqalgan. Ushbu davlatlarga Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi kiradi. Yevropa va Shimoliy Amerikada esa virusning yangi oʻchoqlari kuzatilgan, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Ispaniyada. 

Hatto Yevropada va Shimoliy Amerikada maymunchechak virusining paydo boʻlishi bilan bogʻliq bir qator hodisalar qayd etilgan. Ushbu davlatlar xalqaro sayohatlar va tibbiyot tizimlarining oʻzaro bogʻliqligi sababli virusning tez tarqalishiga olib kelgan. 

2022 yilning may oyida Yevropa va Shimoliy Amerikada virus bilan bogʻliq bir qancha holatlar paydo boʻldi. Bu jarayon epidemiya holatiga olib bormasligi uchun xalqaro hamjamiyatni chora-tadbirlar koʻrishga undadi. 

2023 yil sentabrida esa Afrikada maymunchechakning yangi epidemiyasi davom etayotgani maʼlum boʻldi. Virusning tarqalishi oqibatida qitʼada 13,7 ming holat qayd etilgan, shundan 456 kishi vafot etgan. 

Vatani Afrika boʻlgan maymunchechak virusi soʻnggi haftada boshqa davlatlarda ham koʻrinish berdi. Joriy yilning 15 avgust kuni Shvetsiya hukumati mamlakatda maymunchechak virusini yuqtirish bilan kasallangani qayd etilgan fuqarolar borligini maʼlum qildi. Bu esa Afrikadan keyin birinchi marotaba ushbu davlatda kuzatildi. 

Shundan soʻng, u Pokistonga yetib keldi. Maʼlum boʻlishicha, davlatda bu virus 34 yoshli Birlashgan Arab Amirliklaridan kirib kelgan fuqaroda kuzatilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, maymunchechak yuqtirish holati Filippinda ham kuzatilgan.

Virusning tarqalish sabablari 

Maymunchechak virusining insonlar orasida tarqalishi bir necha omillar bilan bogʻliq. Asosiy tarqalish sabablari quyidagilar: 

— Infeksiyalangan hayvonlar bilan bevosita aloqa qilish; 
— Infeksiyalangan insonlar bilan jismoniy muloqot qilish (terida yoki shilliq pardalarda yaralar boʻlsa, yuqish xavfi yuqori); 
— Virus bilan ifloslangan muhitda muloqot qilish (masalan, gigiyena vositalari yoki kiyim-kechaklar orqali); 

Virus insondan insonga asosan nafas olish yoʻllari orqali yuqadi, ammo teri yoki infeksiyalangan shaxsning tana suyuqliklari bilan bevosita aloqa orqali ham yuqishi mumkin. 

Virusning Oʻzbekistonga taʼsiri 

Hozircha Oʻzbekistonda maymunchechak virusiga chalinish holatlari qayd etilmagan. Biroq, Oʻzbekistonga maymunchechak kasalligi kirib kelishiga tayyorgarlik choralari kuchaytirilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi maʼlum qildi. 

Shuningdek, qoʻmita tomonidan virusning Oʻzbekistonga kirib kelishini oldini olish uchun bir qator choralar koʻrilayotgani bildirildi. 

"Yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizish maqsadida shifo oʻrinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi. Oʻzbekiston chegaralarida nazorat choralari kuchaytirildi. Kasallikni aniqlash uchun test-diagnostika zaxirasi yaratish rejalashtirilgan. Kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda boʻlganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilangan", deyiladi qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan brifingda.

Jahon

19.08.2024, 17:46

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23