Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?
Jahon
20.10.2026, 16:40
Ulashish:

Tashkilotning mintaqaviy byurosi zo‘ravonlik oqibatida har besh daqiqada bir bola halok bo‘lishini ma’lum qildi.
Dunyo bo‘ylab har yili 1 milliardga yaqin bola zo‘ravonlikka uchraydi, har besh daqiqada ulardan biri vafot etadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Sharqiy O‘rta Yer dengizi mintaqaviy byurosiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zo‘ravonlikka duch keladi. Bu ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga uzoq muddat zarar yetkazishi mumkin.
“Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda. Bu o‘limlarning va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli yetkazadigan uzoq muddatli zararning oldini olish mumkin”, deya ta’kidladi mintaqaviy byuro.
Byuro Pokistonda 2026–2031-yillarga mo‘ljallangan, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha milliy strategiyaga e’tibor qaratdi. Strategiya mamlakatda yashovchi 120 million bolani himoya qilish va profilaktika choralarini kuchaytirishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, Pokistondagi bolalarning qariyb 80 foizi tarbiyada zo‘ravonlik usullariga duch keladi. Internetdan foydalanuvchi 12–17 yoshli har 16 nafar o‘smirdan biri raqamli texnologiyalar orqali ekspluatatsiya yoki shafqatsiz munosabatga uchraydi. Shuningdek, 8,6 million bola mehnatga jalb qilingan, besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning 57 foizdan ortig‘i esa fuqarolik holatini qayd etish organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan. Bu holat ularning zo‘ravonlikdan himoyalanishini qiyinlashtirishi va asosiy xizmatlardan foydalanishini cheklashi mumkin.
Milliy strategiyaning maqsadi har bir bolaning ijtimoiy yoki iqtisodiy holatidan qat’i nazar, profilaktika, himoya, tiklanish, jamiyatga qayta moslashish va adolatli tizimni mustahkamlashdan iborat.
“Pokiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini amalga oshirishda JSST yordamiga tayanishi mumkin”, dedi tashkilotning Pokistondagi vakili Lo Dapen.
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan bola qanday himoya qilinadi?
O‘zbekistonda bolaga nisbatan zo‘ravonlik holati yoki uning xavfi aniqlansa, bu haqda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli idoralarga murojaat qilish mumkin. Bola yoki uning qonuniy vakili ham yordam so‘rab murojaat qilish huquqiga ega.
Holat aniqlangach, “Inson” markazi ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bolaning vaziyatini o‘rganadi va uning hayoti hamda sog‘lig‘iga tahdid bor-yo‘qligini baholaydi. Xavf darajasiga qarab, bolani himoya qilish va unga zarur yordam ko‘rsatish choralari belgilanadi. Bunda tibbiy, psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam, zarur hollarda esa xavfsiz joyga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolaga himoya orderi ham berilishi mumkin. Uni ichki ishlar organlari xavfni baholash natijalariga ko‘ra rasmiylashtiradi. Himoya orderi 24 soat ichida berilib, 30 kungacha amal qiladi.
O‘zbekiston qonunchiligida jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikdan tashqari, ruhiy tazyiq, bolaga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va ta’qib qilish (bulling) kabi holatlarga ham e’tibor qaratilgan. Demak, bolani himoya qilish faqat unga jismoniy zarar yetkazilganidan keyin emas, balki zo‘ravonlik xavfi mavjud bo‘lgan vaziyatlarda ham choralar ko‘rishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Qonun bilan beshta kodeks va oltita qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. Hujjatda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.
Jahon
20.10.2026, 16:40
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Bolalarga nisbatan zo'ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi bo'yicha qonun loyihasi qabul qilindi
Oʻzbekiston
01.10.2026, 13:16

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
