Netanʼyahu Gʻazoliklarni Afrikaga koʻchirmoqchi
Isroil Gʻazo sektoridagi falastinliklarni Sharqiy Afrikadagi Janubiy Sudanga koʻchirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar qildi.
Jahon
15.08.2025, 15:32
Ulashish:

Nashrning yozishicha, Isroilning bu harakati 22 oylik hujum natijasida vayron boʻlgan hududidan aholini ommaviy koʻchirishning bir qismidir.
Isroilning Sudan bilan qilayotgan muzokaralaridan xabardor 6 kishi The Associated Pressʼga bu kelishuv haqiqatdan ham olib borayotganligini tasdiqlagan. Biroq muzokaralar hozirda qaysi bosqichda ekanligini aytishmagan. Agar mazkur reja amalga oshsa urush azobini va ocharchilikni boshidan kechirgan odamlarni koʻchirish kerak boʻladi va bu inson huquqlari bilan bogʻliq yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanʼyahu AQSh prezidenti Donald Trampning Gʻazo aholisining katta qismini koʻchirish gʻoyasini, oʻzi "ixtiyoriy migratsiya" deb atayotgan usul orqali amalga oshirmoqchi ekanini aytmoqda. Isroil boshqa Afrika davlatlariga ham xuddi shunday koʻchirish takliflarini bildirgan.
“Menimcha, hatto men bilgan urush qonunlariga koʻra ham, toʻgʻri yoʻl aholining ketishiga ruxsat berish, soʻngra u yerda qolgan dushmanga qarshi bor kuchingiz bilan kurashishdir”, — degan Netanʼyaxu Isroil televideniyesiga bergan intervyusida.
U intervyu davomida falastinliklarni Janubiy Sudanga koʻchirish boʻyicha umuman gapirmagan.
Falastinliklar, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va xalqaro hamjamiyatning koʻp qismi bu takliflarni xalqaro huquqni buzib, majburiy koʻchirish rejasi sifatida rad etmoqda.
Janubiy Sudan uchun bunday kelishuv Yaqin Sharqda deyarli raqibsiz harbiy kuchga aylangan Isroil bilan yaqinroq aloqalar oʻrnatishga yordam berishi mumkin. Bu, shuningdek, Gʻazo aholisini koʻchirish gʻoyasini fevral oyida ilgari surgan, ammo soʻnggi oylarda undan voz kechganga oʻxshagan Trampga yaqinlashish imkoniyati hamdir.
Janubiy Sudan Tashqi ishlar vazirligi oʻz bayonotida Isroil bilan falastinliklarni koʻchirish masalasida muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlarni butunlay asossiz ekanligini maʼlum qildi.
"Bu kabi daʼvolar hech qanday asosga ega emas va Janubiy Sudan Respublikasi hukumatining rasmiy pozitsiyasi yoki siyosatini aks ettirmaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
AQSh Davlat departamenti vakili esa xususiy diplomatik suhbatlar haqida izoh berishdan bosh tortmoqda.
Jahon
15.08.2025, 15:32
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi
Jahon
26.02.2026, 10:29

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan
Jahon
23.02.2026, 09:15

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09

Xitoy Afrikadan olib kiriladigan mahsulotlarga bojlarni bekor qiladi
Jahon
16.02.2026, 15:19

Gʻazo uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablagʻ ajratiladi
Jahon
16.02.2026, 09:10
Mashhur yangiliklar

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31
So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48
Mashhur yangiliklar

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31
