Noqonuniy qum-shagʻal qazib olganlardan bir guruhi qoʻlga tushdi
Respublikaning turli hududlaridan noqonuniy qum-shagʻal aralashmasini qazib olayotgan bir guruh qonunbuzarlar qoʻlga olindi.
Oʻzbekiston
12.09.2024, 17:04
Ulashish:

Noqonuniy qum-shagʻal qazib olganlardan bir guruhi qoʻlga tushdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevning oʻz Telegram-kanalida xabar qilishicha, Chirchiq daryosining Quyichirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismidan bir guruh shaxslar noqonuniy ravishda qum-shagʻal qazib olish bilan shugʻullanib kelganligi maʼlum boʻldi.

"Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yer maydonining ham bir qismi yoʻq qilingan. Oʻrganishda ushbu noqonuniy harakatlar natijasida tabiatga 441 mlrd 299 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazilganligi aniqlandi", deya qayd etgan Kusherbayev.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning aniqlashicha, Samarqand va Navoiy viloyatlarida ham noqonuniy qum-shagʻal aralashmasini qazib olish holatlari kuzatilgan.
Samarqand tumanida joylashgan "L.P." MChJning rahbari A.B. korxonada baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan hududdan oʻzboshimchalik bilan 33,2 ming kub metr hajmdagi qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olgan. Bu orqali davlatga 3,1 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.
Shu kabi, Navoiyning Karmana tumani "Yangi ariq" MFY hududida joylashgan yer maydonidan 79,3 ming kub metr hajmdagi qum-shagʻal aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi maʼlum boʻlgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.
"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda", deyiladi departament xabarida.
Bundan tashqari, yana bir holat Samarqand viloyatining Narpay tumanida aniqlangan. Viloyatning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi ishonch telefoniga Narpay tumani "Mushkent" mahallasi fuqarolari tomonidan murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaat Kattaqoʻrgʻon va Narpay tumanlari Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda ushbu mahalla fuqarolari ishtirokida oʻrganilgan. Oʻrganish davomida Kattaqoʻrgʻon tumani "Bogʻot" mahallasida yashovchi fuqaro shu tumanning "Nayman" mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Qoradaryo daryosi oʻzanidan oʻzboshimchalik bilan noqonuniy tarzda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, yuk mashinalariga ortib berayotganligi aniqlangan.
"Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 70-moddasi prim 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 10 million 200 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi", deyiladi Ekologya vazirligi axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
Shuningdek, Narpay tumanida oʻtkazilgan yana bir reyd davomida tumanning "Mustaqillik" mahallasida yashovchi fuqaro S.R. oʻz boshqaruvidagi ekskavator bilan shu mahalla hududidan oqib oʻtuvchi Qoradaryo daryosi oʻzanidan qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotganligi maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan S.R.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi prim 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 20 barobari — 6 million 800 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi. Bu orqali tabiatga 1 million 1172 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzar jami 7 million 972 ming soʻm toʻlaydigan boʻldi.
Oʻzbekiston
12.09.2024, 17:04
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozog‘istonda harorat global o‘rtachadan ikki baravar tez oshmoqda
Jahon
30.09.2026, 11:16

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Singapurda o'rmonlarni uy-joy qurilishi uchun kesish rejasi norozliklarga sabab bo'ldi
Jahon
28.08.2026, 15:38

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi
Madaniy
06.07.2026, 14:45

1-avgustdan kamyob hayvonlarni ovlash taqiqlanadi
Oʻzbekiston
01.07.2026, 15:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38
So'nggi yangiliklar

«Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi» – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38
