Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi

Janubiy Koreyada universitetga kiriş imtihonlarida nazorat kuçaytiriladi. Firibgarlik holatlari haqida xabar berganlik uçun qariyb 371 000 AQŞ dollarigaça mukofot puli taklif qilmoqda.

Imtihondagi firibgarlik uçun $371 ming mukofot

Foto: Korea JoongAng Daily

Korruptsiyaga qarşi kuraşiş va fuqarolik huquqlari böyiça komissiya ma’lumotlariga köra, hukumat firibgarlik holatini foş etişga yordam beradigan har bir xabar uçun 100 million von (taxminan 74 178 AQŞ dollari), köpi bilan esa 500 million vongaça (370 888 AQŞ dollari) mukofot beradi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.

Komissiyaning ta’kidlaşiça, öz aybini tan olib, şeriklari haqida xabar bergan şaxslar ham mukofotni töliq oladi, şuningdek, ularning qoidabuzarliklari uçun jazosi yengillaştirib beriladi.

«Uşbu çora jamoatçilikni imtihondagi noşaffoflik holatlari haqida xabar berişga undaş, şuningdek, Universitetda öqiş qobiliyatini baholaş testining adolatliligi va işonçliligini ta’minlaşga qaratilgan», — deyiladi komissiya xabarida.

Komissiya ikki oylik kampaniya doirasida firibgarlik holatlari haqidagi xabarlarni 19 yanvarga qadar qabul qiladi.

18 noyabrda rasmiylar imtihonda «şpargalka» bilan qölga tuşganlar 10 yil muddatga imtihon topşiriş huquqidan mahrum etilişini va qoidabuzarliklar haqida xabar berganlik uçun 100 million vongaça mukofot puli taklif qilinişini ma’lum qilgan.

Bundan taşqari, firibgarlikda foydalanilişi mumkinligini bila turib, bunday maqsadlarga moslaştirilgan aqlli qurilmalarni sotgan yoki sotib olgan korxonalar va xaridorlar ham tekşiriladi.

Universitetda öqiş qobiliyatini baholaş testi köplab öquvçilar uçun uzoq vaqt olingan maşaqqatli ta’limning yakuni hisoblanadi. Qaysi universitetda öqiş esa Janubiy Koreyada kelajakdagi kareraga kuçli ta’sir körsatadi.

E’lon qilingan yangi talablar, asosan, Janubiy Koreya fuqarolari universitetga kiriş uçun topşiradigan CSAT imtihonidagi qoidabuzarliklarga qarşi qaratilgan.

Koreya Ta’lim vazirligi xorijiy talabalar universitetlarga alohida xalqaro qabul tartibi asosida hujjat topşirişini, qabul talablari va kvotalarini esa har bir universitet mustaqil belgilaşini bildirgan.

Xorijiy talabalar topşirişi mumkin bölgan koreys tili imtihoni – TOPIC uçun qoidalar alohida tartibga solinadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?

Agar Kim Chen In bugun Trampga "yadro qurolimdan voz kechmayman" desa, Oq uy nima qiladi?  Pxenyanning arsenali kengayib, Rossiya bilan aloqalari chuqurlashgan bir paytda Vashington bu savolga javob topishi kerak.

Jahon

01.10.2026, 13:21

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi

Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida yuqori natija qayd etgan O‘zbekiston shaxmatchilari va ularning murabbiylariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori oshiriladi.

Iqtisodiyot

23.09.2026, 11:52

Kelasi hafta Seul Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qiladi – Janubiy Koreya prezidenti

14–16-sentyabr kunlari Markaziy Osiyoning har bir davlat rahbari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Siyosat

11.09.2026, 15:47

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya

Fuqaroligi bo'yicha mamlakatdagi eng ko'p qidiruvdagilar Xitoy fuqarolari bo'lib, o'zbekistonliklar bu borada ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Oʻzbekiston

09.09.2026, 09:25

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Avtomobil savdosi orqali chegara ortiga nima yuborilgan?

Oʻzbekiston

04.09.2026, 09:25

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Гўшт

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol göşti import qildi. Xaridlar uçun 597,7 million dollar sarflangan.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 10:41

Синдоров ва Гукеш ўйини

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi

Keçagi bahsda Javohir Sindorov $168 000 yutdi.

Sport

25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada

Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevani Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda Malika Raniya al-Abdulla rasmiy kutib oldi.

Siyosat

24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?

Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim 6,5 mingdan ortiq Myanma fuqarosini dekabr oyida mamlakatga qaytariş rejasini e’lon qildi.

Jahon

24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda

Duşanbe xalqaro qidiruvdagi prezident – Vladimir Putin taşrifidan söng, XJSdan çiqiş qarorini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi Tojikistonni bu niyatidan qaytişga çaqirmoqda.

Siyosat

24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi

Nvidia direktorlar kengaşi kompaniya asosçisi Jensen Xuangni boş direktor lavozimiga qayta tayinladi. AQŞ prezidenti Donald Trampning uni lavozimga qaytariş haqidagi çaqiriqlaridan keyin qabul qilingan qaror kompaniya aktsiyalari keskin qimmatlaşişiga sabab böldi.

Jahon

24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi

Özbekistonda ipoteka krediti böyiça subsidiya oliş uçun arizalar 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilinadi. Nomzodlar ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball töplaşi va bankning kredit tarixi böyiça talablariga javob berişi kerak.

Oʻzbekiston

24.11.2026, 10:42

Nasiyaning tört ming yillik yöli

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi

Bugun bir neça tugmani bosib, tovarni nasiyaga oliş mumkin. Ammo «bugun ol, keyin töla» tamoyili internet-dökonlardan ança oldin paydo bölgan. Uning tarixi qadimgi Mesopotamiyaga borib taqaladi.

Fan-texnologiya

24.11.2026, 09:35

Ўзбекистон пул бирлиги

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi

Markaziy bank yangi özbek alifbosiga ötiş munosabati bilan amaldagi pullarni almaştiriş şart emasligini ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

23.11.2026, 16:08

Ғишкўприк чегара пости

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi

Fuqarolar va transport vositalarining çegaradan ötişi 25 noyabr kuni soat 16:00 dan yölga qöyiladi.

Oʻzbekiston

23.11.2026, 15:04

Саят Илёсов

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev boksçiga fuqarolik beriş töğrisidagi farmonni imzolagan.

Sport

23.11.2026, 10:38

Жавоҳир Синдоров жаҳон чемпионатида

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi

Jenevada şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun ötkaziladigan Javohir Sindarov va amaldagi çempion Gukeş Dommaraju örtasidagi bahsning qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi.

Sport

23.11.2026, 09:35

Italiyaning Milan shahridagi San Siro (Giuseppe Meazza) stadioni yuqoridan olingan tasvir.

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi

San Siro o‘rnida nima quriladi? Milan futbolidagi tarixiy o‘zgarish

Sport

20.11.2026, 16:11

Toshkent metropoliteni

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?

2026 yil sentyabr–oktyabr oylarida metro xizmatlaridan 61,7 million kişi foydalandi. Yölovçilar köpayişi munosabati bilan vagonlar sonini oşiriş va yangi poyezdlar xarid qiliş rejalaştirilmoqda. 

Oʻzbekiston

20.11.2026, 14:41

Anthropic акциялари 34% ошди

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi

IPO orqali 81,3 milliard dollar jalb qilgan Claude işlab çiqaruvçisi Anthropic  SpaceX örnatgan birja rekordini yangiladi. 

Iqtisodiyot

20.11.2026, 10:51

Сергелида 1,7 гектарлик сунъий кўл пайдо бўлади

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi

Yana qanday özgarişlar kutilmoqda?

Oʻzbekiston

20.11.2026, 10:18

O‘zbekiston va Ummon davlat bayroqlari.

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

Kelişuvning kuçga kiriş şartlari qanday? 

Oʻzbekiston

19.11.2026, 16:55

Тожикистонда электр устуни қулади

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi

Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida avariya sodir böldi. Oqibatda Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi.

Oʻzbekiston

19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi

BMTning Xalqaro sudi 19 noyabr kuni Myanmaga qarşi roxinja musulmonlariga nisbatan genotsid sodir etilgani haqidagi iş böyiça qaror çiqarişi kutilmoqda. BMT tergovçilari harbiylar yuzlab qişloqlarni vayron qilgani, ommaviy qotilliklar sodir etgani va ayollar hamda bolalarga nisbatan muntazam jinsiy zöravonlik işlatganini qayd etgan.

Jahon

19.11.2026, 10:56

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →