updated: 22.03.2026, 16:25

Beshyogʻoch mashmashasi: "Snos"ga tushgan yerning egasi kim?

Bugun, 26 fevral kuni Chilonzor tuman maʼmuriy sudida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan "Beshyogʻoch" MFY binosining buzib tashlanayotganiga doir navbatdagi sud ishi koʻrib chiqildi. PARADIGMA.UZ mazkur sudda ishtirok etib, jarayonga bevosita guvoh boʻldi.

Bundan bir necha hafta oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani "Beshyogʻoch" mahallasining binosi buzib tashlanib, oʻrniga yangi mehmonxona qurilayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holatga rasmiylar eʼtibor qaratmaganidan keyin mahalla faollari tomonidan tuman sudiga murojaat qilindi. 

Avvalroq xabar berganimizdek, ilk sud joriy yilning 19 fevral kuni uch arizachi, Toshkent shahri va Chilonzor tuman hokimligi yuristlari bilan birga bir guruh tinglovchilar ishtirokida boʻlib oʻtgandi. Unda taraflar tinglanib, sud maʼlum muddatga qoldirildi. 

Bugun, 26 fevral kuni esa sudning ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Chilonzor tuman sudyasi Sultonov boshchiligidagi sudda toʻrt nafar arizachi, Toshkent shahri, Chilonzor tuman hokimligi yuristlari, tuman prokurori va bir guruh tinglovchilar qatnashdi. 

Aniq toʻxtamga kelish uchun batafsil hujjatlar talab qilingani bois sud 7 mart kuniga qoldirildi. Keyingi sud jarayonida yuqorida sanab oʻtilgan shaxslardan tashqari, Madaniy meros, Kadastr agentligidan mutaxassislar, "Beshyogʻoch" MFY hamda quruvchi tashkilot "One Housing Group"dan rasmiy vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Sudga daʼvo kiritgan arizachilardan biri Javlon Mahmudovning aytishicha, bu galgi sud jarayonida fuqarolardan yashirilgan Toshkent shahar hamda Chilonzor tuman hokimlarining qarorlari ochiqlanilgan.

"Bugun shahar hokimi bilan tuman hokimining qarorlarini oʻrganishga ruxsat berishdi, lekin nusxa olishga qoʻyishmadi. Buni noqonuniy deb hisoblaymiz. Nimaga desangiz, bunaqa ishlarda hokimning qarori ham, prezidentning qarori ham ochiq boʻlishi kerak. Bu davlat siri emas. Bu qanaqadir harbiy obʼekt yoki oltin kon emaski, berkitilsa", deydi u.

Mahmudovning qoʻshimcha qilishicha, mazkur qurilish uch tomonlama xususiy sherikchilik asosida rejalashtirilgan boʻlib, unda Chilonzor tuman hokimligi, "Beshyoʻgʻoch" mahallasi hamda "One Housing Group" ishtirok etishi kerak.

"Xususiy sherikchilik toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, hamma narsa ochiq maʼlumot hisoblanishi kerak. Ochiq maʼlumotlarda boshqa sheriklar koʻrsatilgan, ammo “One Housing Group” u yerda yoʻq. Buni internetdan skrinshot qilib, sudga taqdim etdik", deya taʼkidlaydi u.

Bundan tashqari, Mahmudov mahalla binosi tushgan yer maydoni aslida kimga qarashliligi nomaʼlumligicha qolayotganini bildirdi. Shuning uchun ham sud keyingi yigʻinda Kadastr agentligidan mutaxassis jalb qilmoqda.

"Bu mulkda kadastr yoʻq. Bu bino uch yil oldin qurilgan, lekin oqsoqolimizning aytishicha, hokimiyat har xil yoʻllar bilan kadastr olishiga xalaqit qilib kelgan. Bu yerda hokim xohlagan odamning binosini boshqa shaxsga berib yuborayotganga oʻxshaydi. Bu binoning birinchi egasini topish kerak-da, agar qonuniy boʻlsa, bunga kadastr berish shart", deydi daʼvogar.

Mavzuga oid yangiliklar

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?

Toşkent şahar hokimiyati yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oliş niyatida bölgan fuqarolar uçun yöriqnoma e'lon qildi. Unda şartnoma tuziş va pul tölaşdan oldin quriliş obyektining qonuniyligini tekşiriş böyiça tavsiyalar berilgan.

Oʻzbekiston

26.08.2026, 09:52

O‘zbekistonda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlanmoqda

Forum uch shaharda besh kun davom etib, 50 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin mehmon ishtirok etadi.

Madaniy

06.07.2026, 13:02

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi yopilgani aytilmoqda

Yozuvchi Shukur Jabbor muzeyni saqlab qolishni so‘rab o‘zbek ziyolilari nomidan Prezidentga murojaat yo‘lladi.

Madaniy

06.07.2026, 11:19

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

Oʻzbekiston

16.06.2026, 15:25

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi

“Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘li Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi.

Oʻzbekiston

01.06.2026, 17:47

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi

Bayonotda aytilishicha, hech qanday jinoyat, hech qanday ayblov va hech qanday holat inson hayotiga qasd qilishni qonuniylashtirib, buni “jazo” deb atashga asos bo‘la olmaydi.

Jahon

04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot

Ofis xodimlarida yangi, ko‘zga ko‘rinmas ustunlik paydo bo‘ldi, ish beruvchilar esa buni doim ham ilg‘ay olmaydi.

Fan-texnologiya

04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

"Yangi Toshkent"da qad rostlayotgan aeroport "mintaqa darvozasi" bo'lishi mumkin. Biroq bu maqomga qo'shni Qozog'iston ham da'vogarlik qilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”

Putin Ukrainadagi urushni yakunlash imkoniyati mavjudligini, Zelenskiy esa bitimga vositachilik qilishga urinayotgan AQSH muzokarachilari tez orada Moskva va Kiyevga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Siyosat

04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Avtomobil savdosi orqali chegara ortiga nima yuborilgan?

Oʻzbekiston

04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi

Operatsiya Ukrainaning 2014-yilga oid 4,2 milliard dollarlik da’vosi sababli amalga oshirilgan.

Jahon

03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

2026-yil 15-sentyabrdan boshlab  Tailandga kirish qoidalari o‘zgarmoqda.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 15:31

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig'ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilandi.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 14:48

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi

Quvayt armiyasining ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari dushman nishonlarini tutib qolgani uchun mamlakatda kuchli portlashlar eshitilgan.

Jahon

03.09.2026, 11:53

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi

Uç yil içida 111-örindan 79-öringa — Özbekiston dunyo startap xaritasida qanday sakraş qildi?

Fan-texnologiya

03.09.2026, 09:57

Pentagon 30 yoshdan katta harbiylar uchun testosteron tekshiruvini joriy qildi

Bu chora-tadbirlar gormonal va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish orqali harbiy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan.

Jahon

03.09.2026, 09:55

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi

Qabul çegarasiga bir neça ball yetmay qolgan abituriyentlarga talabalik qançaga tuşadi?

Ta'lim

02.09.2026, 17:55

Istanbul yaqinida ikkita Turkiya savdo kemasi to‘qnashib ketdi

Istanbul yaqinida Marmara dengizida Turkiya bayrog‘i ostidagi ikkita tijorat kemasi to‘qnashib ketdi. Ulardan biri bilan aloqa uzilgan.

Jahon

02.09.2026, 12:37

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi 21 yillik faoliyatini yakunladi. 39 yoshli futbolchi bu qarorini 2026 yil 31 avgust kuni ma'lum qildi. Uning milliy jamoadagi so'nggi uchrashuvi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi bo'ldi.

Sport

02.09.2026, 12:25

SHHT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqirdi

“Faqat barcha etnik va siyosiy guruhlarning keng vakilligiga ega inklyuziv hukumatgina mustahkam tinchlikni ta’minlay oladi”, — deyiladi rasmiy hujjatda.

Siyosat

02.09.2026, 11:48

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi

Endi Qozog'istonga borish avvalgidek yengil bo'lmaydi. Nima uchun?

Iqtisodiyot

02.09.2026, 10:46

Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonmoqda va “terrorchilar” bilan muzokara o‘tkazmaydi – Putin

Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonayotganini aytib, Ukraina rahbariyatini Moskva bilan muzokara o‘tkaza olmaydigan “terrorchilar” deb atadi. 

Siyosat

02.09.2026, 10:43

O‘zbekistonda 2200 yillik yunon harbiy qarorgohi topildi

O‘zbekistondagi Iskandartepada o‘tkazilgan geofizik tadqiqotlar 1,2 gektarlik manzilgohni o‘rab olgan 400 metrli xandaqni aniqladi.

Madaniy

30.08.2026, 10:36

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,1 foizga o‘sdi: eksport kamayib, import hajmi oshgan

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 49,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Iqtisodiyot

29.08.2026, 12:02

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?

Bu prezidentning 2026-yilda rasmiy bayramlar paytida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash to'g'risidagi farmonida nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston

28.08.2026, 16:13

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →