Oʻzbekistonda 2 mingdan ziyod raqobatga zid hujjatlar imzolanilgani maʼlum boʻldi

Kecha, 5 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimot davomida qaysi sohalarda davlat monopoliyasi tugatilishi aytildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ulashish:

Oʻzbekistonda 2 mingdan ziyod raqobatga zid hujjatlar imzolanilgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda 2 mingdan ziyod raqobatga zid hujjatlar imzolanilgani maʼlum boʻldi

Xabarga koʻra, soʻnggi uch yilda 2 mingdan oshiq raqobatga zid hujjatlar aniqlangan. Ularning aksariyati mahalliy hokimliklar va vazirliklar tomonidan qabul qilingan.

“Oʻtgan yili “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilingan. Shu asnoda olib borilgan oʻrganishlarga koʻra, ayrim tashkilotlarda raqobatga zid qarorlar qabul qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish, savdoda ustun mavqedan foydalanish kabi holatlar kuzatilgan”, 

deyiladi unda. 

Shu bilan birga, besh yil ichida 25 dan ortiq mahsulot boʻyicha raqobat muhiti yaxshilangan. 7 ta faoliyat turi boʻyicha raqobatni cheklovchi maxsus huquqlar bekor qilingan. Davlat ishtirokidagi korxonalar 42 foizga kamayib, tadbirkorlik subʼektlari soni 1,6 barobar koʻpaygan.

Aytilishicha, bu raqamlarni ijobiy tomonga oʻstirish maqsadida yangi konsepsiya ishlab chiqilgan. Unda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeroport xizmatlari kabi qator sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich tugatish choralari belgilangan.

Bundan tashqari, qoʻmita faoliyatini jamoatchilikka ochiqlash va ommaviy axborot vositalarida yoritishni kuchaytirish kerakligi ham aytildi. Bu qonun buzilishining oldini olish, shaffoflik va halollik muhitini shakllantirish nuqtai nazardan muhim ekani taʼkidlandi.

Siyosat

06.08.2024, 11:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi

Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi

Kecha, 17 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida "Nexia-2" hamda VAZ-2107 rusumli transport vositasi toʻqnashishi oqibatida uch nafar yoʻlovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIb JXX YHXB axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

18.09.2024, 16:20

Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi

Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi

"Mikrokreditbank", "Biznesni rivojlantirish banki" hamda "Turonbank" ATBlarida ishlayotgan davlat xizmatchilari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

18.09.2024, 15:02

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli fuqaro tomonidan oʻzining yashash xonadonidagi ekinlar orasiga va qurilishi yakunlanmagan imorati ichida giyohvandlik moddalarini ekib kelayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 14:28

"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?

"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?

Bir kunlik toʻy oʻtadi ketadi deyilganidek, kecha 17 sentabr kuni oʻzbek segmenti "Inbazar"dagi "samasud"lar mavzusini rasman toʻxtatdi. Endi odamlar Qonunchilik palatasining "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasidagi qovun tushirishlarni muhokamaga koʻtarib, tarmoqlarda bisotidagi bor "yaxshi" soʻzlar bilan izohlar qoldirmoqda. Gap nima haqida ketayotganini yuqorida keltirilgan hayvon nomidan tushungan boʻlsangiz kerak. Bugun PARADIGMA.UZ kechadan buyon toʻxtamayotgan mojaro sababini batafsil eʼtiboringizga havola etadi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 12:27

Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi

Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi

Ertaga, 19 sentabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati kechasi 8-18 daraja oraligʻda, kunduzi esa 18-32 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 11:38

Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Boshlangʻich narxi 29,7 mlrd soʻmlik davlat xaridlariga qonun buzulishiga yoʻl qoʻygan Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 11:05

Livanda minglab odamlarning peyjerlari portlab ketdi

Livanda minglab odamlarning peyjerlari portlab ketdi

Kecha, 17 sentybar kuni Livanning bir qator shaharlarida qoʻl peyjerlari (faqat xabar qabul qiladigan kichik aloqa qurilmasi) hamda telefonlarning portlab ketishi oqibatida minglab odamlar jaraohatlanib, 9 nafar fuqaro halok boʻldi. Bu haqda mamlakatning Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib, "Deutsche Welle" nashri maʼlum qildi. 

Jahon

18.09.2024, 10:36

Toshkentdagi sexda chiqqan yongʻin bir soatda oʻchirildi

Toshkentdagi sexda chiqqan yongʻin bir soatda oʻchirildi

Bugun, 18 sentabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yongʻin yuzaga keldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

18.09.2024, 09:43

Oʻzbekistondagi partiyalarning lideri Alisher Qodirovmi?

Oʻzbekistondagi partiyalarning lideri Alisher Qodirovmi? (soʻrovnoma)

Parlament (Oliy Majlis) hamda mahalliy Kengash deputatlari sayloviga ham sal kam ikki oy vaqt qoldi. Xoʻsh, odamlar partiyalar haqida maʼlumotga egami? Ularning liderlarini taniydimi? PARADIGMA.UZ shu savollar bilan poytaxt aholisi va mehmonlariga yuzlandi.

Oʻzbekiston

17.09.2024, 17:36

Qoraqalpogʻistonda ayol ukasi bilan kelishib, erini vahshiylarcha oʻldirdi

Qoraqalpogʻistonda ayol ukasi bilan kelishib, erini vahshiylarcha oʻldirdi

Qoraqalpogʻistonda ayol ukasiga oʻzining turmush oʻrtogʻini bolta bilan chopib tashlashini buyirdi. Bu haqda "Zamon" dasturida maʼlum qilindi. 

Oʻzbekiston

17.09.2024, 16:54

Buxoroda havoni ifloslantirgan 117 amaldor jazoga tortildi

Buxoroda havoni ifloslantirgan 117 amaldor jazoga tortildi

Buxoro viloyatida 117 nafar mansabdor atmosferani ifloslantirishda qatnashgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

17.09.2024, 16:22

Prezident qatnashgan sammitda qanday masalalar koʻtarildi?

Prezident qatnashgan sammitda qanday masalalar koʻtarildi? (foto)

Bugun, 17 sentabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning Ostona shahrida ikkinchi "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosat

17.09.2024, 14:27