"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?
Bir kunlik toʻy oʻtadi ketadi deyilganidek, kecha 17 sentabr kuni oʻzbek segmenti "Inbazar"dagi "samasud"lar mavzusini rasman toʻxtatdi. Endi odamlar Qonunchilik palatasining "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasidagi qovun tushirishlarni muhokamaga koʻtarib, tarmoqlarda bisotidagi bor "yaxshi" soʻzlar bilan izohlar qoldirmoqda. Gap nima haqida ketayotganini yuqorida keltirilgan hayvon nomidan tushungan boʻlsangiz kerak. Bugun PARADIGMA.UZ kechadan buyon toʻxtamayotgan mojaro sababini batafsil eʼtiboringizga havola etadi.
Oʻzbekiston
18.09.2024, 12:27
Ulashish:

"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?
Kecha, 17 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht va boshqa mahsulotlardan olinadigan qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, ot, eshak va tuya kabi hayvon turlariga kasallik xavfini tugʻdirishi mumkin boʻlgan it, mushuklarni identifikatsiya qilish taklif etildi va bu loyiha deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, mazkur loyihada chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash masalalari nazarda tutilgan. Xoʻsh, shunday boʻlsa nima boʻlibdi, bu yaxshi emasmi, deyishingiz mumkin. Biroq unda keltirilgan isteʼmol uchun ishlatiladigan hayvonlar orasida eshakni qayd etilgani muammoning asl oʻchogʻi boʻldi. Yigʻilish yuqori kayfiyatda tugab loyiha hech qanday eʼtirozlarsiz birinchi oʻqilishda qoʻllab quvvatlangani masʼullarga tatimadi. "Ijtimoiy tarmoqlarda endi eshak goʻshtini isteʼmol qilamizmi?", degan norozi kayfiyat shakllandi.
Mavzu yetarlicha muhokama qilinayotganda mazkur holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Odiljon Tojiyev munosabat bildirdi. Unga koʻra, qonun loyihasida eshak goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan.
"Mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qoʻmitasida, siyosiy partiyalar fraksiyalarida va yalpi majlisida koʻrib chiqish jarayonida deputatlar tomonidan eshak, it va mushukning identifikatsiya qilinishi asosligi boʻyicha eʼtirozlar bildirilgan. Eʼtirozlar qonun tashabbuskorlari tomonidan qabul qilinib, loyiha birinchi oʻqishda maʼqullangan taqdirda, ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida olib tashlanishi qayd etilgan. Qonun loyihasida eshak goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan", deya yozgan u.
Shuningdek, Odiljon Tojiyevning munosabatini qoʻllab hamfikr boʻlganlar ham yoʻq emas. Shular qatorida Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja ham bor. U Instagram sahifasiga post joylab, kuzatuvchilariga muammoni yiriklashtirmay tinchlanishlarini soʻragan.
"Eshak goʻshti boʻyicha axborotni uzatishda bitta jumla notoʻgʻri ketib qolgan. Tinch boʻlinglar moʻminlar!", deya post qoldirgan rektor.
Bundan tashqari, Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev ham Tojiyevning munosabatini qoʻllab-quvvatladi.
"Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Odiljon Tojiyevning maʼlum qilishicha, eshak goʻshti bilan bogʻliq qonun loyihasida uning goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan mahsulot toifasiga kiritish nazarda tutilmagan. Bu qonun "goʻsht isteʼmoli" haqida emas, balki hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish munosabatlarini tartibga soladi. Matbuot xabarnomasidagi tahririy xato tufayli tushunmovchilik kelib chiqqan", deydi vazir maslahatchisi.
Shuningdek, mazkur loyihani jurnalist, Gazeta.uz oʻzbek nashrining bosh muharriri — Muhrim Aʼzamxojayev Telegram'dagi sahifasida "Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun", deya bu holatni kinoya ostiga olgan.
"Bugun, 17 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:54 da Internet jahon tarmogʻining oʻzbek segmentida "Inbazar mavzusi" oʻz oʻrnini "Eshak goʻshti mavzusi"ga rasman boʻshatib berdi. “Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun!", deya fikr bildirgan jurnalist.
Maʼlumot uchun, "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida" qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda maʼqullangan boʻlsa ham, ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida olib tashlangan. Spiker oʻrinbosari Odiljon Tojiyev tomonidan berilgan birinchi xabar esa Telegram-kanaldan oʻchirib tashlangan.
Muallif: Javohir Yoʻldashov
Oʻzbekiston
18.09.2024, 12:27
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi
Sport
29.09.2025, 18:01

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40
So‘nggi yangiliklar

Tramp sanksiyalari sabab “Rosneft” va “Lukoyl” 5,2 mlrd dollarga arzonladi
Iqtisodiyot
25.10.2025, 18:44

Oʻzbekistonda nikohlar kamaymoqda, ajrimlar esa koʻpaymoqda
Oʻzbekiston
25.10.2025, 17:07

Sergey Mironov: "Til bilmaslikni bahona qilib davlatdan chiqarib yuborish — bu haqiqiy fashizm"
Jahon
25.10.2025, 14:51

London sudi “Vagner” bilan hamkorlik qilgan britaniyaliklarga hukm chiqardi
Jahon
25.10.2025, 11:49

Kanadalik xonanda Devid Keroll oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston
25.10.2025, 11:00

Oʻzbekiston prezidenti Belgiyaga tashrifini yakunladi
Siyosat
25.10.2025, 06:57

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Oʻzbekiston va YeI munosabatlari yangi strategik bosqichga koʻtarildi
Siyosat
24.10.2025, 16:59

Yangiyoʻlda 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 15:09

Toshkent sudlarida joriy yilda 7 mingga yaqin nikohdan ajratish ishi koʻrildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 14:08

"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin — OʻFA
Sport
24.10.2025, 11:03

Oʻzbekistonda «yashil» energiya hajmi 9 milliard kVt·soatga yetdi
Iqtisodiyot
24.10.2025, 10:01
Mashhur yangiliklar

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi
Sport
29.09.2025, 18:01

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40
