Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Boshlangʻich narxi 29,7 mlrd soʻmlik davlat xaridlariga qonun buzulishiga yoʻl qoʻygan Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Unda yozilishicha, Raqobat qoʻmitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirigʻiga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi qurilishi boʻyicha boshlangʻich narxi 29,7 mlrd soʻm boʻlgan tender savdosi yuzasidan oʻrganish ishlarini oʻtkazgan. 

Oʻrganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada "7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi qurilishi" obʼektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II toifa qilib belgilanganligi maʼlum boʻlgan. 

"Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 avgustdagi 496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha boʻlgan oliy taʼlim muassasalari III toifa sifatida "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan", deyiladi xabarda. 

Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III toifa sifatida "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim boʻlgan obʼektni II toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan "Raqobat toʻgʻrisida"gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborilgan.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 11:05

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Havo harorati 32 darajagacha koʻtariladi — "Oʻzgidromet"

Havo harorati 32 darajagacha koʻtariladi — "Oʻzgidromet"

Ertaga, 20 sentabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati kechasi 8-18 daraja oraligʻida, kunduz kuni esa 18-32 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

19.09.2024, 14:24

Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS (qoʻshimcha qiymat soligʻi) imtiyozlari bekor qilinmoqda. Bu haqda joriy yilning 18 sentabr kuni qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Prezident farmonida maʼlum qilingan.

Oʻzbekiston

19.09.2024, 12:31

Oʻzbekistonda odamlar goʻshtdan zaharlanyaptimi?

Oʻzbekistonda odamlar goʻshtdan zaharlanyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning goʻshtdan zaharlanib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaatlari koʻpaygani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga Sogʻliqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi. 

Oʻzbekiston

19.09.2024, 11:48

Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi

Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi

Anemiya — jahon boʻylab keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlib, xalq orasida bu patologiya kamqonlik deb ataladi. JSST (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) hisobotiga koʻra, dunyoda ayollarning taxminan 30 foizi, homiladorlarning 37 foizi va olti oylikdan besh yoshgacha boʻlgan bolalarning 40 foizi shu darddan aziyat chekmoqda. Xoʻsh, anemiyani qanday omillar keltirib chiqaradi? Kasallik qaysi belgilar bilan namoyon boʻladi? Kasallikning xavfli asoratlari bormi? Kamqonlikni qanday davolash mumkin? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimi batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

19.09.2024, 11:18

Soliq qoʻmitasi ikkita bakka ogohlantirish berdi

Soliq qoʻmitasi ikkita bankka ogohlantirish berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda toʻlov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Soliq qoʻmitasi munosabat berdi.

Oʻzbekiston

19.09.2024, 10:37

Nodir Ganiyev Fransiya Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi

Nodir Ganiyev Fransiya Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi

Kecha, 18 sentabr kuni Oʻzbekistonning yangi elchisi Nodir Ganiyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi maʼlum qildi.

Siyosat

19.09.2024, 10:05

Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi

Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi

Kecha, 17 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida "Nexia-2" hamda VAZ-2107 rusumli transport vositasi toʻqnashishi oqibatida uch nafar yoʻlovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIb JXX YHXB axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

18.09.2024, 16:20

Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi

Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi

"Mikrokreditbank", "Biznesni rivojlantirish banki" hamda "Turonbank" ATBlarida ishlayotgan davlat xizmatchilari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

18.09.2024, 15:02

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli fuqaro tomonidan oʻzining yashash xonadonidagi ekinlar orasiga va qurilishi yakunlanmagan imorati ichida giyohvandlik moddalarini ekib kelayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 14:28

"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?

"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?

Bir kunlik toʻy oʻtadi ketadi deyilganidek, kecha 17 sentabr kuni oʻzbek segmenti "Inbazar"dagi "samasud"lar mavzusini rasman toʻxtatdi. Endi odamlar Qonunchilik palatasining "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasidagi qovun tushirishlarni muhokamaga koʻtarib, tarmoqlarda bisotidagi bor "yaxshi" soʻzlar bilan izohlar qoldirmoqda. Gap nima haqida ketayotganini yuqorida keltirilgan hayvon nomidan tushungan boʻlsangiz kerak. Bugun PARADIGMA.UZ kechadan buyon toʻxtamayotgan mojaro sababini batafsil eʼtiboringizga havola etadi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 12:27

Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi

Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi

Ertaga, 19 sentabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati kechasi 8-18 daraja oraligʻda, kunduzi esa 18-32 daraja oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 11:38