Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi
"Mikrokreditbank", "Biznesni rivojlantirish banki" hamda "Turonbank" ATBlarida ishlayotgan davlat xizmatchilari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
18.09.2024, 15:02
Ulashish:
Uchta bankning 148 nafar xodimi tartibga chaqirildi
Qayd etilishicha, yuqorida nomi keltirilgan banklarning ayrim xodimlari Oʻzbekiston qonunchiligida taqiqlagan boʻlsa ham tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib yurgan. Mazkur uch bankda ishlaydigan 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subʼektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Jumladan, "Mikrokreditbank" ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subʼektida, "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subʼektida hamda "Turonbank" ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subʼektida taʼsischi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
"Banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subʼektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda", deyiladi xabarda.
Ammo ularga mazkur holat yuzasidan ogohlantirish xati berish bilan cheklangan xalos. Yoki agentlik taqdim etgan maʼlumotlarda bu keltirilmagan.
Eslatib oʻtamiz, agentlik tomonidan Transport, Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida ishlovchi 107 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlangan edi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi, "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlarida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan.
Oʻzbekiston
18.09.2024, 15:02
Ulashish:
Mashhur yangiliklar
Toshkentda ilk bor Jordan Piterson va Mark Barton ishtirokida "Tafakkur transformatsiyasi" boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi
Madaniy
26.08.2024, 11:29
Telegram asoschisi nega qamaldi?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan fuqaroga 9 millionga yaqin jarima belgilandi
Oʻzbekiston
28.08.2024, 10:13
Putinning ommaga oshkor qilinmagan oʻgʻillari aniqlandi
Jahon
05.09.2024, 13:44
Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi
Ta'lim
05.09.2024, 13:23
So‘nggi yangiliklar
Havo harorati 32 darajagacha koʻtariladi — "Oʻzgidromet"
Oʻzbekiston
19.09.2024, 14:24
Keyingi yildan jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi
Oʻzbekiston
19.09.2024, 12:31
Oʻzbekistonda odamlar goʻshtdan zaharlanyaptimi?
Oʻzbekiston
19.09.2024, 11:48
Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi
Fan-texnologiya
19.09.2024, 11:18
Soliq qoʻmitasi ikkita bankka ogohlantirish berdi
Oʻzbekiston
19.09.2024, 10:37
Nodir Ganiyev Fransiya Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdi
Siyosat
19.09.2024, 10:05
Surxondaryoda yuz bergan katta YTH oqibatida uch kishi halok boʻldi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 16:20
Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 14:28
"Eshak goʻshtiga yem boʻlgan qonun". Xalqni qoʻzgʻatgan loyiha ijro etiladimi?
Oʻzbekiston
18.09.2024, 12:27
Ertaga qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 11:38
Urganch davlat universitetiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
18.09.2024, 11:05
Mashhur yangiliklar
Toshkentda ilk bor Jordan Piterson va Mark Barton ishtirokida "Tafakkur transformatsiyasi" boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtadi
Madaniy
26.08.2024, 11:29
Telegram asoschisi nega qamaldi?
Jahon
26.08.2024, 13:37
Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan fuqaroga 9 millionga yaqin jarima belgilandi
Oʻzbekiston
28.08.2024, 10:13
Putinning ommaga oshkor qilinmagan oʻgʻillari aniqlandi
Jahon
05.09.2024, 13:44
Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi
Ta'lim
05.09.2024, 13:23