Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri vafot etdi

12 oktabr kuni Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Axmedov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

Ulashish:

Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri vafot etdi

Foto: Mudofaa vazirligi

Rustam Urmanovich oʻzining 40 yildan oshiq umrini Qurolli Kuchlarga bagʻishlagan. U 1943 yil 10 noyabrda Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida tavallud topgan. 1965 yilda Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtini “tank qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi” mutaxassisligi boʻyicha, 1985 yilda esa Zirhli tank qoʻshinlari harbiy akademiyasini “qoʻmondon-shtab operativ-taktik” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

 

1966 yildan 1972 yilgacha qadar Boltiqboʻyi qoʻshinlari harbiy okrugi 11-armiya tank polki tank vzvodi komandiri lavozimidan Shimoliy qoʻshinlar tankchilar diviziyasi tankchilar batalyoni komandirining siyosiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.

 

1972 yildan 1986 yilgacha Toshkent oliy tank qoʻmondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtlarida kursantlar batalyonida komandirning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda batalyon komandiri lavozimlarida xizmat oʻtagan.

 

1986 yildan 1991 yilgacha Toshkent viloyati fuqarolik mudofaasi komandirining oʻrinbosari – shtab boshligʻi lavozimida xizmat qilgan. 1991 yildan 1992 yilgacha bir vaqtning oʻzida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boʻyicha vaziri – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya qoʻmondoni lavozimida, 1992 yildan 1997 yilgacha esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Marhum nafaqat mudofaa tizimida, balki 1997 yil sentabr oyidan 1998 yil sentabr oyigacha Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritganligi ham barchamizga maʼlum. 1998 yilda nafaqaga chiqqan.

 

Shuningdek, 2018 yildan 2020 yilgacha Mudofaa vazirining maslahatchisi lavozimida mudofaa tizimining muhim yoʻnalishlarini qayta isloh qilishda faol ishtirok etgan.

 

Koʻp yillik fidoyi xizmatlari uchun Sobiq ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasining bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan.

1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi va 1995 yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi milliy armiyasini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2018 yilda “Doʻstlik”ordeni bilan taqdirlangan.

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekistonliklar uy-joy qurishga 8 oyda qancha pul sarfladi?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda 35,4 trln soʻmlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari bajarilgan. 

Iqtisodiyot

13.10.2025, 22:19

«Hududgaztaʼminot»: Metan “zapravka”larga limit qoʻyilgani haqidagi xabarlar asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “metan zapravkalarga limit qoʻyilmoqda” degan xabarlar asossiz, deb maʼlum qildi «Hududgaztaʼminot» AJ matbuot xizmati.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 21:20

Eron TIV: “Yevropa bilan yadroviy muzokaralar rejalashtirilmagan”

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchining maʼlum qilishicha, Tehron Yevropa mamlakatlari bilan yadroviy muzokaralar oʻtkazish niyatida emas, ammo AQSh bilan “adolatli va muvozanatli” muloqotga tayyor.

Jahon

13.10.2025, 20:18

Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida Urugvayga magʻlub boʻldi

Oʻzbekiston terma jamoasi Malayziyaning Malakka shahrida Urugvay bilan bahs yuritdi va kichik hisobda yutqazib qoʻydi.

Sport

13.10.2025, 19:46

Qoraqalpogʻistonda yashirin sex fosh etildi

Ellikqalʼa tumanida aniqlangan yashirin sexdan 2 mingdan ziyod qalbaki aksiz marka olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 19:26

Turkiyada ogʻir ahvolga tushib qolgan 13 yoshli oʻzbekistonlik bola vatanga olib kelindi

2025 yil 8 oktabr kuni soat 20:35 da Istanbuldan Fargʻona xalqaro aeroportiga 13 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi xavfsiz ravishda Vatanga qaytarildi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 18:22

Toshkentda BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

«Tashkent Invest» va BAAning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini qurish va boshqarish uchun qoʻshma korxona tashkil etdi. Yangi kompaniya DP World Tashkent deb nomlandi.

Iqtisodiyot

13.10.2025, 17:21

Qashqadaryoda sobiq harbiy xizmatchi ikki ayolni pichoqlab oʻldirdi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ikki nafar ayol pichoqlab oʻldirildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 16:19

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:52

Shota Rustaveli koʻchasida 3 ta avtobus yoʻnalishining harakati tiklandi

2025 yil 12 oktabrdan boshlab 126-, 98- va 67-sonli avtobus yoʻnalishlari Shota Rustaveli koʻchasidagi markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) orqali harakatlanishni boshladi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:16

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi

Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yoʻli» yoʻnalishi yaqin kunlarda yoʻlovchilar uchun faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:46

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassisi yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan fuqaroga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:19