Pnevmoniyani qanday oldini olish mumkin?

Kuz-qish mavsumida odamlar tez-tez shamollaydi. Buning oqibatida ularda turli kasallik alomatlari yuzaga chiqadi. Shulardan eng koʻp kuzatiladigani pnevmoniya (zotiljam) oʻpkadagi yalligʻlanish jarayonidir. Xoʻsh, ushbu kasallikni qanday davolasa boʻladi, uning salbiy oqibatlari nimaga olib keladi?Mazkur savollarga 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavluda Tabibova javob berdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi

Ulashish:

Pnevmoniyani qanday oldini olish mumkin?

Pnevmoniyani qanday oldini olish mumkin?

Pnevmoniya oʻzi qanday kasallik?

"Pnevmoniya (zotiljam) oʻpkadagi yalligʻlanish jarayoni. Bunga bakteriyalar yoki boshqa kasalliklar sabab boʻlishi mumkin. Gripp, koronavirus yoki OIV shular jumlasidan", deydi mutaxassis.

Shuningdek, u mazkur xastalik dunyoda oʻlim sabablari boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turishiga ham toʻxtalib, pnevmoniyadan eng koʻp aziyat chekuvchi qatlam bolalar, keksa yoshli va immuniteti zaif insonlar hamda surunkali xastaligi bor bemorlar ekanligini aytgan.

Kasallikning qanday alomatlari bor?

"Mazkur patologiyada pastki nafas yoʻllari zararlandi. Odamlarda yoʻtal va balgʻam paydo boʻladi, baʼzida nafas qisishi, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, qusish kuzatiladi. Zotiljam koʻp hollarda yuqori tana harorati, holsizlik va horgʻinlik kabi alomatlar bilan kechadi", deya qoʻshimcha qildi Mavluda Tabibova.

Tabibova  yalligʻlanish jarayoni ayniqsa, bolalar va surunkali kasalliklarga chalingan kishilarda ogʻir kechishini bildirib, keksa yoshli odamlarda ushbu simptomlar jarayoni yaqqol namoyon boʻlmasligi mumkinligiga ham toʻxtalgan.

"Kashandalik va spirtli ichimliklar isteʼmoli pnevmoniya rivojlanish xavfini oshiruvchi omillar sirasidan. Chunki ayni shu illatlar nafas olish tizimining himoya mexanizmlari buzilishiga olib keladi", deya taʼkidlagan u.

Pnevmoniyani qanday oldini olsa boʻladi?

"Zotiljamdan himoyalanishning eng oqilona va samarali yoʻli pnevmokokk va grippga qarshi emlanishdir. Qolaversa, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarziga rioya qilish orqali ham bu darddan uzoq boʻlish mumkin", deydi shifokor.

Bundan tashqari, u zarur muolajani belgilash uchun bemor tegishli tibbiy tahlillar topshirishi kerakligi va bu qancha erta amalga oshirilsa, davo choralari shuncha samarali boʻlishiga toʻxtalgan. Aks holda, kasallik xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi ehtimoli yuqorigini taʼkidlagan.

Fan-texnologiya

13.11.2024, 11:05

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Agar muzokaralar omadsiz tugasa, Tramp Rossiya iqtisodiyotini vayron qilishga intiladi

Tramp agar diplomatik saʼy-harakatlar samara bermasa, NATO mamlakatlariga qurol sotishni davom ettirib, uni Ukrainaga yetkazilishini taʼminlaydi.

Jahon

14.08.2025, 20:49

Joriy yilda eng koʻp nikoh Samarqandda qayd etilgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston boʻyicha 95 ming 275 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Oʻzbekiston

14.08.2025, 19:40

Isroil bosh shtabi Gʻazoga bosqin rejasini maʼqulladi

7 avgustda Zamir Gʻazoga bosqin rejasiga qarshi chiqqani va vazirlar bilan tortishuvga kirishgani xabar qilingan.

Jahon

14.08.2025, 18:45

Oʻzbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

Bobur Toʻrayev 10 ga yaqin rivojlangan davlatlar klinikalarida malaka oshirgan va 20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi sanaladi.

Fan-texnologiya

14.08.2025, 17:45

Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuvi haqida nimalar maʼlum

Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuvi haqida nimalar maʼlum

Vladimir Putin va Donald Tramp 15 avgust kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining Ankorijdagi Elmendorf-Richardson bazasida uchrashadi. Uchrashuv tafsilotlarini prezident yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlum qildi.

Jahon

14.08.2025, 17:18

“Oʻzmetkombinat” AJga rahbar tayinlandi

Bahodir Abdullayev 2022 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Iqtisodiyot

14.08.2025, 16:49

Soʻx tumanidagi “Tul” chegara nazorat-oʻtkazish punkti vaqtincha yopildi

Mazkur chegara nazorat-oʻtkazish punkti faqatgina Oʻzbekiston hamda Qirgʻiz Respublikalari fuqarolari va transport vositalari harakati uchun moʻljallangan.

Oʻzbekiston

14.08.2025, 15:42

OTMga kirolmaganlar ertadan apellyatsiya arizalarini berishi mumkin

Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

Ta'lim

14.08.2025, 14:44

Sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari yaratildi (+video)

Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.

Siyosat

14.08.2025, 12:46

Inoue – Ahmadaliyev jangi uchun chiqarilgan chiptalar ikki soatda sotib boʻlindi

Nagoyadagi yangi qurib bitkazilgan IG Arena inshooti 17 ming muxlisga moʻljallangan.

Sport

14.08.2025, 11:43

Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Oʻzbekiston

14.08.2025, 10:47

Ozarbayjon MDH Ichki majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

Ozarbayjon MDH Ichki majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

12 avgust kuni Sankt-Peterburgda MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Ozarbayjon vakili bormadi. Bu haqda "APA" agentligi xabar berdi.

Jahon

13.08.2025, 14:00