Quva tuman IIB xodimlari oshxonadagi qarzlarini toʻlash oʻrniga tadbirkorga bosim oʻtkazmoqda

Kun.uz nashrining maʼlum qilishicha, Fargʻona viloyati Quva tuman IIB xodimlari uch aka-uka yuritadigan oshxonada muntazam ravishda ovqatlanib, pulini toʻlamay kelgan. Qarzdorlik koʻpayib ketgach, oʻz haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boshlangan. Hatto toʻngʻich aka Abror Sodiqov “ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmagani” aybi bilan maʼmuriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq ichib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek boʻlib chiqib ketishadi”, deydi tadbirkor.

Ulashish:

Maktab direktori boʻlgan ayolni soliq idorasi rahbariga qarshi koʻrsatma berishga majburlab, rozi boʻlmagach, kaltaklagan va tazyiq oʻtkazgan Fargʻona viloyati Quva tuman IIB xodimlari endi tadbirkorga bosim oʻtkazib, uning hisobidan yeb-ichishni odat qilishgani ayol boʻldi. Kun.uz tadbirkorlarning murojaatini eʼlon qildi.

Taʼkidlanishicha, IIB xodimlari uch aka-uka yuritadigan oshxonada muntazam ravishda ovqatlanib, pulini toʻlamay kelgan. Qarzdorlik koʻpayib ketgach, oʻz haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boshlangan. Hatto toʻngʻich aka Abror Sodiqov “ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmagani” aybi bilan maʼmuriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq ichib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek boʻlib chiqib ketishadi”, deydi tadbirkor.

Tadbirkor Ahmadali Yunusovning aytishicha, hammasi Quva tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari Baxtiyor Hamroboyevning oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayramiga 3 ta “korobka” qilib berasan, degan topshirigʻi bajarilmaganidan keyin boshlangan.

“Quva tumani Iftixor mahallasida joylashgan “Ulfatlar” nomli oshxonani yuritaman. Shu paytgacha ichki ishlar xodimlari oshxonamizga kelib, yeb-ichib pulini bermay ketar edi. Akam Moskvadan kelib, qarz daftarni koʻrdi va “Nasiya koʻpayib ketibdi, birovga nasiya qilma, qarzlarni tezroq yigʻ”, deb qatʼiy tayinladi. Avvalo Quva tuman IIB boshligʻiga qoʻngʻiroq qildim. “Beraman, beraman, olasan”, deb vaʼda berdi. Undan keyin boshqa ichki ishlar tizimidagi qarzi borlarga birma-bir qoʻngʻiroq qilib chiqdim. Natija boʻlmagach, ilojsizlikdan 1102 ishonch telefoniga aloqaga chiqib, bor gapni aytdim. Shundan keyin ayrim xodimlar qarzini berib ketishdi, ayrimlari esa yoʻq. Keyin esa bizga qarshi ishlashni boshlashdi. Akamga “statya” qoʻyib, 5 sutkaga qamashdi.

Ichki ishlar bilan nizo boshlanishiga sabab Quva tuman IIB xodimi Baxtiyor Hamroboyevning “Ustoz va murabbiylar kuniga “karobka” qilib bering”, degan topshirigʻini bajarmaganim boʻldi. Narxini bilsam har bir “karobka” 1 mln soʻm ekan. 3 mln soʻmlik topshiriq ogʻirlik qildi toʻgʻrisi.

Topshiriq bajarilmaganidan keyin bizga qarshi har xil rejalar tuzishdi, amaliyotlar olib borishdi. Oshxonamni har xil bahonalar bilan berkitmoqchi boʻlishdi. Quvada boshqa oshxonalar ishlab tursa, nega aynan mening oshxonam soat 22:00 da berkilishi kerak? Hayron qolasan kishi. 

Xodimlar tahdidlar qilib, “koʻchada yurishingni oʻyla, oshxona ochishingni oʻyla, tadbirkorlik qilishingni oʻyla”ga tushishdi. Prezident “tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatla”, “tadbirkorga tegma”, deyaptiku.

Odatda IIB xodimlari 200 ming soʻm “schyot” boʻlsa, 100 ming soʻm, 100 ming soʻm “schyot” boʻlsa, 50 ming soʻm beradi. Bermay chiqib ketgani ham boʻladi. Shunda ham rozi boʻlaman. Nega? Rahmatli otam ana shu tizimda ishlagan, shu tizimning nonini yeb, bizni voyaga yetkazgan. Tizimning, otamning hurmatidan xodimlarning koʻnglini olishga harakat qildim. Lekin ular haddidan oshib ketishdi. Tizim menga qarshi ishlashni boshladi. Xodimlarni formada kelib aroq ichib, oyoqda tura olmay yiqilgidek boʻlib chiqib ketishlarining koʻp guvohi boʻlganman. Lekin biror marta sotmadim. Akamni qamatgandan keyin koʻzim ochildi. Halol ishlab topgan haqqimni soʻraganimdan keyin baloga qoldim”, deydi tadbirkor Ahmadali Yunusov.

“Yeydi, ichadi, bolalar berib ketadi, deb ketaveradi” 

“Baxtiyor aka bor Quva IIB boshligʻining oʻrinbosari, 1,8 mln soʻm qarzi bor. Bir marta pul bermagan. Keladi, yeydi, ichadi, bolalar berib ketadi, deb chiqib ketadi. Xoʻp, xoʻpdan boshqa gap ayta olmaymiz. Oxiri nasiya toʻlib ketganda hisoblab chiqsak, 10 mln soʻmdan oʻtib ketibdi. “Nachalnik GAI” Farruh akaning ham qarzi boʻlgan. Uning xodimi Oʻtkir aka ham qarz boʻlgan. “Nachalnik militsiya”ning haydovchisi Ziyod aka ham qarz boʻlgan. Sulton aka ham qarz boʻlgan. Doston aka “uchastkavoy”ning ham 500 ming soʻm qarzi bor. Qarzlar toʻlib-toshgandan keyin ishonch telefoniga chiqishga qaror qildik.

Bunga javoban biz bilan olishishni boshlabsanlarmi, deb 15 oktabr kuni akamni 5 sutkaga olib kirib qoʻyishdi. Avaz aka, JTSBning boshligʻi. Skuterda ketayotgan bolani aynan jiyanimizligini bilib turib, atay toʻxtatgan. Toʻxtatib, qoʻlini qayirib turgan akam borgunicha. Akam voqea joyiga yetib borib, tortishib ketgan. Oʻzlari atay janjal chiqarishdi. Buning ortidan akamni 5 sutkaga qamab qoʻyishdi.

Akamning 1,5 mlrd soʻm krediti bor. Kredit olib, mana shu choyxonamizni yurityapmiz. IIBning sovgʻa olib ber, degan topshiriqlarini bizga ortiqchalik qiladi.

Ayrim IIB xodimlari formada oshxonamizga keladi-da, spirtli ichimliklar ichadi. Oyoqda tura olmaydigan darajada ichganidan keyin noiloj bir ikki marta uyiga tashlab qoʻyganman. Qilgan ishimni tana qilmayman, lekin shunga majbur qilishdi bular.

150 ming soʻmdan qoʻy goʻshti, 135 ming soʻmdan halol mol goʻshti olib ishlatamiz. Bular kelib yeb-ichib ketadigan boʻlsa, pulini qayerdan olib qoplayman?!  Kreditlarim, soligʻim, svetim, gazim bor, ishchilarim bor. Bu ketishda oshxonamni yopishim kerak. Ishlashdan foyda qolmadi. Faqat shularga ishlab berishim kerak. 

Akamni 5 sutkaga qamab qoʻyishganidan keyin viloyatga yozdik, apellyatsiyaga berdik. 15 oktabr kuni kirgan boʻlsa, 17 oktabr kuni chiqdi”, deydi Mashhurbek Yunusov.

“Qarzni toʻlanglar desak doʻq-poʻpisaga oʻtishdi” 

“Safardan Quvaga qaytib kelib, qarz daftarni ochsam, qarzdorlik toʻlib-toshib ketibdi. “Uchastkovoy”larning boshligʻi 400 ming soʻm, 12-boshliqni 1,8 mln soʻm,  IIB boshligʻi haydovchisi 260 ming soʻm... Ukam qarzni qaytaringlar, deganida IIB boshligʻining haydovchisi kelib, doʻq-poʻpisa qilib, senlarga reyd boshlaymiz, deb ketibdi. JTSB boshligʻi Avazbek aka bizga nihoyatda koʻp bosim oʻtkazdi. Kelib oshxonani berkitasan, deb ovqatlanib oʻtirganlarni haydadi, boshqa qildi. Xoʻp dedik, koʻzimizni yumdik. Boʻpti dedik.

Jiyanim nomersiz skuter haydagini uchun IIB xodimi uni ushlab, qoʻlini qayiribdi. Voqea joyiga yetib borib jarimasini toʻlayman desam ham tortishuv toʻxtamadi. Spirtli ichimlik ichgansan, deb 5 sutkaga olib kirib qoʻyishdi. Lekin aroq ichmagandim. Xudoga shukur, adolat bor ekan, sud oqlab, qamoqdan chiqarib berdi. Bizning aybimiz ichki ishlar xodimlaridan haqqimizni soʻrab qoʻyganimiz boʻldi.

Davlatga har oy 12,8 mln soʻm soliq toʻlayman. Davlatga ziyon keltirmaganman. Prezidentimiz tadbirkorlarga keng yoʻl ochib beryapti. Lekin Quvada buning aksi boʻlyapti: “uchastkavoy”lar oʻz vazifasini suisteʼmol qilib, davlat bergan formasidan foydalangan holda bizga tazyiq, bosimlar oʻtkazyapti,” deydi tadbirkor Abror Sodiqov.

JIB Quva tuman sudining 2025 yil 15 oktabrdagi qarori bilan Abror Sodiqov ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish hamda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarliklarini sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sud qarorida Abror Sodiqov hech qanday hujjatlarsiz skuter boshqarib ketayotgan voyaga yetmagan jiyanini toʻxtatgan IIB xodimlarining oldiga Malibu mashinasida kelib, yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda mashinasini yoʻlning qarama-qarshi tomoniga toʻxtatgani, IIB xodimlarining mashinani yoʻlning qatnov qismidan olishi haqidagi qonuniy talablarini bajarmagani keltirilgan. Tadbirkor esa sudda IIB xodimlari suhbat davomida qattiq gapirgani uchun tortishganini maʼlum qilgan. 

Fargʻona viloyati sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 17 oktabrdagi qarori bilan dastlabki sud qarori bekor qilingan va ish qoʻshimcha oʻrganish uchun Quva tuman IIBga yuborilgan. Ammo bu orada Abror Sodiqov 3 kun umrini qamoqda oʻtkazib boʻlgandi. Surishtiruvga qaytgan ishning taqdiri esa hozircha nomaʼlum.

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston 6 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

Oʻzbekiston hukumati 21 oktabr kuni qabul qilingan qaror bilan oltita davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi, shuningdek, Xitoy fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini 30 kungacha uzaytirdi.

Oʻzbekiston

23.10.2025, 17:21

AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Jahon

23.10.2025, 16:27

Oʻzbekistonda AES qurilishiga Italiya tomoni ham koʻmaklashadi

“Oʻzatom” agentligi direktori Azim Ahmedxojaєv boshchiligidagi delegatsiya 20–22 oktabr kunlari Italiyaning Genuya shahriga amaliy tashrif bilan bordi. 

Oʻzbekiston

23.10.2025, 15:26

Sentabr oyida Oʻzbekistonda elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mamlakatdagi avtomobil bozori dinamikasi boʻyicha sentabr oyi uchun yangilangan tahlilni eʼlon qildi.

Iqtisodiyot

23.10.2025, 14:23

Haydovchilik kurslarini tamomlaganlik haqida yagona elektron guvohnoma joriy etiladi

Endi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshiruvchilardan kursni tamomlaganini tasdiqlovchi qogʻoz hujjat talab etilmaydi.

Oʻzbekiston

23.10.2025, 13:24

Gʻazo SSV: Isroil topshirgan 30 nafar falastinlik jasadida qiynoq belgilari bor

Otashkesim va asirlar almashinuvi kelishuvi doirasida Isroil tomonidan yana 30 nafar falastinlik mahbus jasadi qaytarildi. 

Jahon

23.10.2025, 12:24

Musiqa va jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga sertifikatlar beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 17 oktabrdagi 652-sonli qarori bilan “Musiqa madaniyati” va “Jismoniy tarbiya” fanlari oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini baholash tizimi joriy etildi.

Ta'lim

23.10.2025, 11:05

Putin yadroviy kuchlar boshqaruvi boʻyicha rejali mashqlar oʻtkazilganini maʼlum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy kuchlar boshqaruvi boʻyicha rejali mashqlar oʻtkazilganini bildirdi.

Jahon

23.10.2025, 10:02

Rasmiy munosabat: “Darband”dagi tarozi hokimning qarindoshiga tegishliligi rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi M–39 xalqaro avtomobil yoʻlining 1326-kilometrida joylashgan “Darband” muntazam yoʻl-patrul postidagi yuk avtomobillari ogʻirligini oʻlchash uchun oʻrnatilgan tarozi viloyat hokimi U.Qosimovning qarindoshiga tegishli ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston

23.10.2025, 09:01

Oʻzbekiston prezidenti tashrif bilan Bryusselda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida boʻladi.

Siyosat

22.10.2025, 21:54

Oʻzbekistonda soxta raqamlar orqali qilinayotgan qoʻngʻiroqlar avtomatik bloklanadi

Oʻzbekistonda aloqa operatorlari soxta raqamlar orqali amalga oshirilayotgan telefon qoʻngʻiroqlarini avtomatik ravishda toʻsib qoʻyadigan “anti-spoofing” tizimini joriy etdi. Bu haqda Beeline va Mobiuz operatorlari maʼlum qildi.

Fan-texnologiya

22.10.2025, 16:44