AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.
Siyosat
05.11.2026, 19:44
Ulashish:

Abdul El-Sayed 1984-yil 3-oktyabrda Miçigan ştatida tuğilgan. Miçigan universitetida tahsil olgaç, nufuzli Rods stipendiyasiga sazovor bölib, Oksford universitetida doktorlik darajasiga erişgan. Şundan söng El-Sayed Kolumbiya universitetining tibbiyot fakultetida öqib, tibbiyot doktori darajasini qölga kiritgan. Keyinçalik epidemiologiya kafedrasida dotsent sifatida ham faoliyat yuritgan.
Detroyt şahri bankrotligini e’lon qilganidan söng, 2015-yilda El-Sayed şahar soğliqni saqlaş departamentini boşqariş uçun işga qabul qilindi va 2017-yil fevraligaça uşbu lavozimda işladi.
Keyinçalik gubernatorlik saylovida qatnaşiş uçun lavozimini tark etgan El-Sayed töliq vaqtini saylov kampaniyasiga bağişladi. Gubernatorlik uçun muvaffaqiyatsiz keçgan saylov kampaniyasidan söng esa bir qator taşkilotlar boşqaruv kengaşlarida işladi, siyosiy maslahatçi va şarhlovçi sifatida tanildi.
2022–2025-yillarda u Ueyn okrugi Soğliqni saqlaş, ijtimoiy va faxriylar xizmatlari departamenti direktori hamda soğliqni saqlaş böyiça boş mutaxassisi lavozimlarida işlagan. Xususan, soğliqni saqlaş sohasidagi davlat xizmatçisi, epidemiolog va podkast boşlovçisi bölgan.
2026-yil 4-avgust kuni Miçigan ştatida Demokratik partiyaning Senat saylovlari uçun nomzodini aniqlaş maqsadida praymeriz ötkazildi. Unda El-Sayed AQŞ Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Heyli Stivens bilan raqobatlaşdi. El-Sayed 48,5 foiz ovoz olib, Stivensni ortda qoldirdi va Demokratik partiyaning Senat saylovidagi rasmiy nomzodiga aylandi.
Diniy e’tiqodga qaratilgan hujumlar
Saylovoldi poygasi nihoyatda murakkab keçdi. Respublikaçilar va Tramp tarafdorlari tomonidan El-Sayedga nisbatan şafqatsiz ritorika va uning e’tiqodiga qaratilgan agressiv axborot hujumlari uyuştirildi.
25-oktyabr kuni Port-Huronda ötkazilgan mitingda Tramp El-Sayedni AQŞ Senatiga kirişidan oldin metall detektordan ötkaziş kerakligini, bu nomzod AQŞda şariat qonunlarini joriy etişni istaşini da’vo qildi.
Tramp, şuningdek, Rojers ham El-Sayedni heç qanday asossiz «Musulmon birodarlar» harakatiga aloqador deb atagan.
«Musulmon birodarlar» — bu 1928-yilda Misrda taşkil etilgan, HAMAS bilan aloqadorligi aytiladigan islomiy siyosiy harakatdir. Turli davlatlar uni terrorçilik taşkiloti sifatida baholagan.
Kutilmagan ayblovlar va keskin ritorikaga qaramay, Miçigan saylovçilari yakunda progressiv islohotlar va ijtimoiy kun tartibiga ovoz berişni afzal körişdi.
Rojersning siyosiy yöli
El-Sayedning asosiy raqibi bölgan Mayk Rojers siyosatda ulkan tajribaga ega şaxs edi. Rojers 2001–2015-yillarda Miçigan ştatining 8-kongress okrugi vakili sifatida AQŞ Kongressi Vakillar palatasida faoliyat yuritgan. Şuningdek, 1995–2000-yillarda Miçigan ştati Senatining 26-okrugi vakili bölgan.
Rojersning boşqa iş tajribasi AQŞ armiyasidagi xizmat, Federal qidiruv byurosida maxsus agent va kiberxavfsizlik sohasidagi faoliyatni öz içiga oladi.
Biroq, siyosiy tahlilçilar fikriça, Rojersning Tramp bilan yaqin aloqalari ham uning mağlubiyatiga sabab bölgan. Çunki oxirgi paytlarda amaldagi prezidentning reytingi faqat pasaymoqda. Aslida Rojers respublikaçilar orasida qöllab-quvvatlovni saqlab qoliş va Trampning yordami kerakligi uçungina Trampga yaqin bölişga harakat qilgan. Çunki Rojers ilgari Tramp siyosatini oçiq qöllab-quvvatlamagan.
Tahlilçilar ta’kidlaşiça, El-Sayedning AQŞning Isroilga yordamini tanqid qilişi va Rojersning Tramp bilan yaqinlaşuvi saylov natijalariga bevosita ta’sir körsatdi.
El-Sayedning Isroil va Amerika–Isroil jamoatçilik bilan aloqalar qömitasiga nisbatan tanqidiy pozitsiyasi yahudiy demokratlar ovozidan mahrum qilişi borasida xavotirlar bor edi. Umuman, AQŞ yahudiylari orasida ham turfa xillik kuzatildi. Ayrim demokratik va mustaqil yahudiy jamoat taşkilotlari Rojersni, «Miçigan yahudiylari demokratiya uçun» kabi birlaşmalar esa El-Sayedni qöllab-quvvatladi.
Boşqa tomondan, El-Sayed ğalabasini ta’minlagan afzalliklardan yana biri uning «Hamma uçun tibbiy suğurta» dasturidir. U bu dasturni qöllab-quvvatlaşini quyidagiça izohlagan:
«Men “Hamma uçun tibbiy suğurta” böyiça tom ma’noda kitob yozganman, çunki tibbiy xizmatdan foydalaniş imtiyoz emas, balki inson huquqidir. Dunyoning eng boy davlatida heç kim öziga zarur tibbiy yordamni oliş yoki qarzga botiş örtasida tanlov qilişga majbur bölmasligi kerak. Men “Hamma uçun tibbiy suğurta” dasturini joriy etiş va mamlakat böylab tibbiy qarzdorlikka barham beriş uçun qonun loyihasini ilgari suraman. Uşbu dastur har tomonlama tibbiy qamrovni kafolatlaydi, qöşimça tölov va franşizalarni bekor qiladi, şuningdek, ma’muriy isrofgarçilikni qisqartiriş hamda dori-darmon narxlarini muzokara qiliş orqali umumiy xarajatlarni kamaytiradi».
Saylov kampaniyasi davomida El-Sayed Vaşington siyosatidan norozi bölgan oddiy fuqarolarning kayfiyatini hamda AQŞning Isroil bilan aloqalariga nisbatan norozilikni öz kampaniyasining asosiy mavzulariga aylantirdi. U siyosatdagi pul ta’siriga qarşi çiqdi va ştatdagi saylovçilar xarajatlarining oşişiga sabab bölayotgan Tramp siyosatini tanqid qildi.
El-Sayed partiya nomzodiga aylanganidan keyin sobiq prezident Barak Obama ham uni qöllab-quvvatlay boşladi. U 24-oktyabr kungi saylovoldi mitingida saylovçilarni El-Sayedga ovoz berişga çorladi: «U biz boşlagan işni oxiriga yetkazadi», degan Obama.
Ovoz beriş natijalariga köra, Abdul El-Sayed asosiy raqibi — respublikaçi Mayk Rojers hamda uçinçi tomon nomzodlari bölmiş Duglas P. Marş, Lidiya Kristensen, Uolter Kristi va Timoti Long ustidan işonçli ğalaba qozondi.
AQŞ Senatida yangi sahifa
AQŞ Senati jami 100 nafar a’zodan iborat. Senatorlar olti yil muddatga saylanadi va ularning barçasi bir vaqtda qayta saylanmaydi.
2026-yilda Senatdagi 33 ta örin uçun navbatdagi saylov, yana ikkita örin uçun esa muddatidan oldin saylov ötkazilişi belgilangan edi. Saylovda demokratlarga tegişli 13 ta, respublikaçilarga tegişli 20 ta örin uçun kuraş olib borildi. Muddatidan oldin ötkaziladigan ikki saylovni ham hisobga olganda, jami 35 ta örin böyiça ovoz beriş rejalaştirilgan edi.
Saylovgaça respublikaçilar Senatda köpçilikni taşkil qilgan: ular 53 ta, demokratlar esa 45 ta öringa ega edi. Qolgan ikki senator mustaqil bölsa-da, demokratlar bilan birga harakat qilgan.
3-noyabr kungi saylovlardan söng demokratlar Senat ustidan nazoratni qaytarib oldi. Bu ularga qonun loyihalarini muhokama qiliş va ovozga qöyiş jarayonida ustunlik beradi.
El-Sayedning ğalabasi Demokratik partiya içidagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlovçi kuçlarning mavqeini mustahkamladi. Şuningdek, u AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon amerikalik sifatida mamlakat siyosiy tarixida yangi sahifa oçdi.
Mavzuga oid yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
