updated: 22.03.2026, 16:33

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

­­Amerikalik diplomatlarning yaqinda Kobulga qilgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi ilk ehtiyotkor qadamlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

2025-yil 21-mart kuni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakili Zalmay Halilzod boshchiligidagi amerikalik delegatsiya Kobulga keldi. Delegatsiya Tolibonning tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlar, hibsga olinganlar masalasi va AQShdagi afg‘onlar uchun konsullik xizmatlari haqida muzokara olib bordi. Muzokatalar natijasida Tolibon ikki yildan ortiq qamoqda bo‘lgan AQSh fuqarosi Jorj Glezmanni ozod qildi.

Tashrifdan so‘ng darhol bir nechta voqealar yuz berdi, ular tashqi tomondan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, AQShning Afg‘onistondagi siyosatini qayta ko‘rib chiqish boshlanganidan darak beradi.

Birinchi va eng ramziy voqea – AQShning Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi va Haqqoniy tarmog‘i yetakchilaridan biri Sirajuddin Haqqoniyni qo‘lga olishga olib keladigan ma’lumot uchun belgilangan 10 million dollarlik mukofotni bekor qilish qarori bo‘ldi. Garchi AQSh tomoni bu qarorni rasmiy ravishda tasdiqlamagan bo‘lsa-da, bu mukofot haqidagi ma’lumotning rasmiy manbalardan olib tashlangani Tolibon tomonidan AQShning muloqotga tayyorligiga ishora sifatida qabul qilinishi mumkin. Ayniqsa, bu holat amerikalik fuqaroni ozod qilishdan so‘ng sodir bo‘lgani e’tiborga molikdir.

Ikkinchi muhim voqea – 2021-yilda AQSh qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin Kobuldagi sobiq AQSh elchixonasi devorlariga yozilgan antiamerikacha shiorlarning olib tashlanishi bo‘ldi. Tolibon bu ishni rejaviy ta’mirlash deya izohladi, ammo bu ishning amerikalik diplomatlar tashrifi bilan bir paytda sodir bo‘lishi tasodif deb bo‘lmaydi. Bu, aksincha, Tolibonning munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini ko‘rsatish niyatidan dalolat beradi.

Uchinchi voqea – Islomiy Davlat jangarilari tomonidan Taxor viloyatida bir xitoylik fuqaroni o‘ldirilishi, Afg‘onistondagi ichki beqarorlik va tashqi tahdidlarga nisbatan zaiflikni bilvosita ko‘rsatadi. Bu hodisa mamlakatdagi murakkab vaziyatni yoritib beradi va Xitoyning Afg‘onistonni global “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusiga qo‘shish rejalari taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xitoy foydasiga Afg‘onistonni boy berish tahdidi – ayniqsa, AQSh bu mamlakatga yigirma yillik davrda katta miqdorda moliyaviy va inson resurslarini sarflagani fonida – Vashingtonni ehtiyotkorlik bilan yana faol harakatlarga undamoqda. Afg‘oniston yer osti boyliklari, xususan, taxminan 1,4 million tonnani tashkil qiluvchi kamyob yer metallarining 3 trillion dollargacha baholangan zaxiralari bilan jahon kuchlari uchun hanuz jozibali bo‘lib qolmoqda. AQSh esa, Afg‘onistonda harbiy kampaniya va barqarorlashtirishga 2 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflagan holda, bu resurslarning butunlay Pekin nazoratiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishni istamaydi.

Bundan tashqari, AQSh Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazish uchun hali ham muhim vositalarga ega. Eng muhim vosita – AQSh moliyaviy muassasalarida saqlanayotgan va qiymati qariyb 7 milliard dollarga teng muzlatilgan Afg‘oniston aktivlaridir. Ushbu mablag‘larning muzlatilishini bekor qilish Afg‘onistonning iqtisodiy ahvolini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin bo‘lib, Tolёibon bilan muzokaralarda muhim savdolashuv kartasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, AQSh xalqaro tashkilotlar orqali va insonparvarlik yordami ko‘rinishida ham Tolibonga bosim o‘tkazish vositalariga ega bo‘lib qolmoqda. Bu esa hozirgi afg‘on hokimiyati uchun nihoyatda muhimdir.

Shu bilan birga, AQSh diplomatiyasi Tolibon bilan yaqinlashuv imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan o‘rganmoqda. AQShning bu boradagi qarori Tolibonning inson huquqlari va xavfsizlik kabi asosiy masalalarda murosaga borish va hamkorlik qilishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Yana bir muhim omil – bu Tolibonning giyohvand modda ishlab chiqarishga qarshi kurashi hisoblanadi. Ko‘knori yetishtirishni taqiqlovchi choralar so‘nggi yillarda ekin maydonlarining keskin qisqarishiga olib keldi. Garchi 2024-yilda bu ko‘rsatkich 12,8 ming gektarga ko‘tarilgan bo‘lsa-da (2022-yildagi 232 ming gektarga nisbatan), bu baribir sezilarli yutuqdir. AQSh bu kurashni Tolibon bilan bosqichma-bosqich yaqinlashish uchun asos sifatida ko‘rsatishi mumkin.

Shunday qilib, AQShning hozirgi strategiyasi ehtimol Afg‘onistonga ehtiyotkorlik bilan qaytishni o‘z ichiga oladi. Maqsad – mamlakatning to‘liq Xitoy nazoratiga o‘tib ketishining oldini olish. Bu hali faqat ilk qadamlardir. Xitoy bilan faol raqobat haqida gapirishga erta, biroq yangi diplomatik o‘yin boshlanishi uchun zamin allaqachon yaratilgan.

Jaloliddin Ibragimov,
Xalqaro ilg‘or tadqiqotlar instituti

 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →