Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Kreml matbuot kotibining aytişiça, agar yangi tinçlik takliflari bölmasa, Rossiya ğalabagaça jang qiladi.
Siyosat
25.07.2026, 12:26
Ulashish:

Rossiya AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi uruşni yakunlaş böyiça sa’y-harakatlarini samimiy deb hisoblaydi va Vaşingtonning yangi takliflarini kutişga tayyor. AQŞ Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişda davom etayotgan bir paytda Moskva öz maqsadlariga harbiy yöl bilan erişişni davom ettirişini ma’lum qildi Dmitriy Peskov.
“Albatta, jangovar harakatlar afzal yöl emas. Biroq tinçlik istiqbollari körinmayotgani sababli biz bu işni oxirigaça, mutlaq ğalabagaça davom ettiramiz. Şuningdek, AQŞdan yangi takliflar ham kutib qolamiz”, — dedi Peskov.
Uning ta’kidlaşiça, Kreml Donald Tramp ma’muriyati bilan diplomatik muloqotni davom ettiriş tarafdori.
“Prezident Tramp va uning muzokaraçilari hammaga maqbul keladigan yeçimlarni işlab çiqişga intilmoqda. Ular taklif qilgan variantni biz qabul qildik, ammo Ukraina rad etdi”, — dedi u.
Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasidagi sönggi uç tomonlama tinçlik muzokaralari fevral oyida bölib ötgan edi. Kreml Yaqin Şarqdagi vaziyat barqarorlaşgaç, Vaşington vositaçiligidagi muzokaralar qayta tiklanişidan umidvor ekanini bir neça bor bildirgan.
Şuningdek, uşbu hafta AQŞ va Rossiyaning yuqori martabali diplomatlari Osiyoda qisqa uçraşuv ötkazdi. Moskva bir neça haftadan buyon Donald Trampning maxsus vakillarini muzokaralar uçun qabul qilişga tayyorligini bildirayotgan bölsa-da, uçraşuv sanasi hozirça e’lon qilinmagan.
“Ikkiyoqlama” pozitsiya
Peskov AQŞning pozitsiyasini “ikkiyoqlama” deb baholab, Vaşington bir tomondan uruşni tugatiş istagini bildirayotgan bölsa, ikkinçi tomondan Ukrainaga qurol yetkazib berişni davom ettirayotganini qayd etdi.
“Şunga qaramay, Tramp ma’muriyatining bu ikkiyoqlama pozitsiyasidan manfaatlarimizga mos keladigan örinlarda foydalanişimiz kerak. Ularning tinç yöl bilan yeçim topişga bölgan intilişi esa bizning manfaatlarimizga ham mos keladi”, — dedi Kreml vakili.
Mavzuga oid yangiliklar

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml
Jahon
05.06.2026, 16:01

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Ukraina dronlari Tula viloyatida ikki kishini o‘ldirdi, Kiyevda 8 kishi yaralandi
Jahon
11.09.2026, 14:27
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
