Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.
Siyosat
09.11.2026, 17:58
Ulashish:

Rossiyada işçi kuçi tanqisligi ortayotgan bir paytda, hukumat migrantlarning işlaş imkoniyatlarini çeklaşga intilmoqda. 2027-yildan mamlakatning sakkizta hududida xorijliklarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, ayrim hududlarda esa kuryerlik faoliyatiga ham çeklov joriy etilişi mumkin.
Mehnat vazirligi xorijiy işçilarning ruxsat etilgan uluşi töğrisida tegişli hukumat qarori loyihasini tayyorladi.
Çeklovlar Mordoviya, Çuvaşiya, Tatariston, Udmurtiya, Sverdlovsk, Orenburg va Ulyanovsk viloyatlari, şuningdek, Yahudiylar muxtor viloyatiga nisbatan qöllaniladi.
«Vedomosti» naşrining xabar berişiça, oktyabr oyi oxirida Rossiya uç tomonlama komissiyasi loyihani ma’qullagan. Endi hujjatni Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin imzolaşi kutilmoqda.
Mazkur çoralarni qöllaş uçun bir talay asoslar keltirilgan. Masalan, Mordoviyadagi çeklovlar yöl-transport hodisalarining oşib ketgani bilan izohlanmoqda. Respublika Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 2024–2025-yillarda xorijiy fuqarolar iştirokida 24 ta yöl-transport hodisasi qayd etilgan. Ularning oltitasida qurbonlar bor.
Bundan taşqari, qaror loyihasiga ilova qilingan materiallarda taksi sohasida noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq muammolar ham qayd etilgan. Şuningdek, qoidabuzarlar köpinça özlariga nisbatan tayinlangan ma’muriy jazolarni bajarişdan böyin tovlayotgani ta’kidlangan.
Qaror loyihasiga köra, migrantlarga dorixonalar, bozorlar va köçma savdo şoxobçalarida, şuningdek, dökon va savdo rastalaridan taşqarida savdo qiliş taqiqlanadi. Ixtisoslaştirilgan dökonlarda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotiş sohasida ham xorijliklarni işga olişga ruxsat berilmaydi.
Bundan taşqari, migrantlarga quriliş, sabzavot yetiştiriş, yoğoç savdosi va uni qayta işlaş, daraxt kesiş kabi sohalarda işlaşga qöyilgan çeklovlar ham saqlanib qoladi. Aholiga xizmat körsatiş va umumiy ovqatlaniş joylarida ham xorijliklarni işga oliş böyiça çeklovlar öz kuçida qoladi.
Ba’zi hududlarda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga oid mintaqaviy çeklovlar ilk bor joriy etilmoqda. Masalan, Tataristonda moliyaviy va suğurta faoliyati, veterinariya, qöriqlaş xizmatlari, taksi, xavfli yuklarni taşiş, şuningdek, kompyuterlar, şaxsiy foydalaniş buyumlari va maişiy jihozlarni ta’mirlaş sohalarida xorijiy işçilar uluşini nol darajagaça tuşiriş taklif etilmoqda. Kaluga viloyatida kuryerlik faoliyati, transport vositalari va uskunalarni ijaraga beriş hamda lizingning ayrim turlarida xorijiy işçilar uluşini nol darajasida belgilaş rejalaştirilgan.
Sankt-Peterburgda ham yangi çeklovlar
Sankt-Peterburg ma’muriyati xorijiy fuqarolarni bir qator sohalarda patent asosida işga qabul qiliş taqiğini 2027-yil uçun ham uzaytirmoqçi.
Uşbu taqiq bir qator kasblarga, jumladan, taksi haydovçilari, kuryerlar, sotuvçilar, murabbiylar, massajçilar va psixologlarga nisbatan amal qiladi. Şuningdek, xorijliklarga tibbiyot, kosmetologiya va sartaroşlik xizmatlari sohalarida ham patent asosida işlaş taqiqlanadi.
Ötgan yil dekabr oyida gubernator 2026-yil oxirigaça çet elliklarni patent asosida taksi haydovçisi va kuryer sifatida işga olişni taqiqlaş töğrisidagi qarorni imzolagan edi. 2026-yil kuzida rasmiylar taqiq doirasini dökonlar, gözallik salonlari va tibbiy xizmatlar sohalariga ham kengaytirişdi. Mazkur çoralar dekabr oyidan kuçga kiradi.
Sankt-Peterburg ma’muriyati ma’lumotlariga köra, hududda işlaş uçun patent Özbekiston, Tojikiston, Moldova, Ozarbayjon va Ukraina fuqarolaridan talab etiladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari — Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolarida esa patent oliş ehtiyoji yöq.
Sankt-Peterburgda mehnat migrantlarining asosiy qismini Markaziy Osiyoliklar taşkil etadi. «Vedomosti» naşrining yozişiça, 2026-yilning birinçi yarmida şaharda işlaş maqsadida migratsiya hisobiga qöyilgan 172,9 ming nafar xorijiy fuqaroning 109 mingga yaqini Özbekiston, 36,2 ming nafari Tojikiston, 12,5 ming nafari esa Qirğiziston fuqarolari bölgan. Uşbu uç davlat fuqarolari jami körsatkiçning 91 foizdan ortiğini taşkil etadi.
Rossiyada migrantlar soni kamaymoqda
2026-yilning birinçi yarmida Markaziy Osiyodan Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantlari oqimi qariyb 15 foizga kamaygani aniqlandi. Mamlakatda işçi kuçi tanqisligi esa allaqaçon jiddiy tus olgan.
2026-yilning dastlabki olti oyida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining işlaş maqsadida Rossiyaga kirişi 1,9 million kişini taşkil etgan. Ötgan yilning şu davrida bu körsatkiç 2,3 million edi.
Migrantlar oqimi kamayişiga avvalambor migratsiya siyosatining qat’iylaştirilişi, işlaş uçun ruxsatnomalar va tibbiy ma’lumotnomalarni rasmiylaştiriş xarajatlarining oşişi sabab bölmoqda.
Biroq byurokratik tösiqlar migrantlar kamayişining yagona sababi emas. Sönggi bir neça yil davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, xususan, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev mehnat qiliş uçun xorijga çiqmoqçi bölgan fuqarolarni Rossiyadan boşqa davlatlarga yönaltirişga faol harakat qilmoqda.
Masalan, iyun oyida Mirziyoyev Xitoy, Fransiya, Indoneziya, Birlaşgan Arab Amirliklari, AQŞ va Buyuk Britaniyadagi elçixonalarda turizm hamda mehnat migratsiyasini rivojlantiriş bilan şuğullanadigan diplomatik lavozimni joriy etiş töğrisida farmon çiqargan.
2-noyabrdagi yiğilişda esa xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni kasb va çet tillariga öqitiş böyiça yangi rejalar belgilandi. Xususan, kelasi yili har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tili öqitiladi, 10 ming nafar fuqaro Germaniyada işlaş uçun tayyorlanadi. Şuningdek, har bir hududda migratsiya markazlari oçiladi.
Şunga qaramay, Rossiya hamon özbekistonlik migrantlarning asosiy manzili bölib qolmoqda. 2026-yilning birinçi yarmida Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlarining 1,1 million nafari Özbekiston fuqarolariga töğri kelgan. Özbekiston bu borada boşqa davlatlar orasida yetakçiga aylandi.
Özbekistonga xorijdan kelib tuşadigan pul ötkazmalarining eng yirik manbasi ham Rossiya. Ammo bu borada uning uluşi 2026-yilning birinçi çoragida ötgan yilga nisbatan 8 foizga pasaydi. Bu davrda Rossiyadan Özbekistonga 2,75 milliard dollar yuborilgan. Qozoğiston, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelgan pul ötkazmalari uluşi esa biroz oşgan.
Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlari Rossiyada işçi kuçi yetişmaydigan, kam maoş tölanadigan va malaka talab qilmaydigan sohalarda muhim örin tutadi. Bular qatoriga quriliş, sanitariya va boşqa kommunal xizmatlar kiradi. Migrantlar sonining kamayişi esa aholiga körsatiladigan kommunal va boşqa xizmatlarga putur yetkazadi. Bundan taşqari Kremlning Ukrainadagi uruşni davom ettiriş uçun yangi askarlar yollaşga ham ehtiyoji katta.
Hozirda Rossiyada 2,5 milliontagaça böş iş örni mavjud. Işsizlik darajasi esa 2 foiz atrofida baholanmoqda. Köplab iqtisodçilarning fikriça, bu daraja inflyatsiyaning tezlaşişiga olib kelmoqda. Ayrim hisob-kitoblarga köra, 2030-yilga borib Rossiya pensiya yoşiga yetib, mehnat faoliyatini yakunlaydigan işçilarning örnini töldiriş va yangi iş örinlarini egallaş uçun mehnat resurslarini 10,9 million kişiga köpaytirişi kerak böladi.
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin
Siyosat
13.10.2026, 17:06

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
