AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi
Eronning aytishicha, AQSH vaqtinchalik sulh kelishuvini yo‘qqa chiqargan. Tramp esa Eronni “Birinchi bo‘lib o‘q uzish”da aybladi.
Siyosat
15.07.2026, 15:11
Ulashish:

AQSH va Eron o‘rtasida keskinlik yana kuchaydi. Vashington Eron portlariga qaratilgan dengiz blokadasini tikladi. Bu harakatlar esa ikki tomon o‘rtasidagi vaqtinchalik tinchlik kelishuvi barbod bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
AQSH harbiylari 14-iyul kuni soat 20:00 dan boshlab Eron portlari va uning qirg‘oq hududlarida kirayotgan hamda chiqayotgan kemalarga blokada joriy etilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, AQSH Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) bildirishicha, Eronga qarshi yangi havo hujumlari boshlangan.
So‘nggi zarbalar Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi tijorat kemalariga hujum qilish salohiyatini pasaytirishga qaratilgan.
14-iyul kuni Eron OAV AQSH Abadon shahri, Mahshahr porti, Qeshm va Kish orollariga zarba berganini ma’lum qilgan.
CENTCOM 13-iyul oqshomida ham Eron bo‘ylab keng ko‘lamli hujumlar uyushtirib, Bushehr va Bandar-Abbos shaharlarini nishonga olgan edi.
Eron bunga javoban Hormuz bo‘g‘ozining Ummon suvlarida ikkita kemaga zarba berdi. Hujum oqibatida ekipaj a’zolaridan biri halok bo‘lgan. Eron seshanba kuni Quvayt, Bahrayn va Iordaniyaga ham javob zarbalari yo‘lladi.
Mojaroning yangi bosqichi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi seshanba kuni ikkita supertankerga zarba berganini tan oldi. Ularning ta’kidlashicha, kemalar bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, harakatni davom ettirgan va natijada kuch bilan to‘xtatilgan.
Eron Iordaniyadagi Amerika harbiy obyektlariga ham zarba berganini da’vo qildi. AQSH harbiy-dengiz bazasi joylashgan Bahrayn esa Eronning havo hujumini qaytardi.
Keskinlik fonida Donald Tramp avvalroq e’lon qilgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalarga 20 foizlik yig‘im joriy etish rejasidan voz kechganini aytdi. Uning o‘rniga Fors ko‘rfazi davlatlari bilan savdo va investitsiya bitimlari tuzilishini ma’lum qildi.
“Birinchi bo‘lib ular o‘q uzdi”
Oq uyda so‘zga chiqqan Tramp 7-iyuldan qayta boshlangan harbiy keskinlik uchun Eronni aybladi.
“Birinchi o‘q uzgan ular. Bu juda katta xato bo‘ldi, chunki biz ularga qaqshatqich zarbalar bermoqdamiz. Ular bilan ishlash juda qiyin”, — dedi Tramp.
Donald Tramp o‘tgan hafta 17-iyunda imzolangan AQSH–Eron memorandumi amalda tugaganini aytib, AQSH Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni qayta boshlaganini Kongressga rasman bildirgan edi.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy davlat OAVga bergan intervyusida AQSH memorandumni buzib, undagi barcha majburiyatlarini poymol qilganini ta’kidladi.
Eron endilikda memorandum bo‘yicha, ayniqsa Hormuz bo‘g‘oziga oid hech qanday majburiyatga ega emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH blokada orqali Tehronni muzokaralarga qaytaraman deb o‘ylasa, qattiq adashadi.
Siyosat
15.07.2026, 15:11
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp
Jahon
11.07.2026, 11:14

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi
Jahon
08.07.2026, 10:21

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi
Jahon
03.09.2026, 11:53

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda
Siyosat
26.08.2026, 10:36

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi
Siyosat
20.08.2026, 16:33
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
