Diyego Maradonaning “Xudoning qo‘li” to‘pi arzonga – 3,35 million dollarga sotildi
1986-yilgi Jahon chempionatida Argentina-Angliya o‘yinida ishlatilgan Adidas Azteca to‘pi kimoshdi savdosida taxmin qilingan 10 million dollarlik narxiga yeta olmadi.
Sport
25.08.2026, 15:08
Ulashish:

Diyego Maradona 1986-yilgi Jahon chempionatida Angliyaga qarshi o‘yinda mashhur “Xudoning qo‘li” golini urgan futbol to‘pi auksionda 3,35 million dollarga (2,9 million yevro) sotildi.
Yakuniy narx savdo oldidan belgilangan 10 million dollarlik (8,6 million yevro) bahodan ancha past bo‘ldi.
Futbol tarixidagi eng bahsli gol
2020-yilda vafot etgan Maradona bu bahsli golni Argentinaning Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yinida, Mexiko shahridagi “Asteka” stadionida urgan.
Bu zarba dastlab bosh bilan urilgan golga o‘xshab ko‘ringan. Biroq sekinlashtirilgan videolarda Maradona qo‘li bilan to‘pni Angliya darvozaboni Piter Shilton ustidan oshirib yuborgani aks etgan.
O‘sha paytda tunislik hakam Ali Bin Nosir qo‘l bilan o‘ynalganini payqamadi va golni hisobga oldi.
“Turnirdan oldin FIFA tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, golning haqiqiyligini tasdiqlash uchun qanot hakamimga qaradim. U golning to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qilib, maydon markaziga qaytdi”, – degan Nosir.
Maradona bu golni “bir oz Maradonaning boshi bilan, bir oz Xudoning qo‘li bilan” urilgan deb ta’riflagan. Keyinchalik u to‘pni qo‘li bilan ataylab o‘ynaganini tan olgan va bu golni 1982-yilgi Folklend urushida vatani mag‘lubiyatga uchragani uchun Buyuk Britaniyadan olingan “ramziy qasos” deb atagan.
“Asr goli”
“Xudoning qo‘li” golidan atigi to‘rt daqiqa o‘tib, Maradona yana bir gol urgan.
To‘pni o‘z maydonining yarmida qabul qilib olgan Maradona deyarli butun Angliya jamoasi futbolchilarini aldab o‘tib, uni darvozaga yo‘lladi. Keyinchalik bu gol FIFA tomonidan “Asr goli” deb topildi.
Argentina o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Rekord yangilanmadi
Adidas Azteca to‘pi ilk bor 2022-yilda auksionga qo‘yilgan. O‘shanda takliflar 2,37 million dollarga (2 million yevro) yetgan, biroq belgilangan minimal narxga erishilmagan.
Keyinchalik 2023-yilda yana auksionga qo‘yildi, ammo o‘shanda ham sotilmadi.
So‘nggi savdoda to‘langan narx esa eng qimmat sotilgan sport to‘pi rekordini ham yangilay olmadi.
Bu rekord hozirda “Los-Anjeles Dodgers” superyulduzi Shohei Ohtanining 50-xoum-ran to‘piga tegishli bo‘lib, u 2025-yilda 4,39 million dollarga (3,8 million yevro) sotilgan.
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l oldi
Sport
07.09.2026, 09:51

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
02.09.2026, 12:25

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi
Sport
20.07.2026, 11:13

Argentina terma jamoasini kelajakda kim boshqarishi noaniq
Sport
20.07.2026, 10:07

JCH–2026 finali AQSh tarixidagi eng qimmat sport musobaqasiga aylandi
Sport
18.07.2026, 11:08

Endi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etadimi?
Sport
13.07.2026, 16:12
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi
Iqtisodiyot
16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?
Sport
16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov
Madaniy
16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Jahon
15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi
Madaniy
15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Neft narxining $100 dan oshishi Markaziy Osiyo davlatlariga turlicha ta’sir qiladi
Jahon
14.09.2026, 16:56
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
