Argentina terma jamoasini kelajakda kim boshqarishi noaniq
Dekabr oyida Lionel Skalonining shartnomasi yakunlanadi. Agar u uzaytirilmasa, Skaloni Argentina terma jamoasi tarixida eng muvaffaqiyatli murabbiy sifatida muhrlanadi.
Sport
20.07.2026, 10:07
Ulashish:

Jahon chempionati finalida 10 kishi bo‘lib qolgan Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘yindan so‘ng bergan intervyusida kelajakdagi murabbiylik faoliyati borasida hali bir qarorga kelmaganini aytdi.
48 yoshli mutaxassis 2018-yilgi Jahon chempionatida Argentina 1/8 finalda musobaqani tark etganidan so‘ng bosh murabbiy etib tayinlangandi. O‘sha paytda uning mustaqil murabbiy sifatidagi tajribasi deyarli yo‘qligi sabab bu qarordan ko‘pchilik norozi bo‘lgandi.
Dekabr oyida Skalonining shartnomasi yakunlanadi. Agar u uzaytirilmasa, Skalo Argentina terma jamoasi tarixida eng muvaffaqiyatli murabbiy sifatida muhrlanadi.
Uning murabbiyligida Argentina:
- 2022-yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi;
- 2021 va 2024-yillarda Amerika kubogini qo‘lga kiritdi;
- 2026 yilgi mundialda jamoa finalga chiqdi.
“Shartnomam yakunigacha ishlayman, keyin biroz o‘ylab olishim kerak. Chunki bundan ham kattaroq natijaga erishish mumkinmi yoki yo‘qmi, bilmayman”, — dedi Skaloni.
Agar Skaloni faoliyatini davom ettirsa, endi ancha o‘zgargan tarkib bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi.
39 yoshli Lionel Messi turnir davomida 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan yana bir bor yuqori mahoratini namoyish etdi. Biroq sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibining 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi amrimahol.
2022 va 2026-yilgi Jahon chempionati finallarida Argentinaning asosiy tarkibida sakkiz nafar futbolchi maydonga tushdi. Yaqin yillarda esa jamoada sezilarli avlod almashinuvi bo‘lishi muqarrar.
Skaloni final natijasiga e’tirozi yo‘qligini ham ta’kidladi. Uchrashuv davomida Ispaniya to‘p nazorati va zarbalar soni bo‘yicha ustunlik qildi hamda Ferran Torresning qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasidagi goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga eng kerakli narsani – kuch-g‘ayratni berishdi. Oxirigacha kurashdik, ammo bu safar nasib qilmadi. Tan olishimiz kerak, Ispaniya g‘alabaga loyiq edi. Ammo, biz ham juda yaqin turgandik. Futbolchilarim va Jahon chempionati finaliga chiqishimiz uchun mehnat qilgan barchaga rahmat!” – dedi murabbiy.
Sport
20.07.2026, 10:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
02.09.2026, 12:25

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi
Sport
20.07.2026, 11:13

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

JCH–2026 finali AQSh tarixidagi eng qimmat sport musobaqasiga aylandi
Sport
18.07.2026, 11:08

Besh yil avvalgi bashorat: Argentina Ispaniyani 3:2 hisobida yutadi
Sport
16.07.2026, 15:16

Endi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etadimi?
Sport
13.07.2026, 16:12
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30
So'nggi yangiliklar

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30
