Suriya 11 kun ichida: 53 yillik tizim ag‘darildi, prezident Rossiyaga qochib ketdi, isyonchilar hukumatni egalladi (foto)
Suriyada ellik uch yildan beri hukmronlik qilib kelayotgan Asadlar sulolasi tugatildi. Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad esa, Rossiyadan boshpana soʻrab Moskvaga yashirin tarzda qochib ketdi. Mamlakatda qolgan Suriya Bosh vaziri hukumatni isyonchilarga tinch holatda topshirishni aytdi. Shuningdek, Rossiya va Eron nazaridan chetda qolgan Suriya isyonchilar qoʻliga oʻtib, mamlakatda Asadlar rejimi butkul tugatildi.
Jahon
09.12.2024, 16:36
Ulashish:

Сурия 11 кун ичида: 53 йиллик тизим ағдарилди, президент Россияга қочиб кетди, исёнчилар ҳукуматни эгаллади (фото)
Suriyada 53 yil hukr surgan tizimning qulashi haqida
Suriyada 2011 yilda "arab bahori" harakatlari taʼsirida boshlangan noroziliklar mamlakat rahbari Bashar Asad tomonidan oʻrnatilgan hukumat boshqaruviga qarshi qurolli qoʻzgʻolonga aylandi. Hukumat esa yillar davomida bu qoʻzgʻolonni ayovsiz bostirib keldi. Suriyada hukmronlik qilgan prezident Bashar Asad davrida fuqarolar urushi va mamlakat siyosatiga xalqaro aralashuvlar boʻlib turdi. Fuqarolar urushi Rossiya va Eron harbiylari yordamida bostirib kelindi.
Joriy yilning 27 noyabr kuni Suriya muxolif kuchlari "Hayʼat Tahrir ash-Shom" qurolli guruhi aʼzolari mamlakatning Aleppo va Idlib viloyatlarida hukumat pozitsiyalariga qarshi keng koʻlamli urush boshladi. 7 dekabrga kelib muxolifatchilar Halab, Dayr-Az-Zor, Dara, Hama va Homsni egallab oldi. 8 dekabrda esa mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6 atrofida muxolifatchilar mamlakat poytaxti Damashq shahrini egallab oldi. Ular 2011 yildan buyon Bashar Asad rejimiga qarshi turgani uchun qamalib ketgan mahbuslar saqlanadigan shahar chekkasidagi Sayednai qamoqxonasini nazoratga olib, mahbuslarni ozod qildi. Shundan soʻng minglab Damashq aholisi koʻchalarga chiqib, isyonchilarni olqishladi.
Shu kuni, yaʼni 8 dekabrda Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatni tark etganligini maʼlum qilindi. Shundan soʻng Suriya qurolli muxolif guruhlari bilan aloqador Harbiy operatsiyalar boshqarmasi Bashar Asadni hibsga olishga yordam beradigan har qanday maʼlumotni taqdim etgan kishiga 10 million dollar mukofot eʼlon qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Syrian Air aviakompaniyasining IL-76 rusumli, ichida Bashar Asad boʻlgani taxmin qilinayotgan samolyot Suriya poytaxtidagi aeroportdan havoga koʻtarilgan va Xoms shahrida radarlardan yoʻqolib qolgan. Shu jarayonda mamlakat Bosh vaziri Muhammad Gʻoziy al-Jaloliy yakshanba kuni ertalab xalq tanlangan har qanday rahbariyat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib, vido chiqish qildi.
"Biz xalq tanlagan har qanday rahbariyat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz, davlat funksiyalarining muammosiz va tizimli ravishda oʻtishini taʼminlash, davlat obʼektlarini saqlab qolish uchun har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyormiz", degan u.
Mamlakatni boshqarayotgan "Hayʼat Tahrir ash-Shom" jangarilari rahbari Abu Muhammad al-Jolaniy esa oʻzining Telegram sahifasida muxolifatchilarni davlat muassasalarini zararsiz tark etishga chaqirdi.
"Damashq shahridagi barcha harbiy kuchlarga davlat muassasalariga yaqinlashish qatʼiyan man etiladi. Bu muassasalar rasman topshirilgunga qadar sobiq bosh vazir nazorati ostida qoladi. Shuningdek, havoga oʻq uzish ham taqiqlanadi", degan u.
Shu tariqa mamlakatni 53 yildan beri boshqarib kelayotgan Asad rejimi tugatildi. TACCning maʼlum qilishicha, Rossiya Bashar Asad va uning oila aʼzolariga insonparvarlik nuqtai nazaridan boshpana bergan.
Xalqaro tahlilchilar va siyosatchilar Suriyada Bashar Asad rejimining tugatilishiga uni qoʻllab-quvvatlagan Eron va Rossiya keng koʻlamli urushlar bilan ovora boʻlib, yordam bera olmaganini sabab sifatida koʻrsatmoqda.
AQSh Prezidenti etib saylangan Donalʼd Tramp ham Rossiya Ukraina bilan, Eron esa Isroil bilan urushda band boʻlgani tufayli Suriyaga qiziqish yoʻqolganini aytib chiqdi.
"Kimga toʻy, kimga aza?.." Qulagan tizimga munosabat
Rossiya: Bashar Asadning mamlakatdan chiqib ketishi oqibatida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Suriyadagi vaziyat boʻyicha bayonot bilan chiqdi.
Unga koʻra, Bashar Asad Suriya Respublikasida boʻlgan qurolli mojaro ishtirokchilari bilan muzokaralar oʻtkazib, hokimiyatni tinch yoʻl bilan ularga topshirishga koʻrsatma bergan. Shundan keyin prezidentlik lavozimidan voz kechgan va mamlakatni tark etgan.
Siyosatshunos Suhrob Boʻronov oʻzining Telegram sahifasida yozishicha, Bashar Asad nomidan Rossiyaning bunday bayonot berishidan, ayniqsa "tinch yoʻl bilan topshirish" haqidagi qismidan anglash mumkinki, Asadning taslim boʻlishi "Kremlning topshirigʻi" bilan amalga oshirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Suriyaning Dara shahridagi harbiy bazasini Isroil armiyasiga topshirgan.
Isroil: "The Times of Israel" nashrining yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Asad rejimining qulaganidan xursand. U bu urushda vayron boʻlgan mintaqadagi mavjud chegaralar va madaniy toʻsiqlarni yoʻq boʻlishiga umid qilmoqda.
Shuningdek, Netanyaxu bu kabi muammolarning yoʻq boʻlishi tufayli ikki mamlakat aholisi chegaradan oʻtishda muammoga duch kelmasligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, Isroil harbiylari Suriyadagi vaziyatni juda yaqindan kuzatayotganini va bu voqeada Eronning harakatlari va manfaatlariga eʼtibor qaratishini bildirgan.
Isroil Mudofaa kuchlari bosh shtab boshligʻi Gerzi Halevi Isroil kuchlari Suriyadagi voqealarga aralashmayotganini, balki hududdagi tahdidlarning oldini olishga harakat qilayotganini hamda bu boʻyicha turli variantlar tayyorlayotganini aytgan.
Eron: "Newsweek" nashrining yozishicha, joriy yilning 6 dekabr kuni Suriyadagi vaziyatning keskinlashgani hamda isyonchilar Suriya prezidenti Bashar al-Asad rejimini agʻdarish bilan tahdid qilgani sababli Eron Suriyadan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishni boshlagan.
8 dekabr kuni Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon Asad rejimi tugatilganidan keyin oʻz vazirlari bilan yigʻilish oʻtkazgan. U Suriyadan qochgan Bashar Asad oʻrniga qanday hukumat boʻlishini tanlash suriyaliklarning oʻz ixtiyorida ekanliklarini aytgan. Shuningdek, u endi Suriyadan uzoqlashish kerakligini taʼkidlagan.
"Suriya xalqi oʻz mamlakatining kelajagi, uning siyosiy va hukumat tizimi haqida oʻzlari erkin, hech qanday zoʻravonliksiz va chet el aralashuvisiz qabul qilishi kerak", degan u.
AQShning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Asad rejimining qulashini adolatning asosiy harakati deya tariflagan.
"Bu rejimning qulashi adolatning asosiy harakatidir. Bu Suriyaning sabr-toqatli xalqi uchun oʻz mamlakatlarida yaxshiroq kelajak qurish uchun tarixiy imkoniyatdir. Hozir Suriya xalqi va butun mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda", deb yozgan u X sahifasida.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron oʻzining X sahifasida vahshiy davlat qulagani haqida yozib, Suriya xalqiga, ularning jasoratiga, sabr-toqatiga hurmat bajo keltirgan.
"Ushbu noaniq lahzada men ularga tinchlik, erkinlik va birdamlik tilayman. Fransiya Yaqin Sharqdagi barcha xavfsizlikka sodiq qoladi", deya yozgan u.
Maʼlumot oʻrnida, Abu Muhammad al-Joʻlaniy boshchiligidagi "Hayʼat Tahrir ash-Shom" isyonchilar guruhi 2018 yilda AQSh va Gʻarb davlatlari tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. Ammo Asad rejimini tugatib, hukumatni egallaganidan soʻng Gʻarb va Rossiya uni muxolif tashkilot sifatida koʻrmoqda. Lekin bu davlatlar hali tashkilotning rahbarini terrorchilar safidan chiqarmagan.
Mavzuga oid yangiliklar

Suriyadagi terrorstik guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan qoʻqonlik bola 6 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:10

Suriya Asadlar hokimiyatidan keyingi ilk saylov oʻtkaziladi
Jahon
28.07.2025, 10:33

Isroil va Suriya sulhga erishdi
Jahon
19.07.2025, 13:42

AQSh :" Hayʼat tahrir ash-Shom" guruhini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi
Jahon
08.07.2025, 13:06

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

AQSh Suriyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qildi
Siyosat
01.07.2025, 11:39
Mashhur yangiliklar

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot yuzaga kelgan nosozlik tufayli ortga qaytarildi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 01:05
So‘nggi yangiliklar

OKMKda yana bir texnologik raqamli podstansiya barpo etilmoqda
Iqtisodiyot
11.08.2025, 21:40

Diniy qoʻmita endi litsenziyasi boʻlmagan «umrachi»larni «ovlaydi»
Oʻzbekiston
11.08.2025, 20:37

Ronaldino va Luish Figu Toshkentga keladimi?
Sport
11.08.2025, 19:47

Jomboydagi gaz quyish shoxobchasida yuz bergan yongʻinda avtomobillar yonib ketdi
Oʻzbekiston
11.08.2025, 18:45

Isroil hujumi natijasida halok boʻlgan jurnalistlar soni 6 nafarga yetdi
Jahon
11.08.2025, 18:17

2025 yilda Oʻzbekistonga nechta sayyoh keldi?
Oʻzbekiston
11.08.2025, 17:42

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Qozogʻistonga 600 mln kub metr suv yuboradi
Oʻzbekiston
11.08.2025, 17:14

AI-92 benzin narxi arzonlashtirildi
Iqtisodiyot
11.08.2025, 16:40

Shahram Gʻiyosov chempionlik jangini qachon oʻtkazadi?
Sport
11.08.2025, 15:39

DXX: MIB xodimiga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
11.08.2025, 14:41

Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining reytingi joriy etiladi
Oʻzbekiston
10.08.2025, 14:42

“Oʻzbekgidroenergo” AJ GESlar sonini 100 dan oshirishni rejalashtirmoqda (+video)
Iqtisodiyot
10.08.2025, 10:06
Mashhur yangiliklar

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot yuzaga kelgan nosozlik tufayli ortga qaytarildi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 01:05