TDT rahbarlari Shimoliy Kiprni turk dunyosining ajralmas qismi ekanini tasdiqlashdi
Turkiy Davlatlar Tashkilotining Ozarboyjonda oʻtkazilgan 12-Sammiti yakunlari boʻyicha yetakchilar tomonidan qabul qilingan qoʻshma bayonotda turkiy davlatlar oʻrtasida har bir sohada hamjihatlik, hamkorlik va muvofiqlashuvni kuchaytirishga oid qatʼiylik tasdiqlanib, tashkilotning Falastin, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Suriya kabi mintaqaviy masalalarga nisbatan pozitsiyasi bayon etildi.
Siyosat
08.10.2025, 14:16
Ulashish:

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) asl aʼzolari — Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston liderlari imzolagan bayonotda TDT aʼzolarining tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikka boʻlgan sadoqatlari tasdiqlanib, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan majburiyatlar yana bir bor taʼkidlandi. Bayonotda turk davlatlari oʻrtasida barcha sohalarda hamjihatlik, hamkorlik va muvofiqlashuvni kuchaytirishga boʻlgan mustahkam qatʼiylik ifoda etildi.
Bayonotda «Turkiy davlatlar oʻrtasida strategik hamkorlik, abadiy doʻstlik va qardoshlik shartnomasi» loyihasini koʻrib chiqishni tezlashtirish chaqiruvi qilindi.
Liderlar Islomga nisbatan har qanday nafratga qarshi kurashish va bu holatni hal qilish uchun xalqaro platformalarda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini yana bir bor tasdiqladilar.
Ozarboyjon va Armaniston oʻrtasida Ozarboyjonning asosiy hududlari bilan Naxichevon Avtonom Respublikasi oʻrtasida toʻsiqsiz aloqani taʼminlaydigan, mintaqa tranzit salohiyatini yuzaga chiqaradigan, tinchlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qoʻshadigan aloqa yoʻllarini ochishga oid kelishuv mamnuniyat bilan qabul qilingani qayd etildi. Bayonotda «Aʼzo davlatlar Zangezur koridori loyihasini ishlab chiqish va rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirgani, Boku-Tbilisi-Qars temir yoʻlidan eng yuqori salohiyat bilan foydalanish majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlagani, shu bilan birga, Trans-Kaspiy Xalqaro Sharq-Gʻarb oʻrta koridori hamda Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻlini mintaqalararo bogʻliqlikni kuchaytirish, Yevropa bilan Osiyo orasidagi savdo yoʻllarini diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan muhim ekanligini taʼkidlagani» qayd etildi.
Kipr muammosi boʻyicha esa oroldagi mavjud realliklarga asoslanib, kelishilgan, oʻzaro qabul qilinadigan va amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yechimga erishish zarurligi qayd etildi. Bayonotda TDT aʼzolarining «Turk dunyocining ajralmas qismi boʻlgan Kipr turk xalqi bilan ularning teng huquqlarini taʼminlash istaklarida hamjihat ekanliklari» qayd etildi.
Bayonotda Gʻazodagi gumanitar vaziyatning yomonlashib borayotganidan chuqur tashvish bildirilib, shoshilinch va doimiy otashkesim hamda gumanitar yordamga toʻsiqsiz kirish imkoniyatini taʼminlashga chaqiriq qilindi.
Isroil-Falastin mojarosiga adolatli va doimiy yechim topish zarurligiga urgʻu berilgan bayonotda 1967 yilgi chegaralar asosida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan Falastin davlatini koʻzda tutgan ikki davlatli yechim BMTning tegishli qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi zarurligi qayd etildi.
Suriya masalasiga ham toʻxtalib oʻtilgan bayonotda TDT aʼzolari Suriyaning hududiy yaxlitligi, birligi hamda mamlakat xavfsizligi, barqarorligi va tiklanishiga qaratilgan qoʻllab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar.
Siyosat
08.10.2025, 14:16
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

«Uyda yolgʻiz» filmi yulduzlari 35 yildan soʻng yana birga
Madaniy
22.12.2025, 13:15

Talabalar uchun oʻqish 12 yanvardan boshlanadi
Ta'lim
11.12.2025, 16:19

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

Yangi yil oldidan yolgʻon chegirmalarga qarshi nazorat kuchaytirildi
Iqtisodiyot
11.12.2025, 11:51

Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz tartibga oʻtadi
Iqtisodiyot
10.12.2025, 17:05
So‘nggi yangiliklar

Toshkent — Andijon oʻrtasida pulli yoʻl: vaqt 2 soatgacha qisqaradi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 17:43

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05

Nestlé bolalar ovqatining ayrim partiyalari savdodan olib tashlanmoqda
Oʻzbekiston
07.01.2026, 12:11

Xayr, Honda Crider? Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi
Iqtisodiyot
07.01.2026, 10:39

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 09:25

Latviyada rus tiliga cheklov qoʻyildi
Jahon
07.01.2026, 08:21

AQSh viza uchun garov puli talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi
Jahon
06.01.2026, 18:06

Oʻzbekistonda birinchi islomiy bank qachon ochiladi?
Iqtisodiyot
06.01.2026, 15:15

Qurilayotgan uylarning zilzilaga chidamligi: nima uchun bu muhim va qanday oʻlchanadi?
Oʻzbekiston
06.01.2026, 12:40

NYT: Maduroning ommaviy raqslari harbiy tahdidga sabab boʻlgan
Jahon
06.01.2026, 11:30

Ramzan Qodirovning toʻngʻich oʻgʻli yuqori lavozimga tayinlandi
Jahon
06.01.2026, 09:19

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08
Mashhur yangiliklar

«Uyda yolgʻiz» filmi yulduzlari 35 yildan soʻng yana birga
Madaniy
22.12.2025, 13:15

Talabalar uchun oʻqish 12 yanvardan boshlanadi
Ta'lim
11.12.2025, 16:19

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

Yangi yil oldidan yolgʻon chegirmalarga qarshi nazorat kuchaytirildi
Iqtisodiyot
11.12.2025, 11:51

Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz tartibga oʻtadi
Iqtisodiyot
10.12.2025, 17:05

