Toshkentda havo ifloslanishi: masʼuliyat kimda va xalqaro huquq nima deydi?
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bu boradagi muhokamalarga munosabat bildirib, ayrim «ekspert»lar tanqidini asossiz deb atadi. U tabiat jarayonlarini hech bir davlat toʻliq nazorat qila olmaydi, degan fikr bildirgan va havo ifloslanishi muammolarini sof tabiiy jarayon sifatida koʻrsatishga uringan. Biroq xalqaro huquq nuqtai nazaridan fuqarolarning sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitda yashashi davlat zimmasidagi aniq va huquqiy jihatdan belgilangan majburiyatdir. Tabiiy jarayonlarni bahona qilish davlatni masʼuliyatdan xalos etmaydi.
Oʻzbekiston
25.11.2025, 10:40
Ulashish:

Soʻnggi yillarda Toshkent va boshqa shaharlarda havo sifati keskin yomonlashib, jamoatchilikda jiddiy xavotirlarni keltirib chiqardi. Jumladan, Toshkent havo sifati indeksi boʻyicha dunyoning havosi eng iflos shaharlar roʻyxatida muntazam ravishda birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. PM2.5 mikrozarar moddalarining 215,5 mikrogramm/m³gacha oshishi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti meʼyorlaridan oʻnlab marta yuqori koʻrsatkich sanaladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bu boradagi muhokamalarga munosabat bildirib, ayrim «ekspert»lar tanqidini asossiz deb atadi. U tabiat jarayonlarini hech bir davlat toʻliq nazorat qila olmaydi, degan fikr bildirgan va havo ifloslanishi muammolarini sof tabiiy jarayon sifatida koʻrsatishga uringan. Biroq xalqaro huquq nuqtai nazaridan fuqarolarning sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitda yashashi davlat zimmasidagi aniq va huquqiy jihatdan belgilangan majburiyatdir. Tabiiy jarayonlarni bahona qilish davlatni masʼuliyatdan xalos etmaydi.
Davlatning bu sohadagi majburiyatlari bir qator xalqaro hujjatlarda yoritilgan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insonning yashash va xavfsizlik huquqini kafolatlaydi hamda atmosferaning inson hayotiga bevosita taʼsir qiluvchi asosiy omil ekanini tan oladi. Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda yashash huquqi davlat tomonidan himoya qilinishi kerakligi belgilangan boʻlib, ekologik xavfsizlik taʼminlanmagan vaziyatda ushbu huquqning buzilishi ehtimoli qayd etiladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda esa davlatlar sogʻliqni saqlashning eng yuqori standartlarini taʼminlash hamda zararli ekologik omillarni kamaytirish boʻyicha choralar koʻrishi shartligi belgilangan. 2021 yilda BMT Inson huquqlari Kengashi sogʻlom atrof-muhitni insonning ajralmas va mustaqil huquqi sifatida tan oldi. Bu esa davlat zimmasiga havoni monitoring qilish, xavfli darajadagi ifloslanishning oldini olish, manbalarni aniqlash, javobgar shaxslarga chora koʻrish va aholini toʻliq hamda haqqoniy axborot bilan taʼminlash majburiyatini yuklaydi.
Toshkentdagi holatni tahlil qilganda, havo ifloslanishi faqat tabiiy omillar — havo bosimi pastligi yoki iqlim oʻzgarishi bilan izohlanmaydi. Shahar atrofidagi yirik qurilish ishlari, sement va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, isitish mavsumidagi koʻmir va yonilgʻi yoqilishi, avtotransport vositalaridagi eski standartlar, filtrsiz yoki nazoratsiz ishlayotgan korxonalar, ekologik talablarning bajarilishini taʼminlaydigan davlat organlari tomonidan samarali monitoringning yoʻqligi — bu muammoning inson faoliyati bilan bogʻliq asosiy manbalari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi tabiiy resurslarni xalq mulki deb eʼtirof etadi va davlatdan ulardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilishni talab qiladi. “Atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun esa davlatga atmosfera havosini muhofaza qilish, zararli chiqindilarni cheklash, ekologik ekspertiza oʻtkazish va fuqarolarning ekologik xavfsizlikka oid huquqlarini himoya qilish vazifalarini yuklaydi.
Shu bilan birga, holatning eng xavotirli jihati — aholini oʻz vaqtida ogohlantirish choralarining deyarli yoʻqligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ekologiya qoʻmitasi aholini xavfli kunlarda niqob taqish, bolalar va xavf guruhidagi shaxslarning koʻchada yurishini cheklash, maktab va bogʻchalarda darslarni vaqtincha toʻxtatish mumkinligi, jismoniy faollikni kamaytirish yoki uy sharoitida havo tozalagichlardan foydalanish toʻgʻrisida rasmiy tarzda, ommaviy va aniq koʻrsatmalar bermadi. Bunday sunʼiy xotirjamlik aholi salomatligi uchun bevosita xavf tugʻdiradi.
Tarix bu borada ogʻir saboq bergan. 1986 yil Chernobil fojiasida Sovet hukumati axborotni yashirib, radiatsiya darajasini xalqdan pinhon tutish orqali minglab odamlarni himoyasiz qoldirgan. Toshkentdagi bugungi vaziyat radiatsiya bilan oʻlchanmaydi, biroq tamoyil bir xil: axborot yoʻq joyda odamlar oʻzini himoya qila olmaydi.
Hozirgi vaziyatda davlat organlari statistika eʼlon qilish bilan cheklanib qolmasligi, balki aholining hayotini saqlash boʻyicha aniq, ilmiy asoslangan va amaliy tavsiyalarni taqdim etishi lozim. Har bir fuqaro real xavf toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar olish va oʻzini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bu — inson huquqlari, davlat majburiyatlari va jamoatchilik manfaatlari nuqtai nazaridan asosiy talabdir.
Sogʻlom havo — tabiiy hodisa emas, balki davlat tomonidan taʼminlanishi shart boʻlgan huquqiy kafolatdir.
Xurshid Alimardonov, huquq faoli, Paradigma.uz asoschisi
Oʻzbekiston
25.11.2025, 10:40
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31
So‘nggi yangiliklar

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda
Jahon
02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman
Oʻzbekiston
02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi
Jahon
02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi
Oʻzbekiston
02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi
Jahon
02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston
02.03.2026, 08:27

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi
Jahon
28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi
Jahon
28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi
Oʻzbekiston
28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi
Oʻzbekiston
27.02.2026, 18:25
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31
