Toshkentda jamoat transporti yoʻlovchilari aslida 30 foizga koʻpligi maʼlum boʻldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Iqtisodiyot
12.08.2025, 14:09
Ulashish:

Avvallari biznesga yuqori maʼmuriy bosim va aralashuv boʻlgani uchun koʻpchilik oshkora ishlashdan xavfsirar edi. Soʻnggi yillarda soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaydi, 100 dan ortiq turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor boʻldi.
Bularning natijasida, kuzatilmayotgan iqtisodiyot ulushi 2019 yildagi 45-50 foizdan hozirda 35 foizga tushdi. Lekin hali buni yanada kamaytirish zarur.
Taqdimotda shu boradagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mutasaddilar yashirin iqtisodiyotga sabab boʻlayotgan omillar va ularni bartaraf etish choralari boʻyicha axborot berdi.
Bunda eng samarali yoʻl ilgʻor texnologiyalar asosida yangicha yondashuvlarni joriy qilish ekani taʼkidlandi. Masalan, Toshkent shahrida jamoat transporti toʻliq avtomatlashgan toʻlovga oʻtkazilgani natijasida, aslida, yoʻlovchilar soni 30 foizga koʻp ekani koʻringan. Yoki raqamlashtirilgan dehqon va buyum bozorlarida tushum 2-3 karra oshayapti.
Shunday tizimni qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo va xizmatlar kabi yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori boʻlgan sohalarda ham joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Litsenziya va ruxsatnoma berish jarayonlari hamda muddatlarini qayta koʻrib chiqib, inson omilini keskin qisqartirish va barcha qadamlarni toʻliq raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi. Tadbirkorlar koʻp duch keladigan soliq, bank, bojxona, kommunal, sertifikatlash kabi sohalarda korrupsiyaga yoʻl ochayotgan omillarga chek qoʻyish zarurligi aytildi.
Elektron toʻlovlar rivojlangani odamlarga keng qulaylik yaratmoqda. Bu yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda ham maqbul vosita. Buning uchun naqdsiz hisob-kitoblarni ragʻbatlantirish, toʻlov tashkilotlarini koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbari faqat nazoratni kuchaytirish bilan yashirin iqtisodiyotni jilovlab boʻlmasligini, aholi va tadbirkorlarning soliq madaniyatini oshirib, toʻgʻri ishlaganlarni ragʻbatlantirish yoʻlidan borish kerakligini taʼkidladi.
Har bir soha boʻyicha alohida yondashuv qilib, tadbirkorlarga ochiq va qonuniy ishlashni manfaatli qilish vazifasi qoʻyildi. Shundan kelib chiqib, soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va raqamlashtirish, biznesga qoʻshimcha yengilliklar berish, mehnat munosabatlarini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Oʻz navbatida, soliq madaniyati butun jamiyat ishiga aylanishi zarur. Xalqimiz hamisha qadrlagan halollik fazilati pirovard natijada barcha sohalarda fayzu baraka va farovonlik olib keladi. Bu gʻoyalarni aholi orasida targʻib qilib, keng qaror topdirish muhimligi qayd etildi.
Iqtisodiyot
12.08.2025, 14:09
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot yuzaga kelgan nosozlik tufayli ortga qaytarildi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 01:05
So‘nggi yangiliklar

«Uch-qahramon» bozorida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 19:08

Oʻzbekistonda oʻrmon bilan qoplangan maydonlar 4,7 million gektarga yetdi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 18:07

UFC turnirlarini translyatsiya qilish huquqi 7,7 milliard dollarga sotildi
Sport
12.08.2025, 17:06

Talabalar baribir oʻqish uchun Rossiya hududiga boradigan boʻldi. Ijtimoiy tarmoqdagi mish-mishlar rad etildi
Ta'lim
12.08.2025, 16:55

Xitoy gibrid elektromobillari 8 karra koʻp nurlanish chiqaradi — tadqiqot
Fan-texnologiya
12.08.2025, 16:09

Erdoʻgʻan: “Biz Gʻazodagi vahshiyliklarni toʻxtatish uchun zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshiryapmiz”
Jahon
12.08.2025, 15:08

Yangi oʻquv yilida 700 mingdan ziyod bola 1-sinfga qabul qilinadi
Ta'lim
12.08.2025, 13:08

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyadagi urush hududiga majburiy yuborilmoqda. Ular Mirziyoyev yordam soʻrab, videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 12:30

Xivada “Qovun sayli-2025” festivali oʻtkazildi
Madaniy
12.08.2025, 12:06

Nukusda kichik hajmli bolalar uyi ish boshladi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 11:05

Qimorni reklama qilgani uchun “Amirxon” javobgarlikka tortildi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 10:46
Mashhur yangiliklar

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Jahon
15.07.2025, 10:57

Oʻz qiziga jinsiy zoʻravonlik qilgan otaga hukm oʻqildi
Oʻzbekiston
28.07.2025, 14:11

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot yuzaga kelgan nosozlik tufayli ortga qaytarildi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 01:05