updated: 22.03.2026, 14:42

Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi

Anemiya — jahon boʻylab keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlib, xalq orasida bu patologiya kamqonlik deb ataladi. JSST (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) hisobotiga koʻra, dunyoda ayollarning taxminan 30 foizi, homiladorlarning 37 foizi va olti oylikdan besh yoshgacha boʻlgan bolalarning 40 foizi shu darddan aziyat chekmoqda. Xoʻsh, anemiyani qanday omillar keltirib chiqaradi? Kasallik qaysi belgilar bilan namoyon boʻladi? Kasallikning xavfli asoratlari bormi? Kamqonlikni qanday davolash mumkin? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimi batafsil javob berdi. 

Ulashish:

Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi

Kamqonlikni qanday yengish mumkin? Shifokor tavsiya berdi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Sherzod Nurinbetovga koʻra, qon tarkibida temir moddasini oʻz ichiga olgan va unga qizil tus beruvchi murakkab oqsil — gemoglobin moddasi butun tana boʻylab kislorod tashish vazifasini bajaradi. Agar gemoglobin yetishmovchiligi kuzatilsa, organizmda kislorod tanqisligi yuzaga keladi. Oqibatda bu holat turli kasalliklarning rivojlanishiga yoʻl ochadi. 

"Bunday vaziyatda bemorlarda kamharakatlik, charchoq, uyquchanlik, ishtaha pasayishi va vazn yetishmasligi kuzatiladi. Teri oqarib, tirnoqlar va sochlar moʻrtlashadi. Til yalligʻlanib, ogʻiz atrofida yuzaki yaralar paydo boʻladi. Asab tizimi faoliyati buziladi, tez-tez bosh aylanishi, ogʻrishi, quloqlarda shovqin kuzatiladi. Anemiya kuchaygani sayin qoʻllar va oyoqlar doimiy muzlaydi. Xastalikning ogʻir holatlarida esa hushdan ketish, taxikardiya, nafas qisishi qayd etilishi mumkin", deydi shifokor. 

Uning qoʻshimcha qilishicha, kamqonlikka chalingan goʻdaklar rivojlanishda ancha ortda qoladi, yuqumli kasalliklarga tez chalinadi. Ushbu patologiyaning eng koʻp tarqalgan sabablaridan biri organizmda temir moddasi yetishmovchiligidir. Bu kundalik isteʼmol mahsulotlarida kerakli vitamin va ozuqalarning yetishmasligi, ekologiyaning yomonlashuvi kabi omillar bilan bogʻliq. 

Shuningdek, chaqaloqlarda kuzatiladigan anemiya homiladorlik davridagi muammolar — qon ketish, homilaning tushish xavfi, onadagi yuqumli kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Erta tugʻilgan bolalarda ham bu xastalik koʻp uchraydi. 

Shifokorning taʼkidlashicha, kasallikni erta bosqichda aniqlash muhim. Tashxis qoʻyishda, avvalo, pediatr-shifokor koʻrigidan oʻtish lozim. Qolaversa, gastroenterolog, nefrolog, allergolog, gematolog va boshqa tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvi ham talab etilishi mumkin. 

"Anemiyaning yengil shakli temir moddasiga boy taom va mahsulotlar hamda ushbu mikroelementni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat qoʻshimchalariga asoslangan maxsus parhez bilan davolanadi. Kamqonlikning ogʻir shakllarida shifokor tomonidan zarur dori-darmonlar tayinlanadi. Oʻz navbatida, tibbiy koʻrsatmaga muvofiq, organizmga qon yoki uning elementlarini quyish talab qilinishi mumkin", deydi mutaxassis. 

Har ikki holatda ham bemorlarga sogʻlom ovqatlanish, koʻproq toza havoda sayr qilish, jismoniy faol hayot tarzi, uyqu rejimiga qatʼiy amal qilish tavsiya etilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Oziq-ovqat allergiyasi — dunyoda tobora keng tarqalayotgan patologiyalar sirasidan boʻlib, tahlillarga koʻra, bundan asosan bolalar, ayniqsa, emizikli goʻdaklar koʻp aziyat chekadi. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova kuchli allergen hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Fan-texnologiya

24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi. 

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Qish fasli kirib kelishi bilan uy sharoitida tayyorlangan qoʻlbola konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish boshlanadi. Bunday mahsulotlarning sifat nazorati maxsus tekshiruvlardan oʻtmagani bois, ularning isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bilish mushkul. Agar odam konserva mahsulotidan zaharlansa, unda qanday belgilar paydo boʻladi, kasallanishning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan intervyuda javob berildi. 

Fan-texnologiya

02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Sogʻlom ovqatlanishga rioya qilishni boshlagan har bir oila tuz isteʼmol qilish kerakmi yoki yoʻqmi, deya oʻylaydi. Hatto insonlar orasida mutlaqo tuz isteʼmol qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Xoʻsh, oʻzi tuz isteʼmol qilish qanchalik sogʻliqqa zarar yetkazadi? Uning insonlarga foydasi bormi? Shu kabi savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan kattalardan tortib, yosh bolalargacha tez-tez burun bitishi, aksi urish holatlari kuzatiladi. Bolalarda mazkur holatlar boshlanishi bilan ularning ota-onalari oʻzlari bilgan usulda farzandlarini davolashga harakat qiladi. Ammo bunday oʻzbilarmonlikning oxiri boshqa bir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur kasalliklarni bartaraf etish boʻyicha tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev oʻzining tavsiyalarini berib oʻtdi.

Fan-texnologiya

25.10.2024, 10:13

Yoshga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?

Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga qanday qoʻshimcha ovqatlar berish mumkinligi haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassisi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Fan-texnologiya

01.10.2024, 14:20

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45