Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Toşkentda uşlangan transportni jarima maydonçasidan çiqariş faqat elektron ruxsatnoma asosida amalga oşiriladi.
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32
Ulashish:

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 22 sentyabrdagi 508-son qaroriga muvofiq, Toşkent şahrida qonunçilik hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini vaqtincha saqlaş joylariga olib kelish, joylaştirish va saqlab turish tartibi tasdiqlandi.
Nizomga köra, vakolatli davlat organi transportni jarima maydonçasiga joylaştirish haqida qaror qabul qilganda, bu haqda "Jarima maydonçasi" moduli orqali tegişli davlat organlari va xizmat körsatuvçi yuridik şaxslarga xabar yuboriladi.
Transportni boşqarishdan çetlaştirish nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi jarima maydonçasiga faqat maxsus texnika, jumladan, evakuator yoki manipulyator yordamida olib kelinişi mumkin.
Uşlangan transport vositasini saqlab turişga sabab bölgan holatlar bartaraf etilgandan keyin uni jarima maydonçasidan çiqarişga "Jarima maydonçasi" moduli orqali ruxsat beriladi.
Ruxsatnoma ma'muriy işni körib çiquvçi organning mansabdor şaxsi tomonidan aynan şu modul orqali rasmiylaştiriladi. Hujjat QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Rasmiylaştirilgan elektron ruxsatnoma transport vositasi haydovçisi hamda saqlab turiş xizmatini körsatuvçi yuridik şaxsga "Jarima maydonçasi" moduli orqali bir ish kuni içida yuboriladi. Şuningdek, haydovçining telefon raqamiga SMS xabar ham jönatiladi.
Yangi tartibda elektron tizimdan taşqari rasmiylaştirilgan ruxsatnomalarga alohida çeklov belgilangan. Jumladan, "Jarima maydonçasi" moduli orqali rasmiylaştirilmagan ruxsatnoma asosida uşlangan transport vositasini jarima maydonçasidan çiqarib yuborish taqiqlanadi.
Şu tariqa, transportni saqlaşga asos bölgan holatlar bartaraf etilganidan keyin ham uni çiqarish jarayoni elektron tizimda rasmiylaştirilgan ruxsatnoma asosida amalga oşirilişi şart.
Nizom Toşkent şahrida qonunçilik buzilishi sabab uşlangan transport vositalarini vaqtincha saqlaş, ularni joylaştirish va çiqarish jarayonlarini yagona tartib asosida amalga oşirişni belgilaydi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

