Marhum shoir Aʼzam Oʻktam tavalludining 65 yilligi nishonlandi
Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon universitetida “Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida zamonaviy oʻzbek adabiyotining isteʼdodli vakili, marhum Aʼzam Oʻktam tavalludining 65 yilligi ham keng nishonlandi.
Oʻzbekiston
21.10.2025, 18:24
Ulashish:

Sharq tafakkuri gulshani donishmandlaridan biri “Inson umri qancha yashagani bilan emas, balki qilgan savobli ishlari bilan oʻlchanadi”, degan edi. Bu hikmat xuddi Aʼzam Oʻktamga oʻxshab yonib yashagan, savobli amallari bilan xalq koʻnglidan joy olgan insonlarga berilgan bahodek tuyuladi.
Aʼzam Oʻktam bu dunyoda koʻp emas, 42 yil yashadi. Binobarin, shoirdan ibratli faoliyat, yaxshi ijodiy meros qoldi. Uning tabiatiga xos toʻgʻrilik, qatʼiyat, hazilga moyillik, hozirjavoblik sheʼrlariga ham koʻchgan.
Adib ijodini eʼtirof etarkan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shunday degan edi:
“Kamina xodimingizni ham sheʼr va shoirlar, umuman sheʼrxonlik masalasi oʻylantirib keladi. Bu oʻy, mulohazalarni yuzaga chiqarish, koʻpchilik bilan baham koʻrish istagi muhtaram shoirimiz Aʼzam Oʻktamning “Taraddud” nomli kitobini oʻqiganimdan keyin qatʼiylashdi… Shu asarni oʻqib, koʻpdan oʻylab, izlab yurganim sheʼriyatga duch kelganday boʻldim…”
Qayd etish joiz, oʻzbekning tanti shoiriAʼzam Oʻktam tirikligida oʻziga haykal qoʻygan insonlardan edi. Uning odamoxunligi, oliyjanob fazilatlari, xayrli ishlari haqidagi xotiralar unutilgan emas, unutilmaydi ham. Zero, joʻshqin, diltortar, samimiy tuygʻularga yoʻgʻrilgan bu misralar necha-necha avlodning yuragida aks-sado berib, mayoq singari ularni kelajak sari yetaklaydi.
Odamzod umr yoʻllarida qanchalik koʻp qoqilsa, hayotning past-balandini shunchalik chuqur oʻrganadi, deyishadi. Shoirning boshiga gʻam buluti soya tashlaganda ezildi, bukildi, ammo aslo sinmadi. Qiyinchiliklarni mardonavor yengdi. Shunday kezlarda koʻngli nolasi sheʼr boʻlib oqqa enardi. Qalbidagi armon vulqon otashi yangligʻ portlardi. Ijod pillapoyasida u “Kuzda kulgan chechaklar”, “Kuzatish”, “Ziyorat”, “Taraddud”, “Ikki dunyo saodati”, “Qirqinchi bahor” nomli sheʼriy toʻplamlari, “Bola dunyoni tebratar” va “Xabar” nasriy asarlarini yaratdi. Rabindranat Tagor va Nikolay Rubsovning turkum sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Bu qalamdan toʻkilgan satrlar ona yurtga, elga muhabbat izhori sifatida yangradi:
Togʻlar someʼ boʻlib oʻtirishar jim,
Takbir aytgan chogʻi guldurab samo.
U yangligʻ munojot qila olur kim,
Yomgʻir bu pichirlab qilingan duo.
Vodiy havosidan ilhomlanib yozilgan sheʼrlarda elimizning oʻziga xos urf-odati, yashash tarzi mehr bilan talqin etiladi. Ayniqsa, “Dalil”, “Yoʻl”, “Joʻnatilmaydigan xat”, “Iqror” sheʼrlari oʻquvchi qalbini larzaga soladigan chuqur maʼno va tuygʻuga boy. Muallif inson ichki kechinmasi, muhabbat, iymon mavzularini nazmda jonli, taʼsirchan ifodalagan.
Yaqinda Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida marhum shoir Aʼzam Oʻktam tavalludining 65 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.
Anjumanda ijodkorlar, mustaqil tadqiqotchilar, adabiyot ixlosmandlari, tuman hokimligi vakillari, shuningdek Turkiya, Hindiston, Shvetsiya va Qozogʻistondan kelgan ilmiy doira vakillari hamda oʻquvchilar ishtirok etdi.
Yigʻin avvalida shoirning insonparvarlik, milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat tarannum etilgan ijodiy merosi alohida taʼkidlandi, eng sara sheʼrlari faol oʻquvchilar tomonidan oʻqib eshittirildi.
– Aʼzam Oʻktam sheʼrlarida nafaqat goʻzal obraz, balki chuqur falsafa, milliy gʻurur va insonparvarlik hissi mujassam, - deydi Turkiyaning Neyde universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mustafo Qoʻrqmas OʻzA muxbiriga bergan intervyusida. – Uning oʻtkir qalami bilan yozilgan har bir misra oʻzbek xalqining dardi, orzusi va yurak soʻzi kabi yangraydi. Men bu hassos adib ijodi boʻyicha 870 sahifali ilmiy ish yozganman. Aʼzam Oʻktam shunchaki shoir emas, oʻzbek milliy ruhiyatining kuychisi.
Uchrashuv davomida shoir tahsil olgan ushbu maktabda “Aʼzam Oʻktam ijodi” nomli sinf xonasi tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti, taniqli xonanda Aziz Rajabiy tomonidan ijro etilgan taronalar davraga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
– Aʼzam Oʻktam ijodida sharq anʼanalari va zamonaviy adabiy qarashlar mohirlik bilan uygʻunlashtirilgan, – dedi Hindistonning Javoharlaʼl Neru universiteti Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, professor Ahmad Axloq Ahan. – Ayniqsa, soʻzga ehtirom, ramziy tafakkur va lirik tuygʻu samimiyligi alohida oʻrin tutadi. Men adibning bir necha sheʼrini hind va urdu tillariga tarjima qilganman. Fikrimcha, bu ijod hali koʻp tadqiq qilinishi, xalqaro adabiy maydonda kengroq tanilishi zarur.
Darhaqiqat, Aʼzam Oʻktamning serqirra ijodi bugun ham qalblarga ziyo bagʻishlab kelmoqda. Sheʼrlari nafaqat yurtimiz, balki jahonning turli mintaqalaridagi ilmiy doira vakillari tomonidan eʼtirof etilayotgani esa juda quvonarli. Uning satrlaridan estetik zavq bilan birga milliy ruh, insoniylik, qadriyat ufurib turadi.
Zotan, shoir ijodidagi ruhiy teranlik va soʻz madaniyati bu asarlarni zamonaviy oʻzbek adabiyoti durdona namunalariga aylantirgan, desak mubolagʻa boʻlmas. Umuman, Aʼzam Oʻktam sheʼriyati millat qalbidan chiqqan sas sifatida yashab kelayotgan adabiy xazinadir.
Oʻtkir Mirzo,
Oʻzbekiston
21.10.2025, 18:24
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42
So'nggi yangiliklar

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari
Iqtisodiyot
03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi
Fan-texnologiya
02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi
Oʻzbekiston
01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda
Jahon
28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42
