Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56
Ulashish:

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi. Ushbu sud majlisida Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda PARADIGMA.UZ jurnalisti xabar qildi.
Ish – sudya Bobur Rahimov raisligida, qoralovchi – Uchtepa tumani prokurori oʻrinbosari Erkin Narzullayev, shuningdek, Abdulloh Sodiq boshchiligidagi advokatlar ishtirokida koʻrib chiqildi.
Sudya Bobur Rahimov raisligida oʻtgan sud majlisining muzokara bosqichida davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishini soʻragan edi.
Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uchta moddasi boʻyicha ayblov qoʻyilgan:
● 244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;
● 244-1-modda: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;
● 156-modda: Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish.
Ish yuzasidan birinchi sud majlisi joriy yilning 19 avgust kuni boʻlib oʻtdi. Unda prokuror ish yuzasidan ayblov xulosasini oʻqib eshittirdi. Mubashshir Ahmad oʻziga qoʻyilgan ayblovlarning qariyb barchasini rad etdi. Faqatgina ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan materiallarni Diniy qoʻmita ruxsati bilan chop etmaganini tan olib, bungan bu davrda Turkiya davlati hududida yashagani, shuning uchun xulosa olishga zarurat yoʻq deb hisoblagani sabab boʻlganini taʼkidladi.
Majlis Mubashshir Ahmad tomonidan ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilingan materiallarga tergov organining soʻroviga koʻra xulosa bergan ekspertlar yoʻqligi sababli qoldirildi. Ikkinchi sud majlisida "Renessans" universitetining siyosatshunoslik fanlari boʻyicha professori Odil Musayev materiallar boʻyicha siyosiy xulosalar bergan. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Dinshunoslik ekspertizasi boʻlimi mutaxassisi Shahboz Nizomov esa materiallarni diniy nuqtayi nazardan baholagan.
Sud jarayoni shu vaqtga qadar turli sabablarga koʻra uch marta qoldirildi. Oxirgi marta bunga sudyaning salomatligi yomonlashgani va taʼtilda ekani sabab boʻlgani xabar qilindi.
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 09:25

Mubashshir Ahmadning advokati sud hukmidan rozimi? Videoreportaj
Oʻzbekiston
08.10.2025, 22:14

Prokuror Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini soʻradi
Oʻzbekiston
19.09.2025, 08:10

Mubashshir Ahmad sud ishi birinchisi oʻtdi, keyingisi kuzga qoldirildi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 18:40

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 16:32

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi
Oʻzbekiston
12.05.2025, 15:15
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
