Adidas Isroildagi reklama kampaniyasi ortidan uzr so‘radi
Adidas kompaniyasining Isroildagi mahalliy reklama kampaniyasida sobiq harbiy Shalev Bitonning ishtirok etishi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Jahon
09.09.2026, 16:01
Ulashish:

Germaniyaning sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi Adidas Isroilda o‘tkazilgan reklama kampaniyasi ortidan tanqidlar va boykot chaqiriqlariga duch keldi. Bahs kompaniyaning oyoq-qo‘lida farq bo‘lgan mijozlar uchun mo‘ljallangan Single Shoe Service xizmatini targ‘ib qilgan reklama materiallari sabab yuzaga kelgan.
Reklamada Shalev Biton ham ishtirok etgan. U 2021-yilda Isroil armiyasida xizmat qilgan vaqtida jarohat olgan va chap oyog‘idan ayrilgan. Keyinchalik u chap oyog'iga protez kiygan va yugurish sporti bilan shug'ullangan. Biton reklama videosida Adidas do‘konida bitta krossovkani kiyib ko‘rishi va keyinchalik yugurishi tasvirlangan. Video ibroniy tilida tayyorlangan.
Single Shoe Service nima?
Single Shoe Service (Yagona poyabzal xizmati) Adidas ushbu xizmatni 2026-yil boshida Yevropaning 23 davlatida ishga tushirgan. Dastur doirasida oyoq-qo‘lida farqi bo‘lgan mijozlar to‘liq juftlik o‘rniga o‘ziga kerak bo‘lgan bitta oyoq kiyimini juftlik narxining 50 foiziga sotib olishi mumkin. Kompaniya xizmat nogironligi bo‘lgan insonlarning sport va kundalik hayotda qulayroq ishtirok etishiga yordam berish maqsadida ishlab chiqilganini bildirgan.

Adidasning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, xizmat 2026-yil 19-yanvardan kompaniya do‘konlari faoliyat yurita boshlagan. Dastur ishlab chiqilishida nogironligi bo‘lgan insonlar hamda Paralimpiya harakati bilan bog‘liq tashkilotlar ishtirok etgan.
Nega kampaniya bahsga sabab bo‘ldi?
Bahsga sabab bo‘lgan asosiy omil — reklamada sobiq isroillik harbiyning ishtirok etishi va kampaniyaning amputatsiya bilan bog‘liq xizmatni targ‘ib qilishi bo‘ldi.
Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi faollar reklama kampaniyasini G‘azodagi urush va u yerda jarohatlar hamda amputatsiyalar sonining ortishi fonida tanqid qildi. Ayrim guruhlar Adidas mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi.
Shu bilan birga, Biton reklamadagi yagona nogiron sportchi bo‘lmagan. Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, u Isroildagi Adidas do‘konlarida namoyish etilgan kampaniyada qatnashgan 11 nafar nogiron sportchidan biri bo‘lgan.

Adidas qanday munosabat bildirdi?
Adidas kampaniyani kompaniyaning Isroildagi mahalliy jamoasi tomonidan amalga oshirilgan mahalliy tashabbus sifatida ta’rifladi. Kompaniya reklama materiallaridan biri kuchli reaksiyalar va xavotirlarga sabab bo‘lganini tan olib, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi.
Kompaniya, shuningdek, tanqidlarni jiddiy qabul qilayotganini bildirdi. Shu bilan birga, Adidasning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Single Shoe Service dasturi Isroilga xos loyiha emas, balki avval Yevropada yo‘lga qo‘yilgan kengroq inklyuziv xizmat hisoblanadi.
Bahsning ikki tomoni
Kampaniya atrofidagi munozarada ikki xil yondashuv shakllandi. Tanqidchilar reklamada sobiq harbiydan foydalanishni G‘azodagi urush va nogiron bo‘lib qolgan falastinliklar muammosi bilan bog‘lab, buni noo‘rin deb baholadi. Adidas esa xizmatning asosiy maqsadi oyoq-qo‘lida farqi bo‘lgan insonlar uchun sport poyabzalidan foydalanishni osonlashtirish ekanini ta’kidlamoqda.
Shunday qilib, mojaro Adidasning nogironligi bo‘lgan insonlar uchun ishlab chiqqan xizmatining o‘zidan ko‘ra, uni targ‘ib qilishda tanlangan reklama obrazi va kampaniyaning siyosiy jihatdan sezgir kontekstga to‘g‘ri kelib qolgani bilan bog‘liq bo‘ldi.
Muallif: Hasanboy OCHUN
Jahon
09.09.2026, 16:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13

Isroil — Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi
Jahon
10.09.2026, 12:31
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi
Jahon
15.10.2026, 17:54

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?
Iqtisodiyot
15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Xitoy eksporti 2026-yilda 36,3 foizga oshdi
Iqtisodiyot
15.10.2026, 16:02

Turkiyalik reper Lvbel C5 ga turk adabiyotini o‘rganish sharti qo‘yildi
Jahon
15.10.2026, 14:52

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 14:37

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18
