Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy

Rossiya kecha yuzlab dronlar bilan Ukrainaga jumladan, Kiyevdagi Fanlar akademiyasiga hujum qildi. Shuningdek, Zelenskiy Moskva yangi safarbarlik boshlaganini aytib, O‘zbekiston kabi davlatlarni ogohlikka chaqirdi.

Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy

Rossiyaning 28-sentyabr kungi Ukraina poytaxtiga uyushtirgan dron zarbalari oqibatida Kiyev markazidagi Fanlar akademiyasi zarar ko‘rib, kamida 2 kishi halok bo‘ldi.

Volodimir Zelenskiy mamlakat bo‘ylab Rossiyaning amalga oshirgan dron hujumlari natijasida umumiy to‘qqizta odam o‘lgani, 80 dan ortiq kishi jarohatlanganini bildirdi.

So‘nggi haftalarda Rossiya Kiyev va boshqa shaharlarga tezroq uchadigan, baland parvoz qiluvchi reaktiv dvigatelli dronlar bilan hujum qila boshladi.

Zelenskiy kechki videomurojaatida mazkur dronlarga qarshi kurashish hamon qiyinchiliklar tug‘dirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga uchirilgan 120 ta dronning 90 tasi parrakli emas, balki reaktiv dvigatel bilan jihozlanib, ularning 57 foizi urib tushirilgan.

Rasmiylar Kiyevdagi turli nishonlarga, jumladan, farmatsevtika kompaniyasi, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va tibbiyot muassasasiga ham hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi. Boshqa shahar va hududlarda esa fuqarolik obyektlari, korxonalar hamda aloqa infratuzilmasi nishonga olingan.

O‘z o‘rnida Ukraina ham Rossiyaning urushni moliyalashtirish imkoniyatlari va daromadlarini kamaytirish maqsadida neftni qayta ishlash zavodlari, onlayn savdo kompaniyalariga zarbalar bermoqda.

 

“Rossiya yangi safarbarlikni boshladi”

Zelenskiy Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi hisobotini ham keltirib, Rossiya armiya uchun yangi safarbarlik boshlaganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjudligini aytdi.

“Ular turli usullar bilan armiyaga jalb qilinayotgan odamlar sonini oshirmoqda. Rossiya armiyasiga qaysi davlatdan odamlarni yollayotgan bo‘lsa, o‘sha davlat hukumati bunga qarshi turishi lozim. Biz barcha tegishli hukumatlarni xabardor qilamiz”, – dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning so‘zlariga qaraganda, 2024-yilda Rossiyaga olib kelingan 8 ming nafar Shimoliy Koreya askari hanuz mamlakatda, yana 10 ming nafari esa tayyorgarlik jarayonida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Moskva yangi safarbarlik e’lon qilayotgani haqidagi har qanday fikrni “mutlaqo bema’nilik” deb atagan.

 

Rossiya armiyasidagi markaziy osiyoliklar

“Ukraina – Markaziy Osiyo surishtiruvi” doirasida “I Want to Live” loyihasi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, Rossiya armiyasida xizmat qilgan yoki hozirda xizmat qilayotgan markaziy osiyolik 13 mingga yaqin fuqaroni aniqlagan.

Eng katta ulush O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelib, 4 853 nafar fuqaro qayd etilgan. 

Mavzuga oid yangiliklar

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →