Xorijdan qaytgan fuqarolarning OIVga test topshirishi majburiy boʻladi

2024 yilda qaytib kelgan 1,7 million fuqarodan atigi 434 ming nafari OIV/OITSga test topshirgan. Ularning 1 512 nafarida bunday kasallik aniqlangan.

Ulashish:

Uzluksiz toʻqson kun va undan ortiq vaqt chet elda boʻlgan qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasi koʻlami va xorijdan qaytayotgan fuqarolar, shuningdek, tijorat va mehnat maqsadlarida kelayotgan chet elliklar soni ortib bormoqda.

2024 yilda qaytib kelgan 1,7 million fuqarodan atigi 434 ming nafari OIV/OITSga test topshirgan. Ularning 1 512 nafarida bunday kasallik aniqlangan. Tekshiruvdan oʻtkazilgan 12,7 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar orasida 81 kishida bunday kasalliklar aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, tekshiruvdan oʻtmagan migrantlarning qanchasida yuqumli kasalliklar borligi nomaʼlum. Shu jihatdan ushbu qonun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Qonun bilan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, uzluksiz toʻqson kun va undan ortiq vaqt chet elda boʻlgan qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan yoki respublikada doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish belgilangan.

Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar majburiy tibbiy tekshiruvdan davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi. Xorijlik va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mablagʻlari, ish beruvchining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan oʻtkaziladi. OIV/OITS va sil kasalligi aniqlanishi Oʻzbekiston hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi.

Muhokama yakunida senatorlar qonunni maʼqullandi.

Oʻzbekiston

04.08.2025, 18:11

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27