Yagona namunadagi elektron guvohnoma joriy etildi
Oʻzbekistonda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida yagona namunadagi elektron guvohnoma amaliyoti joriy etildi.
Oʻzbekiston
17.10.2025, 12:08
Ulashish:

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Hukumat qarori (№642, 15.10.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, avtomototransport va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlash yoki qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarga oʻquv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasi asosida yagona namunadagi elektron guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Elektron guvohnomalar DYHXX Yagona axborot tizimidagi “e-avtota’lim.uz” moduli orqali avtomatik shakllantiriladi. Unda nomzodning oʻquv tashkilotida taʼlimni tugatganligi va imtihondan oʻtgani haqidagi maʼlumotlar aks etadi.
Bundan tashqari, mazkur elektron guvohnoma milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi subʼektlarga “e-avtota’lim.uz” orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda taqdim etiladi.
Shuningdek, qarorda elektron guvohnoma uchun hech qanday yigʻim undirilmasligi ham belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston
17.10.2025, 12:08
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi
Sport
29.09.2025, 18:01

15 yoshli qiz turmushga berilayotgani aniqlandi
Oʻzbekiston
22.09.2025, 10:00

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:15

Husanov paslar aniqligi boʻyicha “Manchester Siti” safidagi eng yaxshi futbolchi boʻldi
Sport
19.09.2025, 10:03

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56
So‘nggi yangiliklar

Jahon banki Oʻzbekistonga 800 million dollarlik imtiyozli kredit ajratadi
Iqtisodiyot
17.10.2025, 19:24

Toshkentga 9 oyda xorijdan qancha sayyoh keldi?
Oʻzbekiston
17.10.2025, 18:25

Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 17:29

Dollarni sindirishning imkoni yoʻq
Iqtisodiyot
17.10.2025, 16:47

Toshkentda xususiy universitet xodimi qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 16:21

Putin Nigʻmatilla Yoʻldoshevni «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotladi
Jahon
17.10.2025, 15:23

Oltin narxi oshishda davom etmoqda
Iqtisodiyot
17.10.2025, 14:27

Qozogʻistonda benzin, suv, elektr energiyasi va gaz narxlarini oshirish taqiqlandi
Jahon
17.10.2025, 14:27

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport qurilishida qatnashadi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 13:25

BMT Gʻazodagi insonparvarlik yordami hajmini oshirishga umid qilmoqda
Jahon
17.10.2025, 11:05

Toshkent shahrida infratuzilmani rivojlantirish rejalari muhokama qilindi
Siyosat
17.10.2025, 10:47
Mashhur yangiliklar

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi
Sport
29.09.2025, 18:01

15 yoshli qiz turmushga berilayotgani aniqlandi
Oʻzbekiston
22.09.2025, 10:00

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:15

Husanov paslar aniqligi boʻyicha “Manchester Siti” safidagi eng yaxshi futbolchi boʻldi
Sport
19.09.2025, 10:03

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56