2028 yildagi xalqaro astronavtika kongressi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi mumkin

Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shahrida tekshiruv – kuzatuv ishlarini olib bordi.

Ulashish:

Jahon kosmik maydonidagi eng yirik xalqaro anjumanlardan biri boʻlgan International Astronautical Congress (IAC) har yili butun dunyodan 10 mingga yaqin kosmos sanoati yetakchilari, sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi kompaniya va agentliklar vakillarini bir muloqot platformasi atrofida jamlaydi

2023 yilda bu nufuzli tadbirga Ozarbayjon Respublikasi mezbonlik qilgan boʻlsa, 2024 yilda kongress Italiyaning Milan shahrida oʻtkazildi. Joriy yilning 29 sentabr – 3 oktabr kunlari esa uni Avstraliya qabul qilib oladi. 

Mazkur yirik miqyosdagi global ilmiy-texnologik xalqaro konferensiyaning ahamiyatli jihati shundaki, u orqali mezbonlik qilayotgan mamlakatga bir vaqtning oʻzida istiqbolli investorlar ham kirib keladi. Ayni shu maqsadda Oʻzkosmos vakillari IAC-2028'ni Samarqandda oʻtkazish taklifi bilan Oʻzbekiston nomzodini ilgari surishdi. 

Bu orqali xorijiy kompaniya va agentliklarni mamlakatda ilmiy markazlar, inkubatorlar, texnoparklar qurishga jalb etish, qoʻshma tadqiqotlarda ishtirok etishga qiziqtirish, yangi startaplarni namoyish etish imkoniyati paydo boʻladi.

Ushbu nufuzli tadbirni Oʻzbekistonda oʻtkazish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shahrida tekshiruv – kuzatuv ishlarini olib borib, kongressni qabul qilishga tayyorlik darajasi, moddiy-texnik baza, transport va mehmonxona infratuzilmasi, xavfsizlik, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hududlari bilan yaqindan tanishdi, vazirlik va idoralar masʼullari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. 

 

Oʻzbekiston

15.08.2025, 10:03

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Noqonuniy “mayning ferma” faoliyatiga chek quyildi

157,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Oʻzbekiston

15.08.2025, 12:08

Elektr, gaz, suv, issiqlik taʼminoti boʻyicha ortiqcha undirilgan salkam 20 mlrd soʻm qaytarildi

Elektr, gaz, suv, issiqlik taʼminoti boʻyicha ortiqcha undirilgan salkam 20 mlrd soʻm qaytarildi

2025 yil olti oyida isteʼmolchilardan kommunal xizmat koʻrsatuvchilar isteʼmolchilardan ortiqcha hisoblangan jami 20 mlrd soʻmga yaqin pulni qaytardi. Mablagʻlar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik isteʼmolchilarga qaytarilishga erishilgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

15.08.2025, 11:28

Abbosbek Fayzullayevning nega yangi jamoasida maydonga tushmayotgani ochiqlandi

Gap shundaki, Turkiya klubi hali Fayzullayevning transfer sertifikatini olmagan.

Sport

15.08.2025, 11:11

Qashqadaryo viloyatida ish kiritib qoʻyish evaziga pul talab qilgan FVB xodimi ushlandi

Qashqadaryo viloyatida ish kiritib qoʻyish evaziga pul talab qilgan FVB xodimi ushlandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani FVB boshligʻi 2 nafar fuqaroni goʻyoki ishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, 3,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

15.08.2025, 10:36

Saudiya Arabistonida oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekiston elchixonasi va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida R.G.ning Saudiyadan chiqishi uchun viza rasmiylashtirildi.

Oʻzbekiston

15.08.2025, 09:04

Oʻzbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamgʻarma tashkil etiladi

Oʻzbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamgʻarma tashkil etiladi

Yaqin Sharqda Falastin mojarosi avj olgan beri Oʻzbekiston hukumati mojaroni xalqaro huquq normalari asosida tinch yoʻl bilan tezroq hal etish tarafdori boʻlib kelmoqda.

Siyosat

15.08.2025, 00:57

Agar muzokaralar omadsiz tugasa, Tramp Rossiya iqtisodiyotini vayron qilishga intiladi

Tramp agar diplomatik saʼy-harakatlar samara bermasa, NATO mamlakatlariga qurol sotishni davom ettirib, uni Ukrainaga yetkazilishini taʼminlaydi.

Jahon

14.08.2025, 20:49

Joriy yilda eng koʻp nikoh Samarqandda qayd etilgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston boʻyicha 95 ming 275 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Oʻzbekiston

14.08.2025, 19:40

Isroil bosh shtabi Gʻazoga bosqin rejasini maʼqulladi

7 avgustda Zamir Gʻazoga bosqin rejasiga qarshi chiqqani va vazirlar bilan tortishuvga kirishgani xabar qilingan.

Jahon

14.08.2025, 18:45

Oʻzbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

Bobur Toʻrayev 10 ga yaqin rivojlangan davlatlar klinikalarida malaka oshirgan va 20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi sanaladi.

Fan-texnologiya

14.08.2025, 17:45

Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuvi haqida nimalar maʼlum

Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuvi haqida nimalar maʼlum

Vladimir Putin va Donald Tramp 15 avgust kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining Ankorijdagi Elmendorf-Richardson bazasida uchrashadi. Uchrashuv tafsilotlarini prezident yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlum qildi.

Jahon

14.08.2025, 17:18