Afgʻonistondan Oʻzbekistonga olib kirilgan harbiy texnikalar kimga tegishli?
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik Afgʻonistonda "Tolibon" hukumati oʻrnatilganidan keyin, 2021 yilda Afgʻonistondan Oʻzbekistonga olib oʻtilgan Amerikaga tegishli harbiy aviatexnikalar masalasida AQSh va Oʻzbekiston kelishuvga erishganini aytdi. Bu haqda elchi "Amerika Ovozi"ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Siyosat
17.10.2024, 16:04
Ulashish:

Afgʻonistondan Oʻzbekistonga olib kirilgan harbiy texnikalar kimga tegishli?
"Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova elchidan 2021 yilda afgʻon harbiylari tomonidan Oʻzbekistonga olib oʻtilgan aviatexnikalarning taqdiri qanday kechishini soʻrar ekan, elchi bunga javoban mazkur mavzuni davom ettirish oʻrinsiz ekanligini va allaqachon bu masala oʻz yechimini topganini bildirdi.
"Bu mavzu haqida muloqotni davom ettirish oʻrinsiz. Muammo allaqachon hal qilingan deb oʻylayman. Dastur tafsilotlarini hozircha muhokama qilolmaymiz", deya elchi intervyuda qisqa javob berdi.
Shuningdek, u jurnalistning navbatdagi savoliga ham, yaʼni oʻz vaqtida "Tolibon" tomonidan elchiga qarata bildirilgan eʼtirozlar vaziyatni oʻzgartiradimi deya bergan savoliga bu haqida hech qanday izoh yoʻq deb javob qaytargan.
Maʼlumot uchun, joriy yilning avgust oyida Jonatan Xenik afgʻonlar tomonidan AQShdan oʻgʻirlangan harbiy samolyotlar va vertolyotlar Oʻzbekistonda qolishi boʻyicha AQSh – Oʻzbekiston tomonlari bitim imzolaganini aytgan edi.

Bunga javoban "Tolibon" Mudofaa vazirligi X tarmogʻida Xenikning bu gapiga AQSh Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi vertolyot- samolyotlari va Afgʻon xalqining mol-mulkini xayriya yoki musodara qilish huquqiga ega emasligini eslatib oʻtgandi. Bundan tashqari, "Tolibon" hukumati Oʻzbekistonni bu kabi har qanday kelishuvlardan voz kechishga chaqirgan.
Siyosatshunos Hamza Boltayevning PARADIGMA.UZ'ga maʼlum qilishicha, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan bu harbiy samolyotlar "Tolibon"ga tegishli emas.

"Bu qurol-yarogʻlarning baʼzilari haqiqatdan ham Amerikaga tegishli, baʼzilari oldingi Afgʻoniston Islom Respublikasiga kelishilgan shartnomalar orqali berilgan. Agar xalqaro huquq nuqtayi nazaridan aytadigan boʻlsak, hozirgi "Tolibon"ni hech kim tan olmagan. Agar tan olinmagan boʻlsa, "Tolibon" oldingi Afgʻoniston Islom Respublikasining qonuniy davomchisi emas.
Xalqaro huquq tomonidan aytadigan boʻlsak, bu qurol-aslahalar oldingi Afgʻoniston hukumatiga tegishli boʻlganda ham "Tolibon"ga tegishli emas. Rasmiy hujjatlar boʻyicha aytganda, ularning chiqib gapirishlaridan bunga asosi yoʻq", deydi siyosatshunos.
Siyosat
17.10.2024, 16:04
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi
Jahon
02.03.2026, 10:18

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32

Shimoliy Koreya AQSh bilan yarashishi mumkin, ammo Janubiy Koreyani “yoʻq qilish”ga tayyor
Jahon
26.02.2026, 13:38

Oʻzbekiston fuqarosi AQSh sanksiyalariga tushdi
Oʻzbekiston
25.02.2026, 10:52

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
