Ai-80 benzinidan voz kechildi. Ai-92 yoqilgʻisini yetkazib berolamizmi?

 Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish 2024 yil 1 sentabrdan toʻxtatilgan, 1 dekabrdan esa sotuvdan chiqarilgan. Ushbu markaning oʻrnini qoplash uchun yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish koʻpaytirilgan.

Ulashish:

Oʻzbekiston qish mavsumida yoqilgʻiga boʻlgan talabni qoplash maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrmoqda. Gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar va isteʼmolning ortishi sharoitida mamlakat avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi va aviakerosin bilan barqaror taʼminlashni kuchaytirmoqda. Bu haqda 11 dekabr kuni Qonunchilik palatasi yigʻilishida energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov maʼlum qildi.

Vazirning taʼkidlashicha, qishki davrda yoqilgʻi taʼminoti uzluksiz boʻlishi uchun ishlab chiqarish va import hajmlari qayta koʻrib chiqilgan.

Dizel yoqilgʻisiga talab

Maʼlum qilinishicha, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan umumiy talab 776 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Ushbu talabni qondirish uchun jami 740 ming tonna dizel yetkazib berish rejalashtirilgan. Jumladan:

  • 317 ming tonna — «Oʻzbekneftgaz» tomonidan;
  • 196 ming tonna — Saneg kompaniyasi tomonidan;
  • 227 ming tonna — import hisobiga.

Aviakerosinga ehtiyoj

Turizm va aviaqatnovlar hajmining oshishi sabab aviakerosinga boʻlgan talab ham ortib bormoqda. Vazirning soʻzlariga koʻra, 223 ming tonna aviatsiya kerosiniga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun 168 ming tonnasi mamlakatda ishlab chiqariladi, 74 ming tonnasi esa import qilinadi.

Ai-80 oʻrniga Ai-92

Eslatib oʻtamiz, Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish 2024 yil 1 sentabrdan toʻxtatilgan, 1 dekabrdan esa sotuvdan chiqarilgan. Ushbu markaning oʻrnini qoplash uchun yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish koʻpaytirilgan.

«Ai-92 va undan yuqori benzin ishlab chiqarish hajmini oyiga 80 ming tonnadan 100 ming tonnagacha oshirdik. Shu bilan birga, zaxira ham shakllantirildi», — dedi vazir.

Maʼlumotlarga koʻra, davlat gaz zaxirasidan tashqari, «Oʻzbekneftgaz» hozirda qishki ehtiyoj uchun 85 ming tonna benzin zaxirasiga ega.

Import koʻrsatkichlari

Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki 11 oyida neft mahsulotlari importi 1,42 mlrd dollarga yetgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga koʻp. Jumladan:

  • dizel importi — 500 mln dollar (+70%);
  • benzin importi — 441,7 mln dollar (+14,3%).

Dizel yoqilgʻisining fizik hajmi qariyb 1,9 baravarga oshib, 365,2 ming tonnadan 679,5 ming tonnaga yetgan. Benzin importi esa 12,6 foizga oʻsib, 662,4 mln litrdan 746,1 mln litrgacha koʻpaygan.

Shuningdek, Oʻzbekiston aviatsiya kerosini importini 2,6 baravarga oshirib, 28 ming tonnadan 74,1 ming tonnaga yetkazgan. Qiymat jihatidan bu koʻrsatkich 21,4 mln dollardan 65,8 mln dollargacha oʻsgan.

Iqtisodiyot

16.12.2025, 15:43

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

AQSh viza uchun garov puli talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi

AQSh viza olish jarayonida 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov puli toʻlash talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi. Yangilangan roʻyxatdan Turkmaniston ham oʻrin olgan.

Jahon

06.01.2026, 18:06

Oʻzbekistonda birinchi islomiy bank qachon ochiladi?

Rejaga koʻra, 2027–2030 yillar davomida har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi. 2030 yilga kelib esa davlat ixtiyorida faqat toʻrtta bank qolishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot

06.01.2026, 15:15

1966 yil Toshkentdagi zilzila

Qurilayotgan uylarning zilzilaga chidamligi: nima uchun bu muhim va qanday oʻlchanadi?

Oʻzbekiston seysmik faol hududlar qatoriga kiradi va bu mamlakatda qurilayotgan har bir turar-joy va ijtimoiy infratuzilma binolari uchun zilzilaga chidamlik talablari alohida ahamiyatga ega. 

Oʻzbekiston

06.01.2026, 12:40

NYT: Maduroning ommaviy raqslari harbiy tahdidga sabab boʻlgan

Tramp maʼmuriyatining ayrim aʼzolari Maduroning bunday harakatlarini “Venesuela prezidenti AQShni masxara qilmoqda” deb xulosa qilishgan.

Jahon

06.01.2026, 11:30

Ramzan Qodirovning toʻngʻich oʻgʻli yuqori lavozimga tayinlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Axmat Qodirov respublika hukumati raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini maʼlum qildi. 

Jahon

06.01.2026, 09:19

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi

Nyu-York shahrining yangi saylangan meri Zohran Mamdani oʻz lavozimiga kirishgan birinchi kuniyoq sobiq mer Erik Adams tomonidan qabul qilingan bir qator farmoyishlarni bekor qildi. 

Jahon

05.01.2026, 18:08

2026 yilda taʼtilga qachon chiqsangiz yutasiz?

2026 yil taʼtilni toʻgʻri rejalashtirganlar uchun ayniqsa qulay yil boʻladi.

Oʻzbekiston

05.01.2026, 13:58

Abduqodir Husanov Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov «Goalpost» nashri talqiniga koʻra 2025 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb eʼtirof etildi.

Sport

05.01.2026, 13:18

Elektromobillarning inson salomatligiga taʼsiri bormi?

Soʻnggi yillarda elektromobillar ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga nisbatan ekologik toza va zamonaviy muqobil sifatida keng tarqalmoqda. Biroq ular bilan bogʻliq ayrim xavotirlar ham mavjud.

Fan-texnologiya

05.01.2026, 11:36

Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi

2023 yil yanvar oyida andijonlik fuqaro giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo oʻtash jarayonida unga Rossiya—Ukraina urushida qatnashish evaziga jazodan qutulish taklif qilingan.

Oʻzbekiston

05.01.2026, 09:33

Maduro qoʻlga olindi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamda uning rafiqasi bor samolyot Nyu-York shahriga kelib qoʻndi. Maʼlumotlarga koʻra, ular bu yerda mahkama jarayonlariga tortiladi.

Jahon

04.01.2026, 15:00

Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi: viza, taʼlim va turizm sohasida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

2025 yil 28 aprel kuni Toshkent shahrida Gretsiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi rasman ochildi.

Oʻzbekiston

03.01.2026, 16:59