“Ayollarni pasportga roʻmolini yechib tushishga majburlashni ham toʻxtatish kerak” – Alisher Qodirov

Unga koʻra, har ikkisida qonun talablari ustuvor boʻlishi kerak.

Ulashish:

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov oʻzining telegramdagi kanali orqali dunyoviylik va eʼtiqod masalasida tenglik tarafdori ekanligini yozib qoldirdi. Unga koʻra, har ikkisida qonun talablari ustuvor boʻlishi kerak.

«Oʻzbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortishilmaydi. Dunyoviy davlat koʻpchilik saylagan parlament tomonidan qabul qilinib, koʻpchilik saylagan prezident tomonidan maqullangan qonunlarni buzmagan holda, oʻzi istaganidek yashash imkonini beradi.

Vatanimizda barcha millat va dunyoqarashdagi vatandoshlar emin-erkin, qonunlarni buzmagan holda farovonlikka intilishi uchun sharoit yaratish ustuvor maqsad ekanligi mustahkam belgilangan. Hamma teng va hech kim kamsitilmasligi kafolatlangan.

Agar biron vatandosh pivo ichmoqchi boʻlsa, ichadi, bu uning tanlovi, ichmaydigan vatandosh ichmaydi va buning sababini har ikki toifa hech kimga izoh berishga majbur emas.

Alkogolni ichish mumkin, lekin reklama qilish mumkinmas, bu amaldagi qonunda belgilangan, albatta, parlament saylovlarini mutlaqo yutadigan biron siyosiy kuch qonunni oʻzgartirib alkogolni «milliy qadriyat», bir jinslilarni oila qurish talabini esa erkin tanlov sifatida norma qilishi ham mumkin, bunga siz huquq berasiz…» – deydi deputat.

U oʻzi rahbarligidagi «Milliy tiklanish» partiyasining pozitsiyasi haqida toʻxtalar ekan, «partiya har qanday taraqqiyotni qadriyatlarga tayanishi kerak degan gʻoyasida mustahkam» ekanligini eslatadi.

«Jenifer Lopesning konserti serdaromad ish va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarshi targʻibot qilmasa, oʻtkazadi, tanasini koʻrsatish uning tanlovi, koʻrish esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik shu!

Lekin, xuddi shunday oʻranib yurmoqchi boʻlgan ayol vatandoshni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalongʻoch namoyishini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham dahl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopesga qanday kiyinishni oʻrgatmaganimizdek, eʼtiqodli ayollarimizga roʻmolni qanday oʻrashni oʻrgatishni, qolaversa, shu yoshga kelib eʼtiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga roʻmolini yechib tushishga majburlashni ham toʻxtatish kerak. Identifikatsiya talablari yuzni ochiq boʻlishini taqozo qiladi, sochni emas. Lopesga koʻrsatgan bagʻrikengligimizni dindor ayollarimizga ham koʻrsataylik.

Dunyoviylik ishonganga ham, ishonmaganga ham teng boʻla olish degani, zoʻrning zaifga hayotdan dars berishi emas», – deb yozadi Alisher Qodirov.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 14:42

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati boʻyicha maʼlumot berdi

Avvalroq, oʻzbekistonlik bokschi, Parij Olimpiadasi gʻolibi Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotganini xabar qilingandi.

Sport

08.08.2025, 17:43

FNQZ xodimlari ikki oydan beri oyliksiz ishlayotganini aytishyapti

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida iyun oyidan beri oylik berilmayapti. FNQZ vakili kechikishlarni kredit bilan bogʻliq muammo yuzaga kelgani bilan izohladi. Zavod 3 yil oldin «Sanoat energetika guruhi» MChJga boʻlib toʻlashga sotilgandi.

Iqtisodiyot

08.08.2025, 16:39

18 nafar fuqaro Turkiyadan olib kelindi

Safar "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida tashkil etildi.

Jahon

08.08.2025, 15:42

"Jalolov hozirgi kunda professional boksdagi har qanday raqibni yengishga qodir" — menejer

Alik Frolov «Viktor Yalimov boks studiyasi» YouTube kanalida Bahodir Jalolov haqidagi fikrlarini bildirdi.

Sport

08.08.2025, 13:41

Mamlakat oltin zaxirasi rekord darajada oshdi

Mamlakat oltin zaxirasi rekord darajada oshdi

2025 yil iyul oyi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari miqdori 48,74 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

08.08.2025, 13:32

SSV: Soxta tabiblarga aldanib qolmang!

Sogʻliqni saqlash vazirligi soxta tabiblarga aldanib qolmaslikka chaqirdi.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 12:35

Ertaga havo isishi kutilmoqda

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 11:42

Termizda "Yingxua" akademiyasi hamkorligidagi maktab ochiladi

Surxondaryo viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Tyanszin shahridagi "Yingxua" akademiyasida boʻlib, taʼlim muassasasi bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 10:46

Vashington post: Oʻzbekiston taqdim etgan xato raqamlar butun dunyoni yanglishtirdi

Vashington post: Oʻzbekiston taqdim etgan xato raqamlar butun dunyoni yanglishtirdi

Oʻzbekiston tomonidan xalqaro nashrga bergan notoʻgʻri  maʼlumotlari yuzasidan jiddiy muammolar kelib chiqqan.2024 yilda “Nature” jurnalida Jahon iqtisodiyoti 2050 yilga borib iqlim oʻzgarishi iqtisodga , global YaIM taʼsir etishi haqida maqola chop etilgan edi.

Siyosat

07.08.2025, 19:26

Apple kelgusi 4 yil ichida AQShga 600 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Apple kelgusi 4 yil ichida AQShga 600 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Prezident Donald Tramp 6 avgust kuni Apple kompaniyasi Qoʻshma Shtatlarga qoʻshimcha 100 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda Oq uy maʼlum qildi. 

Jahon

07.08.2025, 19:00

Yashnoboddagi “dom”da yongʻin chiqdi

Yashnoboddagi “dom”da yongʻin chiqdi

Bugun, 7 avgust soat 16:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Qoʻyliq mavzesida joylashgan, koʻp qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yongʻin sodir boʻldi.

Oʻzbekiston

07.08.2025, 18:01