FNQZ xodimlari ikki oydan beri oyliksiz ishlayotganini aytishyapti

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida iyun oyidan beri oylik berilmayapti. FNQZ vakili kechikishlarni kredit bilan bogʻliq muammo yuzaga kelgani bilan izohladi. Zavod 3 yil oldin «Sanoat energetika guruhi» MChJga boʻlib toʻlashga sotilgandi.

Ulashish:

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida ishchilarga oylik toʻlash bilan bogʻliq kechikishlar boʻlayotgani aytilyapti.

Kun.uz’ga murojaat qilgan FNQZ xodimining aytishicha, ularga 2 oydan beri ish haqlari toʻlanmayapti.

«3 mingdan ortiq ishchi bor, ikki oydan beri bizga oylik berishmayapti. Rahbariyat jim, nima boʻlayotganini hech kim bilmaydi. Aslida maoshlar ham oz, ammo biz oylikni oshirishni emas, uning oʻz vaqtida berilishini soʻrayapmiz xolos», deydi murojaatchi.

Boshqa bir xodim ham yuqoridagi maʼlumotni tasdiqladi va iyun oyidan beri oylik berilmayotganini aytdi.

Kun.uz bogʻlangan FNQZ vakiliga koʻra, maoshlarni berishni boshlash rejalashtirilgan. Kechikishlarga kredit bilan bogʻliq muammo sabab boʻlgani aytilyapti.

Avvalroq FNQZga egalik qiluvchi «Sanoat energetika guruhi» MChJga aloqador Eriell va Enter Engineering kompaniyalari xodimlari ham bir necha marotaba videomurojaat yoʻllab, oylik toʻlash bilan bogʻliq jiddiy muammolar borligini maʼlum qilgandi.

FNQZning xususiylashtirilishi

2022 yilning may oyida «Sanoat energetika guruhi» MChJ (Saneg) FNQZning 100 foiz ulushini ayrim majburiyatlar bilan 100 mln dollarga xususiylashtirib olgandi. Shundan keyin zavod 2023 yilda 469,6 mlrd soʻm, 2024 yilda esa 236,1 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan. Ammo hamon FNQZning 58,5 foiz nazorat paketi Davaktiv ixtiyorida qolayotganiga qaraganda, 3 yildan beri kelishilgan pul davlatga toʻliq toʻlanmagan. Bitim qachon yopilishi, toʻlov yana necha yilga choʻzilishi maʼlum emas. Bu vaqtda Saneg zavodning bir qismini 140 mln dollarga sotishga ham erishdi. Saneg’da qarzga olingan zavodni qayta sotish huquqi boʻlgan yoki boʻlmagani maʼlum emas.

Iqtisodiyot

08.08.2025, 16:39

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Samarqand YuNESKOning 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi

Samarqand shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkaziladi.

Madaniy

08.08.2025, 19:47

Navoiydagi 8 ta konga investorlar 566 million dollar sarmoya kiritishga tayyor

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 avgust kuni Navoiy viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Iqtisodiyot

08.08.2025, 18:42

Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati boʻyicha maʼlumot berdi

Avvalroq, oʻzbekistonlik bokschi, Parij Olimpiadasi gʻolibi Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotganini xabar qilingandi.

Sport

08.08.2025, 17:43

18 nafar fuqaro Turkiyadan olib kelindi

Safar "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida tashkil etildi.

Jahon

08.08.2025, 15:42

“Ayollarni pasportga roʻmolini yechib tushishga majburlashni ham toʻxtatish kerak” – Alisher Qodirov

Unga koʻra, har ikkisida qonun talablari ustuvor boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 14:42

"Jalolov hozirgi kunda professional boksdagi har qanday raqibni yengishga qodir" — menejer

Alik Frolov «Viktor Yalimov boks studiyasi» YouTube kanalida Bahodir Jalolov haqidagi fikrlarini bildirdi.

Sport

08.08.2025, 13:41

Mamlakat oltin zaxirasi rekord darajada oshdi

Mamlakat oltin zaxirasi rekord darajada oshdi

2025 yil iyul oyi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari miqdori 48,74 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

08.08.2025, 13:32

SSV: Soxta tabiblarga aldanib qolmang!

Sogʻliqni saqlash vazirligi soxta tabiblarga aldanib qolmaslikka chaqirdi.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 12:35

Ertaga havo isishi kutilmoqda

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 11:42

Termizda "Yingxua" akademiyasi hamkorligidagi maktab ochiladi

Surxondaryo viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Tyanszin shahridagi "Yingxua" akademiyasida boʻlib, taʼlim muassasasi bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzbekiston

08.08.2025, 10:46

Vashington post: Oʻzbekiston taqdim etgan xato raqamlar butun dunyoni yanglishtirdi

Vashington post: Oʻzbekiston taqdim etgan xato raqamlar butun dunyoni yanglishtirdi

Oʻzbekiston tomonidan xalqaro nashrga bergan notoʻgʻri  maʼlumotlari yuzasidan jiddiy muammolar kelib chiqqan.2024 yilda “Nature” jurnalida Jahon iqtisodiyoti 2050 yilga borib iqlim oʻzgarishi iqtisodga , global YaIM taʼsir etishi haqida maqola chop etilgan edi.

Siyosat

07.08.2025, 19:26